O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arabcha o„zlashmalar
- O„zicha olish
- Semantik kalka
- Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksemalar
- Ishlatilish doirasi chegaralangan leksemalar
O„z qatlam - o‘zbek tili leksikasining umumturkiy va o‘zbekcha leksemalardan iborat qismi.
O„zlashgan qatlam - boshqa tillardan olingan leksik o‘zlashmalar qatlami. Umumturkiy leksemalar - o‘zbek tili lug‘at boyligidagi eng qadimgi lug‘aviy birliklar. O’zbek tilining o„z leksemalari - o‘zbek tilining o‘zida yasalgan (nisbatan yangi) leksemalar. Arabcha o„zlashmalar - arab tilidan o‘zlashtirilgan leksemalar. Forscha-tojikcha o„zlashmalar - fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan leksemalar. Ruscha-baynalmilal o„zlashmalar - rus tilidan va u orqali boshqa tillardan o‘zlashtirilgan leksema va terminlar. Leksema o„zlashtirish - boshqa til leksemalarining o‘zbek tiliga olinishi. O„zicha olish - boshqa til leksemasining o‘zgarishsiz yoki juz’iy o‘zgarish bilan o‘zlashtirilishi. Kalkalab olish - boshqa tildagi leksemaning morfemik tarkibidan qismma- qism nusxa ko‘chirish orqali leksema yasalishi, bu leksemada boshqa til leksemasi ma‘nosining ifodalanishi. Semantik kalka - tilda azaldan mavjud bo‘lgan leksemaga boshqa til leksemasining ma‘nosini yuklash, singdirish. Adabiyotlar: 10[188-197],16(190-196), 17[4-158], 28(105-112), 29(69-174,115-122), 34(173-180) 5.12.Leksemalarning ishlatilish doirasi Leksemalarning ishlatilish doirasi bir xil emas: ularning bir qismi shu til egalari yashaydigan barcha hududlarda qo‘llanadi, millat vakillarining barchasi uchun umumiy bo‘ladi, qolgan qismi esa bir qator sabablarga ko‘ra chegaralangan doirada ishlatiladi.Ana shu belgi-xususiyatlardan kelib chiqqan holda leksemalar dastlab ikkita katta guruhga - ishlatilish doirasi chegaralanmagan va ishlatilish doirasi chegaralangan leksemalarga bo‘linadi. Bunday ikki guruhga ajralish asosan “narsa- predmet”, “belgi-xususiyat”, “harakat-holat” ma’noli leksemalarga xosdir. Son va olmosh leksemalarning, shuningdek, bog‘lovchi, yuklama, ko’makchi va undovlarning ishlatilish doirasi chegaralanmaydi. I.Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksemalar o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning barchasi uchun umumiy bo‘lgan, hammaga tushunarli va hammaning nutqida bir xil darajada qo‘llanadigan leksemalardir: bosh, qo‘l, ko‘z, daraxt, meva (narsa-predmet nomlari); oq, qora, qizil, katta, kichik, yaxshi, yomon (“rang-tus”, “hajm”, “belgi-xususiyat” ma’noli leksemalar); tez, oz, ko ‘p, jo ‘rttaga, atayin (“holat”, “hajm-miqdor”, “maqsad” ma’noli leksemalar); yurmoq, ishlamoq, o‘qimoq, yozmoq (“harakat” ma’noli leksemalar) va b.lar. Bunday leksemalar umumxalq lug‘aviy birliklar deb ham yuritiladi. II.Ishlatilish doirasi chegaralangan leksemalar dialekt va shevalarga, kasb- hunar leksikasiga va jargon-argolarga xos lug‘aviy birliklardir . Jonli so‘zlashuvda ishlatiladigan vulgarizmlar ham qo‘llanishi chegaralangan lug‘aviy birliklar sanaladi. Dialektlarga xos leksemalar Bunday leksemalarning qo‘llanishi territoriyaga ko‘ra chegaralangan bo‘ladi.Ular leksik dialektizmlar sanaladi va quyidagi turlarga bo‘linadi: Dialektizm-leksema. Bunday dialektizm yaxlit holda shevaniki bo‘ladi: buzog‘ - Toshk.sh., go‘sala - Bux.sh., o‘djak - Xorazm.sh. (ad.-orfbuzoq); rayhon - Toshk.sh., nozvoy - Sam.sh. (ad.-orf.rayhon); yostiq - Toshk.sh., taka - o‘g‘iz dial, bolish - Bux.sh. (ad.-orf.yostiq); do‘ppi, to‘ppi - Toshk.sh., qalpoq-Sam.sh., kallapo‘sh - Bux.sh. (ad.-orf.do‘ppi) kabi. Dialektizm-semema. Bunday dialektizmning ifoda plani (nomemasi) adabiy tildagi leksema nomemasining o‘zidir, Masalan, chopqi (Toshk. sh.) - chopqi(Sam.sh.)-chopqi(ad.tilda).Demak, chopqi nomemasi dialektizm-shakl emas, chunki bu shakl sheva bilan adabiy til uchun umumiydir, ammo uning sheva bilan adabiy tildagi ma’nosi (sememasi) o‘zaro farqlanadi. Qiyos qiling: chopqi (Tosh.shevasida-«shox-shabba qirqish, go‘sht, piyoz qiymalash va sh.k.ishlarda qo‘llanadigan katta va og‘ir, pichoqqa o‘xshash asbob»)- chopqi (Sam.shevasida - «tig‘i sopi ichiga qayirib yopib qo‘yiladigan pichoqcha, qalamtarosh») - chopqi (ad.tilda - «shox-shabba qirqishda, go‘sht qiymalashda qo‘llanadigan katta va og‘ir, pichoqqa o‘xshash asbob»). Demak, chopqi leksemasining semantik tarkibida ikkita semema (leksik ma’no) bor: 1) «shox-shabba qirqishda, go‘sht qiymalashda qo‘llanadigan katta va og‘ir, pichoqqa o‘xshash asbob»). Leksemaning bu ma’nosi adabiy tilga o‘tgan bo‘lib, dialektizm-semema sanalmaydi; 2) “tig‘i sopi ichiga qayirib yopib qo‘yiladigan pichoqcha, qalamtarosh». Leksemaning ana shu ikkinchi ma’nosi Samarqand shevasiga xos bo‘lib, adabiy tilga o‘tmagan, shuning uchun u dialektizm-semema sanaladi. Bunday holni lagan leksemasida ham ko‘ramiz. Bu leksema adabiy tilda «quyuq ovqatlar solinadigan, tarelkadan katta yassi idish» ma’nosini anglatadi. Demak, u shu shaklda va shu ma’nosida dialektizm emas, ammo lagan leksemasining shevalarda «katta chuqur to‘garak idish», «kir yuviladigan tog‘ora» ma’nolari ham bor bo‘lib, ayni shu ma’nolari dialektizm-sememalar sanaladi. Leksik-fonetik dialektizmlar.Bunda bir leksemaning shevaga xos fonetik tarkibi nazarda tutiladi. Qiyos qiling: yo„q (ad.-orf.)-jo„q (shevada), yigit (ad.orf.)- jigit (shevada), kel(ad.-orf.)-g»l(shevada), til(ad.-orf.)-dil (o‘g‘uz lahjasida), bobo (ad.- orf.)-bova (shevada) kabi. Tilning lug‘at boyligida leksik dialektizmlardan tashqari, frazeologik dialektizmlar ham uchraydi. (Bu haqda darslikning «Frazeologiya» bo‘limiga qarang.) Leksik va frazeologik dialektizmlar birgalikda lug‘aviy dialektizmlar hisoblanadi. Dialektizm hodisasi tilning fonetik va grammatik sathlarida ham bor: a) fonetik-fonologik dialektizmlar dialektga xos fonemalar tizimidir.Bu tizim muayyan dialektning o‘zigagina tegishli bo‘lishi bilan adabiy tilning fonetik- fonologik tizimidan farqlanadi. Masalan, o‘zbek tilining qipchoq lahjasi shevalarida 9 ta unli fonema bor, ular qator belgisi asosida zidlanish (oppozitsiya) munosabatida bo‘ladi: i-ы, э-a, u-u, e-o va e. Bunday zidlanishning har bir a’zosi leksema ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladi. Qiyos qiling: tish («odamning tishi»)-/b/.s7? («tashqari»), bis («qurum»)-is («hid»), sbiz («chiz»)-siz («siz»)114 , ot (o‘t:«olov», «o‘simlik») - et (o‘t: «o‘tishga buyruq»), or (o‘r: «bedani o‘r») - er (o‘r: «sochni o‘r»), tur («turishga buyruq») - tur («xil», «jins»)115 kabi. Biroq hozirgi o‘zbek adabiy tilining fonologik tizimida unli fonemalarning bunday zidlanishi («yo‘g‘onlik» va «ingichkalik» belgilari bilan farqlanishi) yo‘q; b) grammatik dialektizmlar - biror shevaning o‘zigagina xos (adabiy tildagidan o‘zgacha) grammatik shakllari. Mas., adabiy tildagi - «-miz»(shaxs-son affiksi) o‘rnida Toshkent shevasida «-vuz» affiksi ishlatiladi: boramiz(ad-orf.)-borovuz (Tosh.sh.) kabi. Adabiy tildagi «-da» (o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi) o‘rnida Samarqand shevasida «-ga» qo‘llanadi: Toshkentda o„qiyapman (ad.tilda.) - Toshkentga o„qopman (Sam.sh.) kabi. Hozirgi zamon davom fe‘li shakllari shevalarda «-vot» (Toshk.) - «-op» (Sam.) - «-utti» (Nam.) affikslari bilan ifodalanadi: borvotti, boropti, borutti kabi. Keltirilgan misollarning shevalardagi turlari grammatik dealektizmlar sanaladi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling