O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Umumxalq lug„aviy birliklar


Download 5.3 Mb.
bet217/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Umumxalq lug„aviy birliklar - ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksemalar va iboralar.
Dialektizmlar - qo‘llanishi territoriyaga ko‘ra chegaralangan til birliklari.
Dialektizm-leksema - shevaga xos (adabiy tilga o‘tmagan) leksema.
Dialektizm-semema - u yoki bu leksemaning shevaga xos (adabiy tilga o‘tmagan) sememasi.
Fonetik dialektizmlar - dialekt yoki shevaga xos fonetik -fonologik birliklar tizimi.
Leksik-fonetik dialektizm - adabiy tilda bor bo‘lgan leksemaning biror shevadagi fonetik tarkibi.
Grammatik dialektizmlar - biror shevaning o‘zigagina xos (adabiy tildagidan o‘zgacha) grammatik birliklar.
Kasb-hunar leksikasi - ijtimoiy mehnatning, ilm-fan yoki san‘atning, ishlab chiqarishning u yoki bu turiga mansub maxsus tushunchalarning nomlari.
Professionalizmlar - kasb-hunar leksikasi.
Terminlar - professional leksikaning ilm-fanga, texnikaga, adabiyot yoki san‘atga oid bir turi.Ular ma‘lum sohaga oid tushunchalarni ifodalashga ixtisoslashgan bo‘ladi.
Determinlashish- ayrim terminlarning o‘ta ommalashib, umumtil birligiga aylanib qolishi.
Argotizmlar - yashirin ma‘noli leksemalar.
Jargonizmlar - yashirin ma’no bilan birga tinglovchini yoki o‘zga bir shaxsni kamsitish yoxud uning xislatini bo‘rttirib baholash xususiyatiga ega leksemalar.
Vulgarizmlar - haqorat ma’nosida qo‘llanadigan leksemalar.
Adabiyotlar: 10[198-204], 16 (196-200),28(88-92), 29 (96-100), 34[143-151]
5.13.O„zbek tili leksikasida eskirish va
yangilanish jarayonlari
(Leksemaning zamoniyligi)


Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo‘lib turadi, bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi - jamiyatda bo‘lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy va ma’rifiy sohalardagi islohotlar tilning lug‘at boyligida yangi-yangi leksema va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma‘lum leksemalarning eskirib, tarixiy kategoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug‘at boyligida istorizm, arxaizm va neologizm kabi leksik birliklarni yuzaga keltiradi.
O„zbek tili leksikasida eskirish jarayoni
Tilning leksik sathidagi eskirish unda leksik istorizmlar va leksik arxaizmlarni yuzaga keltiradi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling