O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet220/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Neologizm-leksema.Bunda leksema yaxlitligicha neologizm sanaladi: devident, faks, interfaks kabi.
Neologizm-semema. Bunda, asosan, ko‘pma’noli leksemaning ma’nolaridan biri neologizmlik mavqeida bo‘ladu. Masalan, ko‘k leksemasining semantik tarkibida keyingi vaqtlarda paydo bo‘lgan —dollar” ma’nosi ana shunday neologizm- semema mavqeiga egadir
Neologizmlarning yuzaga kelishi quyidagi omillarga tayanadi:

  1. Jamiyatda yangi voqelik paydo bo‘ladi, bu voqelikni nomlash zarurati esa tilda yangi leksemaning yuzaga kelishini taqozo qiladi. Bunda: a) voqelikning nomi boshqa tildan o‘zlashtiriladi: monitoring, monitor, protsessor, slayd, noutbuk kabi; b) voqelikning nomi o‘zbek tilining o‘zida yasaladi: avtojavobberuvchi (“ruscha —aeTOOTBeT4Uk”ning kalkasi118) kabi.

  1. Jamiyatda yoki tabiatda mavjud bo‘lgan voqelikning nomiga sinonim tarzida yangi so‘z yasaladi: eskirtma ( arxaizm atamasining yangi yasalgan sinonimi), yangirtma (neologizm atamasining yangi yasalgan sinonimi ), yomg„irpo„sh (zontik leksemasining yangi yasalgan sinonimi), xastaxona (kasalxona leksemasining yangi yasalgan sinonimi ) kabi.

Neologizm hodisasi frazemalar va grammatik birliklar doirasida ham uchraydi (bu haqda tegishli bo‘limlarga qaralsin.)
Tekshirish savollari

  1. Tilning lug‘at boyligidagi eskirish va yangilanish jarayonlari qanday omillar ta’sirida yuz beradi?

  1. Eskirish jarayonining natijalari nimalarda namoyon bo‘ladi?

  2. Leksik istorizmlar nima?

  3. Leksik arxaizmlar nima? Uning qanday turlari bor?

  4. Leksik istorizm va leksik arxaizmlar qanday farqlanadi?

  5. Leksik neologizm nima? Uning qanday turlari bor?

7.Individual nutq neologizmi va umumtil neologizmi qanday farqlanadi?
Tayanch tushunchalar

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling