O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet193/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Bosh ma’no leksemaning semantik tarkibidagi boshqa ma’nolarning o‘sib chiqishi uchun asos bo‘lgan ma’nodir. Masalan, tulki leksemasining bosh ma’nosi “Itlar turkumiga mansub yirtqich sutemizuvchi hayvonlar”dir. U to’g’ri ma’no (voqelik bilan bevosita bog‘langanligi uchun), nominativ ma’no (voqelikni, predmetni nomlaganligi uchun), erkin ma’no (reallashuvi ma’lum kontekst, so‘z qurshovi bilan cheklanmaganligi uchun) sanaladi.
Hosila ma’no bosh ma’nodan taraqqiy etib chiqqan ma’nodir. Masalan, tulki leksemasining hosila ma‘nosi “O‘taketgan ayyor, makkor odam”dir. Bu ma’no ayrim kishilarning xatti-harakatini tulkining hiylakorligiga o‘xshatish, nisbatlash orqali (metafora yo‘li bilan) yuzaga keltirilgan: Haqiqatda esa bu tulkilar uni laqillatadilar. (A.Q.)
Leksemaning hosila ma’nosi kontekst talabidan kelib chiqib, ko„chma ma’no (leksemaning to‘g‘ri ma’noda ifodalangan narsa-hodisalardan boshqa narsalarga nom bo‘lib ko‘chganligi uchun), majoziy ma’no (mavhum tushuncha yoki g‘oyalarni konkret obraz orqali ifodalashga xizmat qilganligi uchun), bog„langan ma’no ( reallashuvi ma’lum kontekst, so‘zlar qurshovi bilan cheklanganligi uchun) degan nomlar bilan ham ataladi.
I z o h: Hosila ma’no ayrim hollarda bosh ma’no darajasiga ham ega bo‘lib qoladi. Buni til leksemasi ma’nolari misolida ko‘rsa bo‘ladi. Qiyos qiling: til (1)- “maza- ta’m bilish xususiyatiga ega anatomik a’zo”(bosh ma’no); til(2)- “kishilar orasida fikrlashish vositasi vazifasini bajaruvchi sistema, ijtimoiy hodisa”(hosila ma’no); til (3) - “Nutqning o‘ziga xos xususiyatlari va ifoda vositalari bilan ajralib turadigan turi: ilmiy uslub, badiiy uslub va b.lar” (hosila ma’no); til (4)- “harbiy asir” (hosila ma’no); til (5)- “asbob, mexanizm va sh. k.ning osilib, qimirlab turadigan qismi”: qo’ng’iroqning tilt (hosila ma’no) kabi. Keltirilgan ma’nolar o‘rtasida quyidagi munosabatlar bor: til leksemasining 1-ma’nosi 2 va 5- ma’nolarga nisbatan bosh ma’nodir; til leksemasining 2-ma’nosi shu leksemaning 3,4-ma’nolariga nisbatan bosh ma’no bo‘ladi, ammo 1-ma’noga nisbatan u hosila ma’nodir. Shunga ko‘ra bu ma’nolar tizimida 1-ma’no to‘ng‘ich bosh ma’no, 2-ma’no esa nisbiy bosh ma’no sanaladi (34,-90).
Avvalgi leksik ma’nolar

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling