O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet203/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Kontekstual antonimiya - lug‘aviy ma’nolarida zidlanish munosabati bo‘lmagan leksemalarning ma’lum ko‘ntekst ichida nutqiy talab taqozosi bilan “antonimlashuvi” Bunday “antonimlashuv”, odatda, so‘zlovchi yoki asar muallifi tomonidan uslubiy maqsadlarda —kashf” etiladi. Buni quyidagi she‘riy misralar tahlilida ko‘rib chiqaylik:
Ushoq qand oq tuzga monand erur, Va lekin biri tuz, biri qand erur.
( A.N.)
Aytar so‘zni ayt,
Aytmas so‘zdan qayt!
(A.N.) Sichqonlarga nisbatan Poyloqchiman, to„g„riman.
Ko‘rsam tekin go‘sht ba’zan
Chidolmayman-
o„g„riman.
(O. Q.)
Bu misollarda qo‘llangan qand va tuz, ayt va qayt hamda to„g„ri va o„g„ri leksemalari aslida (lisonda) antonimlar emas, ammo birinchi misolning ikkinchi misrasida tuz va qand leksemalari muallifning leksik qo‘llashi natijasida “achchiq” va —shirin” (demak, “yaxshi ” va —yomon”) ma’nolarini, ikkinchi misoldagi ayt va qayt leksemalari —ayt” va “aytma” degan zid ma’nolarni, uchinchi misoldagi to„g„ri va o„g„ri leksemalari esa “o‘g‘ri emas” va “o‘g‘ri” ma’nolarini anglatib, kontekstual antonimiya hosil qilgan (bunda to„g„ri leksemasi otlashgan).
Bunday qo’llanish olmoshlarda va sonlarda ham uchraydi: Bir u deydi, bir bu deydi, deganda u va bu olmoshlarida kontekstual zidlanish bor.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling