O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet165/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Etimologiya bilan: tilshunoslikning bu bo‘limida u yoki bu so‘zning kelib chiqishiga asos bo‘lgan dastlabki shakl va ma’no aniqlanadi, bu jihatdan u leksikologiyaga ham yordam beradi, chunki leksikologiyada leksemalarning shakl va ma’no etimonlari bilan bog‘liq masalalar guruhining ko‘rilishi ham nazarda tutilgan.

  • Frazeologiya bilan:tilning lug‘at boyligida ikki xil lug‘aviy birlikning-leksema va frazemalarning mavjudligini, ularda o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlarning borligini hisobga olsak, leksikologiya bilan frazeologiyaning o‘zaro hamkorlikda ish ko‘rishi kerakligi ham ma’lium bo‘ladi.

    1. Dialektologiya bilan: adabiy til lug‘at boyligining shakllanishida tayanch dialekt va shevalarning bevosita ishtiroki bor.Bundan tashqari, adabiy tilning dialekt va shevalarga munosabati,nutqning u yoki bu turida dialektizmlardan foydalanish masalalari ham borki, ularni hal etishda leksikologiya dialektologiyaga murojaat etadi.

    2. Uslubshunoslik bilan: uslubshunoslik tilshunoslikning amaliy sohalaridan biridir. U tilning funksional stillar bilan bog‘liq jihatlarini tadqiq qiladi, shu ma’noda tilshunoslikning bir qator bo‘limlari (demak,leksikologiya bilan ham) hamkorlik qiladi.

    9.Badiiy matnning lisoniy tahlili bilan: bu soha badiiy nutq (matn) lingvopo- etikasi masalalari bilan shug‘ullanadi, badiiy matnni esa lug‘aviy birliklar ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, ayni shu nuqtada leksikologiya badiiy matnning lisoniy tahlili fani bilan hamkorlik qiladi.
    10.Grammatika bilan: tilning quyi sathidagi birliklari,odatda, yuqori sathidagi birliklarni tarkib toptiruvchi material vazifasini bajaradi, demak,leksikologiya bilan grammatikaning shu nuqtada hamkorlik qilishiga to'g ri keladi,
    11. Sotsiolingvistika bilan: tilshunoslikning bu bo‘limi ijtimoiy hayot, ijtimoiy tuzum va boshqa turli ekstralingvistik omillarning til taraqqiyotiga ta‘siri masalalari bilan shug ullanacli.Tilning lug‘at boyligidagi turli o‘zgarishlarda, masalalan, ijtimoiy tushuncha nomlarining, ijtimoiy terminlarning o‘zgarib turishida bu omilning ta’siri beqiyosdir.Leksikologiya bilan sotsiologiya o‘rtasidagi hamkorlik shu nuqtada sodir bo‘ladi.
    Tekshirish savollari

    1. Leksikologiyaning obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari haqida nimalarni bilish kerak?

    2. Leksikologiyaning qanday turlari bor?

    3. Umumiy leksikologiyada qanday masalalar ko‘riladi? Xususiy leksikologiyada- chi?

    4. Tavsifiy va tarixiy leksikologiyalar qanday farqlanadi?

    5. Nima uchun hozirgi o‘zbek tili leksikologiyasi tavsifiy (sinxron) leksikologiya sanaladi? Unda tarixiy leksikologiyaga murojaat etish hollari ham bo‘ladimi?

    6. Lug‘at boyligining sistema sifatidagi tavsifini qanday tasavvur etasiz?

    7. Leksikologiya tilshunoslikning qanday bo‘limlari bilan aloqada bo‘ladi? Sabablari?

    8. Qiyosiy leksikologiya nimani o‘rganadi?

    Tayanch tushunchalar

    Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   272




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling