O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet232/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Frazeologik antonimiya -ikki frazemaning o‘zaro zid ma’no ifodalashi: oshig„i olchi va ishi o„ngidan kelmaslik; boshi ko„kka yetmoq va fig„oni falakka chiqmoq kabi.
Antonimiya hodisasi ikki frazema o‘rtasidagina emas, balki leksema bilan frazema o‘rtasida ham yuzaga kelishi mumkin: xursand (leksema)-dili siyoh (frazema), landavur (leksema)-yulduzni benarvon uradigan (frazema) kabi. Bular lug‘aviy antonimlarning leksik-frazeologik turi sanaladi. Demak, lug‘aviy birliklar o‘zaro zid ma’no anglatishiga ko‘ra leksik antonimlar (leksema bilan leksema o‘rtasida), frazeologik antonimlar (frazema bilan frazema o‘rtasida) va leksik- frazeologik antonimlar (leksema bilan frazema o‘rtasida) kabi mikrosistemalarni hosil qilishlari mumkin.
Tekshirish savollari va topshiriqlar

  1. Frazemalarning shakl munosabatini qanday tushunasiz? Ma’no

munosabatini-chi?

  1. Frazeologik omonimiya va frazeologik paronimiya qanday farqlanadi?

  2. Frazeologik sinonimiya va frazeologik variatsiyaning farqlarini tushuntiring.

  3. Frazeologik antonimlar haqida ma’lumot bering.

Tayanch tushunchalar
Frazeologik omonimiya - omonimlar doirasidagi shakliy tenglik hodisasi.
Frazeologik paronimiya - tarkibidagi birorta leksema bilangina farqlanuvchi frazemalar.
Omofrazemalar - shaklan teng bo‘lgan frazemalar.
Parafrazemalar - paronimik munosabatda bo‘lgan frazemalar.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling