O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet240/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

chastota lug„ati: "Словарь наиболее употребительных слов современного узбекского литературного языка" (I.A.Kissen, 1972.) Bu tipdagi lug‘atlarda o‘zbek tilidagi so‘zlarning faollik darajasi ko‘rsatiladi;

  1. dialektologik lug„atlar: "Xorazm shevalari", 1-kitob, (F.Abdullayev, 1961), "O‘zbek shevalari leksikasi" (kollektiv, 1966). Bu kitoblarda dialektologik tadqiqotlar natijasi bilan birga, sheva so‘zlarining lug‘atlari ham berilgan;

  2. tarixiy lug„atlar: "O‘zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug‘at" (P.Shamsiyev, S.Ibrohimov, 1953), "Navoiy asarlari lug‘ati" (P.Shamsiyev, S.Ibrohimov, 1972), "Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati", 4 tomlik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a‘zosi (hozir-akademik) E.I.Fozilov tahriri ostida. -Toshkent,1983 (I-II tomlar), 1984 (III tom), 1985 (IV tom); "Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari uchun qisqacha lug‘at" (X.Nazarova, 1972), "Древнетюркский словарь" (kollektiv, 1969);

  3. internatsional so„zlar lug„ati: "Internatsional so‘zlar lug‘ati" (O.Usmon, 1959). "Ruscha-internatsional so‘zlar izohli lug‘ati" (Olim Usmon, Renat Doniyorov, 1965);

  4. teskari lug„at (chappa lug„at): "O‘zbek tilining chappa lug‘ati" (R.Qo‘ng‘irov, A.Tixonov, 1968). Bu tipdagi lug‘atlarda so‘zlar tartibi so‘z boshidagi birinchi harf asosida emas, balki so‘z oxiridagi harflarning alfavitdagi tartibi asosida joylashtiriladi. "Chappa lug‘at" bir xil tovush yoki bir xil bo‘g‘in bilan tugagan qofiyadosh so‘zlarni topishda juda qulay amaliy qo‘llanma hisoblanadi;

  5. etimologik lug„atlar. Bu tipdagi lug‘atlarda so‘zlarning kelib chiqishi ilmiy asosda yoritiladi:"Этимологический словарь тюркских языков" (E.V.Sevortyan, 1974); "O’zbek tilining qisqa etimologik lug‘ati" (Sh.Rahmatullayev, M.Mirtojiyev, M.Qodirov, 1997); "O‘zbek tilining etimologik lug‘ati" (Sh.Rahmatullayev, 2000);


  6. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling