O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet194/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Avvalgi leksik ma’nolar til taraqqiyotining o‘tmishdagi bosqichlariga xos bo‘lib, hozir arxaiklashgan bo‘ladi. Bu ma’nolar tarixiy (diaxron) semasiologiyaning tadqiqot predmeti sanaladi.
Avvalgi leksik ma’nolar ham dastlab ikki turga bo‘linadi : 1) eski leksik ma’no; 2) etimologik leksik ma’no. Bulardan birinchisi tarixiy semasiologiyada, ikkinchisi esa tilshunoslikning etimolgiya bo‘limida o‘rganiladi.
Eski leksik ma’no leksemaning o‘tmishda qo‘llangan,hozir esa arxaiklashgan ma’nosidir. Masalan, yog'och leksemasining —daraxt” ma’nosi eski leksik ma’no (semantik arxaizm, arxaizm-ma’no) sanaladi. Bu leksema —daraxt” ma’nosida eski turkiy til va eski o‘zbek tilida qo‘llangan: yig’och (50,1-t., -310); yig’och, archa yig'ochi?9 Hozir esa u shu ma’noda deyarli ishlatilmaydi (tarixiy mavzularda yozilgan badiiy asarlar tili bundan mustasno, albatta).
Etimologik leksik ma’no- leksemaning kelib chiqishida uning mazmun jihatiga asos bo‘lgan dastlabki ma’no. U ma’no etimoni deb ataladi. (“Etimon” bahsiga qarang).
Etimon
Etimon (yun.: etymon- “haqiqat”) - muayyan leksemaning kelib chiqishiga asos bo‘lgan so‘z (tub yoki yasama) yoxud so‘z birikmasi: qatun> xatun> xotin (etymon- qatun), bu kun> bukun> bugun (etymon- —bu kun” so‘z birikmasi), qbishlag„ > qbishlaq> qishloq (etimon - qbshlag„) kabi. Demak: a) hozirgi o‘zbek tilidagi xotin leksemasining shakl etimoni qatun, ma’no etimoni esa —yuqori martabali kishining umr yo„ldoshi” bo‘lgan. Hozir bu leksemaning ma’nosi kengaygan: u “biror erkak kishining umr yo„ldoshi”ni va umuman —ayol”ni ham anglatadi;96 97 b) bugun leksemasining shakl etimoni — bu kun” so‘z birikmasidir, ma’no etimoni esa —so „z borayotganpaytda kechirilayotgan yoki kechirilgan kun” haqidagi axborot (67, 1-t.,- 144); d) qishloq leksemasining shakl etimoni qbshlag„dir, u quyidagi morfemalardan tarkib topgan: qbish (fasl)+ —-la” (fe’l ysovchi) + “-g‘ ” (ot yasovchi). Keyinchalik etimon tarkibida fonetik o‘zgarishlar yuz bergan: ), qыshlag„ > q-ashlaq> (—g‘” undoshi —q” ga o‘tgan)> qishloq(“a” unlisi “o”ga o‘tgan, — ы” unlisi qattiqlik belgisini yo‘qotgan)98; bu leksemaning ma’no etimoni esa “aholi yozda dalalarga ketib, qishda qaytib kelib yashaydigan joy” ma’nosidir. Hozir bu ma’no kuchsizlanib, sezilmas holga kelgan, so‘nib qolgan.
Ba’zan bir necha til leksemalarining etimoni bitta bo‘ladi. Buni qadimgi hind tilidagi sakxara so‘zi taqdirida ko‘rish mumkin: u shakar (o‘zbek, fors tillarida ), sheker (turk tilida), suker (nemis tilida), sukor (ukrain tilida), sukkar (arab tilida), saxar (rus tilida), sakxaron (yunon tilida), syukr (fransuz tilida), sugar (ingliz tilida) leksemalari uchun dastlabki —poydevor” bo‘lgan; bu leksema (etimon) qadimgi hind tilida “shag‘al”, “yirik qum” ma’nolarini anglatgan, keyinchalik, u metafora yo‘li bilan ma’no ko‘chirilishi asosida “shirin ta’mli qumsimon modda”, “qumsimon shirinlik” ma’nosiga ega bo‘lgan. Demak, sakxara leksemasining “yirik qum” ma‘nosi yuqorida keltirilgan barcha leksemalar uchun ma‘no etimonidir.
Etimon vazifasini bajargan leksemaning shakli va ma‘nosi turli omillar ta‘sirida ko‘pincha o‘zgarib ketadi, bu hol uning asl “nusxa”si va “ma‘nosi”ni xiralashtirib qo‘yadi, ularni aniqlash va tiklash ishlarini ham qiyinlashtiradi. Buni kartoshka leksemasining hozirgi va o‘tmishdagi shakli va ma’nolari misolida yaqqol ko‘rish mumkin: bu leksema dastlab italyan tilida tartufolo shaklida yuzaga kelgan (ma‘no etimoni — yer qo ‘ziqorini” bo‘lgan),keyinchalik u nemis tiliga o‘tib, kartofel shakliga kirgan, so‘ng rus tiliga kartofel (картофель) shaklida o‘zlashgan, ammo rus dehqonlari uni soddalashtirib kartoshka deb qo‘llay boshlashgan, o‘zbek tiliga ham u shu shaklda kirib kelgan, farqi shundaki, rus tilida kartofel adabiy til birligi, kartoshka esa uning jonli so‘zlashuvdagi varianti bo‘lsa, o‘zbek tilida kartoshka adabiy til birligi, kartishka esa jonli so‘zlashuvdagi variant tarzida ishlatilmoqda, Demak: o‘zbek tilidagi kartoshka leksenasining shakl etimoni italyancha tartufolo so‘zi, ma’no etimoni (etimologik ma’nosi) esa —yer qo„ziqorini”dir: ma’lumki, kartoshkaning vatani - Janubiy Amerika. Mahalliy hindular kartoshkani patata deyishgan, shu nom bilan u XVI asrda Ispaniyaga keltirilgan, keyinchalik kartoshka Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqalgan, natijada Yevropadagi ayrim xalqlar kartoshkaga yangi nom qo‘yishgan: fransuzlar uni pom de ter (pommes de terre - yer olmasi”) deb, italyanlar esa tartufolo ( —yer qo„ziqorini”) deb atashgan, bunda uning shakli qo‘ziqoringa o‘xshash bo‘lganligi, ammo qo‘ziqorindan farqli ravishda yer ustida emas, tuproq orasida yetilishi nazarda tutilgan99
Leksemalarning etimonini aniqlash bilan tilshunoslikning etimologiya bo‘limi shug‘ullanadi. Bunday tadqiqot natijalari til sistemasi va strukturasidagi turli jarayonlarni hamda leksemalarning etimologik ma’nolarini aniqashda, etimologik
lug‘atlar tuzishda ahamiyatlidir. (Darslikning “Lekskografiya” bo‘limiga ham qarang).
Etimologiyaning ilmiy (faktlar tahliliga asoslangan), soxta (gayri ilmiy) va xalq elimologivasi (xalq orasidagi taxminlarga tayangan etimologiya) kabi turlari bor.
Tekshirish savollari

  1. Leksemaning hozirgi va avvalgi ma‘nolari qanday farqlanadi?

  2. Bosh ma‘no nima? Hosila ma‘no-chi?

  3. Kontekst talabiga ko‘ra ma’noning qanday turlari o‘zaro farqlanadi?

  4. To‘ng‘ich bosh ma’no va nisbiy bosh ma’no haqida ma’lumot bering.

  5. Avvalgi leksik ma‘nolarning qanday turlari bor?

  6. Eski leksik ma‘no va etimologik leksik ma‘no haqida ma‘lumot bering.

  7. Etimon nima?

8.Shakl va ma‘no etimonlari qanday farqlanadi?
9. Tilshunoslikning qaysi bo‘limi leksemalarning etimonini aniqlash bilan shug‘ullanadi?
Tayanch tushunchalar

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling