O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Leksema o„zlashtirishni boshqa til leksemasini noo„rin qo„llashdan farqlash kerak


Download 5.3 Mb.
bet212/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Leksema o„zlashtirishni boshqa til leksemasini noo„rin qo„llashdan farqlash kerak. Leksema yoki ma’no o‘zlashtirilishi muayyan til leksikasini boyituvchi qonuniy hodisadir, chunki bir til boshqa tildan o‘zi uchun zarur bo‘lgan leksik-semantik birliklarni o‘zlashtiradi. Boshqa til leksemalarini noo‘rin ishlatish hodisasi esa g‘ayri qonuniydir, chunki o‘zbek tilining o‘zida biror leksema mavjud bo‘lgani holda, uning o‘rnida boshqa til leksemasini ehtiyojsiz, maqsadsiz qo‘llash tilni boyitmaydi, aksincha, ayrim shaxslarning o‘z nutqiga e’tiborsiz qarashinigina aks ettiradi.
Tekshirish savollari va topshiriiqlar

  1. O‘zbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti jarayonida leksemalarning qanday qatlamlari yuzaga kelgan?

2.O‘z qatlam qanday leksemalardan tarkib topgan?

  1. Qanday lug‘aviy birliklar umumturkiy leksemalar sanaladi? Buning sababi?

  2. Umumturkiy leksemalarning fonetik, semantik va grammatik belgi- xususiyatlari haqida ma‘lumot bering.

  3. Qanday leksemalar o‘zbek tilining o‘z lug‘aviy birliklari hisoblanadi?

6.O‘zbek tilining o‘z leksemalari qanday yuzaga kelgan? Nima uchun ular o‘z qatlam birliklari sanaladi?
7.O‘zbek tilining o‘z leksemalariga xos fonetik va morfemik tarkib haqida ma‘lumot bering.
8.O‘zlashgan qatlam qanday leksemalardan tarkib topgan?

  1. Arab tilidan leksema o‘zlashtirishning ijtimoiy-tarixiy sabablari haqida ma‘lumot bering.

  2. Arabcha o‘zlashmalarning fonetik, semantik va morfemik belgi-xususiyatlarini tushuntiring.

  1. Arab tilidan o‘zbek tiliga leksemalardan tashqari yana qanday so‘zlar va morfemalar o‘zlashtirilgan?

  1. Arabcha o‘zlashmalarning so‘z turkumlari bo‘yicha taqsimoti qanday?

13.O‘zbek tili leksikasining boyishida arab tilidan o‘zlashtirilgan leksema va morfemalarning qanday ishtiroki bor?

  1. Fors-tojik tillaridan leksema o‘zlashtirishning ijtimoiy-tarixiy sabablari haqida ma‘lumot bering.

  2. Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan leksemalarning so‘z turkumlariga munosabati?

  3. Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan leksemalarning fonetik va morfemik tarkibi haqida ma‘lumot bering.

  4. Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan leksema yasovchi prefiks va suffikslarning o‘zbek tilidagi so‘z yasalishida tutgan o‘rni haqida gapiring.

18.O‘zbek tili lug‘at boyligidagi sinonimiya hodisasining rivojlanishida fors-tojik tillaridan leksema o‘zlashtirishning qanday roli bor?

  1. Rus tilidan leksema o‘zlashtirishning ijtimoiy-tarixiy sabablari haqida gapiring.

  2. Ruscha-baynalmilal leksemalarning so‘z turkumlariga munosabatini

tushuntiring.

  1. Ruscha-baynalmilal leksemalarning semantik xususiyatlari hamda fonetik va morfemik tarkibi haqida ma‘lumot bering.

22.O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek tiliga rus tilidan o‘zlashgan leksikada qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Buning sabablari?

  1. Leksema o‘zlashtirishga olib keladigan qanday omillarni bilasiz?

  2. Leksema o‘zlashtirishning qanday yo‘llari va usullari bor?

  3. Jonli so‘zlashuv orqali va bosma manbalar orqali leksema o‘zlashtirish qanday farqlanadi?

  4. Leksemalarni o‘zicha olish va kalkalab olish haqida ma’lumot bering.

  5. Kalkaning qanday turlari bor?

  6. To‘liq kalka, yarim kalka va semantik kalka haqida ma’lumot bering.

  7. Leksema o‘zlashtirish va chet so‘zlarni qo‘llash hodisalari qanday baholanadi?

Tayanch tushunchalar

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling