O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet166/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Leksikologiya - tilshunoslikning leksika (tilning lug‘at boyligi) bilan shug‘ulla- nuvchi bo‘limi.
Leksikologiyaning obyekti-tilning lug‘at boyligi va uning asosiy birligi bo‘lgan so‘z.
Leksikologiyaning predmeti: so‘z va leksema munosabatlari masalalarini hamda lug‘at boyligining strukturaviy va sistemaviy xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini tadqiq qilish.
Leksikologiyaning maqsadi -talabalarda leksikologiya bo‘yicha mustahkam bilim darajasini, shuningdek, leksik-semantik tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish.
Vazifalari: a) leksemaning asosiy lug‘aviy birlik sifatidagi belgi-xususiyatlarini, ma’no va tushuncha o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni, leksik ma’no tiplarini aniqlash; b) leksik-semantik guruh a’zolari o‘rtasida shakllangan sistemaviy munosabatlar turini belgilash, shu masalalarga oid fikrlar, qarashlar bilan yaqindan tanishib chiqish.
Umumiy leksikologiya-leksikologiyaning barcha tillar leksikasi uchun umumiy bo‘lgan masalalar bilan shug‘ullanuvchi turi.
Xususiy leksikologiya - leksikologiyaning muayyan bir til lug‘at boyligini tadqiq etuvchi turi.
Tavsifiy leksikologiya - leksikologiyaning ayrim olingan bir til leksikasini, masalan, o‘zbek tili lug‘at boyligini statik holatda tadqiq etuvchi turi.U sinxron leksikologiya deb ham ataladi.
Tarixiy leksikologiya-leksikologiyaning ayrim olingan bir til leksikasini dina- mik holatda - tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan bog‘lab o‘rganadigan turi. U diaxron leksikologiya deb ham nomlanadi.
Qiyosiy leksikologiya-leksikologiyaning qardosh yoki noqardosh tillar leksikasini qiyosiy aspektda tadqiq etuvchi turi.
Nazariy leksikologiya-leksikologiyaning bir turi, u leksikaning lison va nutq bilan bog‘liq jihatlarini, tilning lug‘at boyligidagi struktura va sistema munosabatlarini, leksik sathning tizim sifatidagi taraqqiyotini belgilaydigan qonuniyatlarni tadqiq qiladi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling