tarixiy leksikologiyada ayrim olingan bir tilning leksikasi dinamik holatda- tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan bog‘lab o‘rganiladi, shunga ko‘ra u diaxron leksikologiya hisoblanadi.
Hozirgi o‘zbek tili leksikologiyasi, asosan, tavsifiy (sinxron)leksikologiyadir, ammo unda tarixiy (diaxron) leksikologiyaga murojaat etish hollari ham bo‘lib turadi: o‘zbek tili lug‘at boyligining tarixiy va zamonaviy qatlamlarini, leksemalarning hozirgi va eskirgan ma’nolarini qiyoslash, tavsiflash kerak bo‘lganda shunday qilinadi.Masalan: eski turkiy va eski o‘zbek tillarida chechak leksemasining “gul”ma‘nosi, g„am leksemasining esa “sevgi”, “muhabbaf1 ma’nosi bo‘lgan, hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa ularning bu ma’nolari semantik arxaizmga aylangan (chechak lelsemasi hozirgi o‘zbek tilida kasallikning bir turini, g„am leksemasi esa tashvishni anglatadi).Leksemalarning semantik tarkibida yuz bergan bunday jarayonlar dinamikasini aniqlash uchun tarixiy leksikologiyaga murojaat etmay iloj to‘q.
Qiyosiy leksikologiya-leksikologiyaning qardosh yoki noqardosh tillar leksikasini qiyosiy aspekta tadqiq etuvchi turi.
Nazariy leksikologiyada asosan leksikaning lison va nutq bilan bog‘liq jihatlari, shuningdek, tilning lug‘at boyligidagi struktura va sistema munosabatlari, leksik sathning tizim sifatidagi taraqqiyotini belgilaydigan qonuniyatlar tadqiq qilinadi.
Amaliy leksikologiya - leksikologiyaning lug‘atchilik, leksik stilistika,nutq madaniyatining leksikaga aloqador tomonlari bilan shugDullanadigan amaliy turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |