O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Frazemalarning o„z va o„zlashgan qatlamlari


Download 5.3 Mb.
bet228/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Frazemalarning o„z va o„zlashgan qatlamlari
O‘zbek tili lig‘at boyligi uzoq tarixiy taraqqiyot mahsulu sifatida tarkib topgan. Ana shu taraqqiyot jarayonida lug‘aviy birliklarning, shu jumladan, frazemalarning ham o‘z va o‘zlashgan qatlamlari yuzaga kelgan.
1.O„z qatlam frazemalari o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan yoki umumturkiy manbaga mansub frazemalardir. Bunday frazemalar asosida bevosita o‘zbek xalqi (yoki turkiy xalqlar) hayotiga xos voqelik va shunga suyangan obraz yotadi: ikki ko„zi to„rt bo„lmoq (varianti: ko‘zi to„rt bo„lmoq) - ma’nosi: "intizor bo‘lmoq"; bel bog„lamoq (varianti: bel(i)ni bog„lamoq) - ma‘nosi: "shaylanmoq", "otlanmoq";
2.O„zlashgan qatlam frazemalari - o‘zbek tiliga boshqa tillardan o‘tib, o‘zlashib qolgan frazemalar. Bunday frazemalarning aksariyati kalka usulida o‘zlashtirilgandir: pashshaga ozor bermaslik (ruscha мухи не обиДеть frazemasining kalkasi)-ma‘nosi: "beozor"; pashshadan fil yasamoq (ruscha из мухи делать слона frazemasining ijodiy kalkasi)-ma’nosi: "bo‘rttirib yubormoq", "oshirib yubormoq", "mubolag‘a qilmoq".
Boshqa tillardan frazemalarning o‘zicha (o‘zgarishsiz) o‘zlashtirilishi o‘zbek tilida juda kam uchraydi: dardi bedavo (tojik tilidan); sukut-alomati rizo (tojik tilidan) kabi.
E s l a t m a: O‘zbek tilshunosligida frazemalarnning o‘z va o‘zlashgan qatlamlarini aniqlash ishlari hozircha “ochilmagan qo‘riq” holatida qolib kelmoqda, Bu masalani maxsus tadqiq etish o‘zbek frazeologiyasini qimmatli ma’lumotlar bilan to‘ldirishi va boyitishi mumkin.
Frazemalarning semantik turlari
Frazema ma’nosi bilan uning tarkibida qo‘llangan leksemalar ma’nosi o‘rtasidagi munosabat asosida frazemaning ikki semantik turi farqlanadi:

  1. F r a z e o l o g i k b u t u n l i k. Bunday frazemaning umumlashgan ko‘chma ma’nosi frazema tarkibidagi leksemalar ma’nosi bilan izohlanadi. Masalan, tepa sochi tikka bo„lmoq frazemasi yaxlit holda "g‘azablanmoq" ma’nosini - umumlashgan ko‘chma ma’noni anglatadi. Bunday ko‘chma ma’noga esa kishi darg‘azab bo‘lganida uning badanidagi tuklarning sezilar-sezilmas harakatga kelishi (psixo-fiziologik holat) asos bo‘lgan, demak, frazemaning ko‘chma ma’nosini frazema tarkibidagi leksemalarning o‘z ma’nolari bilan izohlash mumkin. Ya n a: Ona suti og„zida frazemasi yaxlit holda "hali yosh", "tajribasiz" ma’nosini anglatadi, bunday ko‘chma ma’noni esa frazema tarkibidagi leksemalar ma’nosi bilan izohlash mumkin: "Mahmadona, shumsan-da. Ona suting og„zingda-yu, soqolimning oqiga qaramay aql o„rgataman deysan". (O.)

  2. F r a z e o l o g i k c h a t i s h m a. Bunday frazema ifodalagan ko‘chma ma’no frazema tarkibidagi leksemalar anglatgan leksik ma’nolar bilan izohlanmaydi. Masalan, ikki qo„lini burniga tiqib frazemasi "quruqdan quruq, evaziga hech narsa olmay" ma’nosini ifodalaydi, bu ma’noni frazema tarkibidagi leksemalarning ma’nolari bilan izohlab bo‘lmaydi: "Kelmagandan keyin, domlaga "ozodlik" olib kelish kerak-da. Bu bo„lsa shumshayib, ikki qo„lini burniga tiqib keldi". (P.T.) "...Senga ish yo„q!"-deb, bizni quvib yubordi. Katta o„g„lim bilan ikki qo„limizni burnimizga suqib o„z uyimizga bordik". (S.A.)

Frazeologik butunlik bilan frazeologik chatishma orasida ma‘lum umumiylik va tafovutlar bor. Ularni quyidagicha izohlash mumkin:

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling