O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet162/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Umumiy leksikologiya. Leksikologiyaning bu turida barcha tillarning lug‘at boyliklariga xos umumiy jihatlar ko‘riladi. Xususan: a)barcha tillarning lug‘at boyligidagi asosiy birlik leksemadir; b) barcha tillarning lug‘at boyliklarida struktura va sistema munosabatlari bor; d)barcha tillarning lug‘at boyliklari rivojida lisoniy va nolisoniy omillar ishtirok etadi;e)barcha tillarning lug‘at boyliklari taraqqiyotida til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlarining ta‘siri bor; f) barcha tillarning lug‘at boyliklarida tadrijiy ravishda eskirish va yangilanish jarayonlari bo‘lib turadi, bu hol shu tillarda eskirgan, yangi va zamonaviy leksik qatlamlarning shakllanishiga olib keladi; g)barcha tillarda lug‘aviy birliklarning qo‘llanish doirasi ham har xildir: qo‘llanishi hududga ko‘ra chegaralangan leksika (dialektizmlar), qo‘llanishi kasb-hunarga ko‘ra chegaralangan leksika(terminlar), ijtimoiy dialektlatlar (argo va jargonlar), neytral (betaraf ma‘noli) leksika kabi qatlamlanishlar barcha tillarda uchraydi; h)barcha tillarda lug‘aviy birliklar ma’lum tematik va leksik- semantik guruhlarga uyushadi,bunday guruhlar o‘z navbatida sistema va tagsiste ma yoki makrosistema va mikrosistema munosabatlarida bo‘ladi.

  1. Xususiy leksikologiyada muayyan bir tilning lug‘at boyligi o‘rganiladi: o‘zbek tili leksikologiyasi, rus tili leksikologiyasi, ingliz tili leksikologiyasi kabi.

Xususiy leksikologiya muayyan bir tilning lug‘at boyligini tadqiq qilishda umumiy leksikologiyadagi nazariyalarga, tajribalar tahlilidan kelib chiqqan xulosalarga tayanadi: ularni har bir tilning o‘z materialiga tatbiq etadi, har bir til materialidagi holatdan kelib chiqib voqelikni baholaydi.
Xususiy leksikologiya ham o‘z navbatida ikki turga- tavsifiy (sinxron) va tarixiy(diaxron) leksikologiyalarga bo‘linadi:

  1. tavsifiy leksikologiyada ayrim olingan bir tilning, masalan, o‘zbek tilining leksikasi statik holatda - shu til leksikasining avvalgi (o‘tmishdagi) taraqqiyot dinamikasiga bog‘lanmay o‘rganiladi, shunga ko‘ra u sinxron leksikologiya sanaladi;


  2. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling