O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Frazemalarning mazmun plani (ichki formasi)


Download 5.3 Mb.
bet227/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Frazemalarning mazmun plani (ichki formasi) deganda uning frazeologik ma‘nosi va baho semasidan iborat semantik tarkibi nazarda tutuladi. Masalan, to„nini teskari kiymoq frazemasining semantik tarkibida "o‘chakishmoq" ma’nosi (frazeologik ma’no) bilan birga "qaysarlik" semasi (uslubiy bo‘yoq) ham bor. Chehrasi ochiq frazemasining semantik tarkibida esa "xushtabiat" ma‘nosi ijobiy baho (uslubiy bo’yoq) semasi bilan qoplangan.
Frazemaning mazmun plani albatta ko‘chma ma’noga asoslanadi, aks holda uning to‘g‘ri ma’noli turg‘un birikmalardan (elektron hisoblash mashinasi, kvadrat uyalab ekish kabi sostavli terminlardan) farqi qolmaydi.
Frazemaning mazmun planidagi frazeologik ma’no leksemaning leksik ma’nosidan murakkabroqdir, chunki u frazema tarkibidagi leksemalar bog‘lanishidan kelib chiqadi va umumlashgan bo‘ladi.
Salbiy yoki ijobiy baho semalari, odatda, frazemalarning mazmun planida bo‘rtib turadi, bu omil frazemalardan nutqiy ta’sirchanlikni ta’minlovchi uslubiy vosita sifatida foydalanish imkonini beradi, ayniqsa, badiiy asar tilida bunday birliklarning roli katta. M i s o l l a r: Bir umr qulingiz bo„lmasam, kalomullo ursin, ko„zim ochildi, aka! (T.M.) Rangi quv o„chib, yupqa lablari titrab, ko„zlarining paxtasi chiqib ketdi. (H.N)
Ba‘zi frazemalarda qonun hujjatlari tiliga ixtisoslashish, terminlashish ham uchraydi. Bunday paytlarda frazema ma‘nosida neytrallashish yuz beradi, uslubiy bo‘yoq sustlashib, oxiri tushib qoladi. Buni jinoyat-protsessual kodeksda qo‘llanadigan aybini bo„yniga qo„ymoq, aybiga iqror bo„lmoq kabi termin "frazemalar"da ko‘rish mumkin.
Frazemalarda turkumlashuv. Frazemaning yaxlit holda anglatgan umumiy ma‘nosi uning u yoki bu turkumga mansubligini ham belgilaydi. Masalan: aravani quruq olib qochmoq (fe‘l frazema), arpasini xom o„rmoq (fe‘l frazema), ammamning buzog„iday (sifat frazema), bag‘ri qattiq (sifat frazema), bir og iz (ravish frazema), bir og„izdan (ravish frazema), to„rt ko„z bilan (ravish frazema), tomdan tarasha tushganday (ravish frazema) kabi.
Frazemalarning turkumlashuvida tayanch nuqta uning frazeologik ma‘nosidagi turkumlik semasidir. Frazemaning leksik tarkibi va grammatik shakllanishi ikkilamchi belgilar sifatida hisobga olinadi.121

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling