O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet216/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Argotizm va jargonizmlar biror argo yoki jargonga xos leksemalardir. Argo va jargonlar biror ijtimoiy guruh yoki toifalarning, masalan, sportchilar, o‘g‘rilar, olibsotarlar, poraxo‘rlar va boshqalarning «yasama tili»dir. Shuning uchun argo va jargonlar ijtimoiy dialektlar deb ham yuritiladi.
Argotizmlar yashirin ma’no ifodalaydi. Masalan, otarchilar orasida-ya£an(«pul»), ichuvchilar orasida-novcha («araq»), qizil («vino») kabi.
Jargonizmlarda yashirin ma’no bilan birga tinglovchini yoki o‘zga bir shaxsni kamsitish(peyorativ ottenka) yoxud uning xislatlarini bo‘rttirib baholash ottenkalari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, talabalar jargonida: d«m-«topshirilmagan imtihon», «qarz»; jonli so‘zlashuvda: yo „rg„a-«yengil tabiatli», «buzuq» va b.lar.
Argotizm va jargonizmlar, asosan, jonli so‘zlashuvda, tor doirada ishlatiladi. Ulardan badiiy asarda obraz va personajlarni tipiklashtirish maqsadida foydalanish hollari ham uchraydi. Masalan: Bu qora yer yutkurning yo„rg„a chiqarishini yetti uxlab tushida kim ko„ribdi. (Hamza. Paranji sirlari.) Gapni aylantirmang. Yog„liq joy. Yakan katta bo„ladi! («Mushtum», 1960, №2.)
Bir maktabda gap mish-mish, Turg‘unning dumi bormish. Xo‘sh, bu ajab, qanday dum? Hech kimda yo‘q-ku bu dum! Bilsam voqea o‘zga, Ilinmas qo‘lga, ko‘zga!
«Ikki»degan oti bor,
na o‘zi, na zoti bor... (Q.M.)
Vulgarizmlar - haqorat ma’nosida qo’llanadigan leksemalar: xunasa, dayus, so„tak, to„nka kabilar. Bunday leksemalar yoki ularning vulgar ma’nolari adabiy til uchun me’yor sanalmaydi, ularni qo‘llash nutq madaniyatiga xilof deb qaraladi, ammo badiiy asar tilida bunday leksemalardan uslubiy vosita sifatida foydalaniladi. Masalan: U qizig„ar mashinasini Qoraqamishga qarab uchirdi. (T.M.). Yolg„on gapirasan, xunasa, uyida bo„lmagansan. Ayvoni yo„q uning (T.M.). Dayus, dayus
Vali tog„a, Mirvali tog‘a dayus. (S.Ahm.). Hosilboyvachchaga aytib qo’y: senikini artkuncha, o’zinikini eplasin. Kelib-kelib o’shandan panoh izladingmi, e so„tak! (T.M.). Anavi to„nkani nima qilamiz? - dedi Asadbek, jahlidan tushib...(T.M.).
Tekshirish savollari va topshiriqlar

  1. Ishlatilish doirasiga ko‘ra leksemalar qanday guruhlanadi?

  1. Qanday leksemalarning ishlatilish doirasi chegaralanmaydi?

  2. Qanday ma‘noli leksemalarning ishlatilish doirasi chegaralangan va chegaralanmagan bo‘lishi mumkin? Ularning turlari?

  3. Dialektizmlar nima? Uning qanday turlari bor?

  4. Dialektizm-leksema va dialektizm-sememalar qanday farqlanadi?

  5. Fonetik dialektizm va leksik-fonetik dialektizmning farqlarini tushuntiring.

  6. Grammatik dialektizm haqida ma‘lumot bering.

  7. Dialektizmlardan uslubiy vosita sifatida foydalaniladimi?

  8. Kasb-hunar leksikasi qanday leksemalarni o‘z ichiga oladi?

  9. Terminlar qo‘llanishi chegaralangan leksikaning qaysi turiga kiradi?

  1. Argotizm va jargonizmlar nima? Vulgarizmlar-chi?

  1. Dialektizm, professionalizm, argotizm, jargonizm va vulgarizmlardan nutqning qaysi turlarida uslubiy vositalar sifatida foydalaniladi?

Tayanch tushunchalar

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling