O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Frazemaning ifoda plani
- Frazeologik chatishma
- O„z qatlam frazemalari
- munosabatlariga ko„ra turlari Frazemalarning shakl munosabatlariga ko„ra turlari
- omofrazemalar
Frazeologiya - tilshunoslikning frazemalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi.
Frazema - ikki va undan ortiq leksemaning semantik-sintaktik birlashuvidan tarkib topgan, shaklan birikma yoki gapga teng bo‘lgan,ko‘chma ma’noli turg‘un (barqaror) qurilma.U frazeologik ma’no ifodalovchi lug‘aviy birlik sanaladi. Frazemaning ifoda plani - frazemaning moddiy-material tomoni: shakli, tuzilishi, leksik va fonetik tarkibi. Frazemaning mazmun plani - frazemaning frazeologik ma‘no va uslubiy bo‘yoqdan iborat semantik tarkibi. Frazeologik butunlik - frazemaning umumlashgan ko‘chma ma‘nosini shu frazema tarkibidagi so‘zlar ma‘nolari bilan izohlash mumkin bo‘lgan ibora. Frazeologik chatishma - frazemaning umumlashgan ko‘chma ma‘nosi shu frazema tarkibidagi so‘zlar ma‘nolari bilan izohlanmaydigan ibora. Frazeologik monosemiya - frazemalarda bir ma‘nolilik hodisasi. Frazeologik polisemiya - frazemalarda ko‘p ma‘nolilik hodisasi. O„z qatlam frazemalari - o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan yoki umumturkiy manbaga mansub frazemalar. O„zlashgan qatlam frazemalari - o‘zbek tiliga boshqa tillardan o‘tib, o‘zlashib qolgan frazemalar. Adabiyotlar: 10(216-226), 16 (183-190), 28 (418-446), 30(162-196), 33(128-130) 6.2.Frazemalarning shakl va ma’no munosabatlariga ko„ra turlari Frazemalarning shakl munosabatlariga ko„ra turlari Frazemalarning shakl munosabatlari asosida tilda frazeologik omonimiya va frazeologik paronimiya hodisalari yuzaga keladi. Frazeologik omonimiya frazemalarning ifoda jihatidagi (shakldagi) tenglik hodisasidir Q i yo s q i l i n g: 1. Jon bermoq - «barhayot qilmoq»: ... Odamzodga jon bergan ham, jonini oladigan ham yaratganning o„zi (P.T.) 2. Jon bermoq - «o‘lmoq» «so‘nggi marta nafas chiqarmoq»: Semiz va hamishayurak kasalidan qiynalibyurgan xotin arava ustida yulduz to„la osmonga termilib jon berdi. (Sh.R.). 3. Ustidan chiqmoq - «Biror narsa qilinayotganda tepasiga borib qolmoq»: Qaynanangiz rosa sevar ekan, rais, - dedi Ro„zi polvon hazil aralash, - ovqatning ustidan chiqdingiz (Sh.R.). 4. Ustidan chiqmoq - «Bajarmoq»: Demak, Hakimov telefonda bergan so„zining ustidan chiqibdi (P.Q.). Bu misollardagi jon bermoq (1) va jon bermoq (2) shaklan teng bo‘lgan ikkita alohida-alohida frazemalardir. Ayni shunday munosabat 3 va 4- misollardagi frazemalarga ham xos. Shaklan teng bo‘lgan frazemalar tilshunoslikda omofrazemalar deb nomlanadi.122 Erkin birikma bilan frazema (turg‘un birikma) o‘rtasidagi shakliy tenglik hodisasi frazeologik omonimiya emas, frazeologik omonimlik sanaladi. Demak, bunday holatlarda «Omonimiya» va «omonimlik» atamalari o‘zaro farqlanadi. Chunonchi: 1. Ko ‘zyummoq (erkin birikma) - «Ko‘zini yumib olmoq» ma’nosida; 2) Ko ‘zyummoq (turg‘un birikma, frazema) - «ko‘ra-bila turib e’tiborsiz qoldirmoq» ma’nosida; 3) ko ‘z yummoq (turg‘un birikma, frazema) - «vafot etmoq» ma’nosida. Keltirilgan misollarning birmchi va ikkinchisida erkin va turg‘un birikmalar, ikkinchi va uchinchisida esa turg‘un birikmalar (frazemalar) o‘rtasida shakliy tenglik borligini ko‘ramiz. Birinchi va ikkinchi misollardagi shakliy tenglik omonimlik sirasiga, ikkinchi va uchinchi misollardagi shakliy tenglik esa omonimiya sirasiga kiradi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling