Tanlangan tillar miqdoriga ko„ra lugDat turlari
Tanlangan tillar miqdoriga ko‘ra lug‘atlar bir tilli, ikki tilli va ko„p tilli bo’ladi: "Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati" (H.Homidiy, Sh.Abdullayeva, S.Ibrohimova, 1967) - bir tilli; "Ruscha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-ruscha geografiya terminlari lug‘ati" (H.H.Hasanov, 1964), "Adabiyotshunoslikdan qisqacha ruscha- o‘zbekcha terminologik lug‘at" (N.T.Hotamov, 1969), "Ruscha-o‘zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug‘ati" (Q.Z.Zokirov, M.N.Nabiyev, O‘.Pratov, H.A.Jamolxonov, 1963), "Ruscha-o‘zbekcha lug‘at" (V.V.Reshetovning umumiy rahbarligida, 1972) kabilar ikki tilli; "Lotincha-o‘zbekcha-ruscha normal anatomiya lug‘ati" (A.A.Asqarov, H.Z.Zohidov, 1964). "Botanikadan ruscha-o‘zbekcha ensikopedik lug‘at"ga (Q.Z.Zokirov, H.A.Jamolxonov, 1973) ilova qilingan "Botanik nom va terminlarning o‘zbekcha-ruscha-lotincha so‘zligi" (201- 254-betlar) hamda "Botanik nom va terminlarning lotincha-ruscha-o‘zbekcha so‘zligi" (255-294-betlar), "Zoologiya ensiklopediyasi"ga (T.Z.Zohidov) ilova qilingan "Sutemizuvchilarning o‘zbekcha-lotincha-ruscha nomlari" (1960, 210-228-betlar) hamda "Suvda va quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning o‘zbekcha-lotincha-ruscha nomlari" (1969, 195-226-betlar) esa ko‘p tilli lug‘atlardir.
Ikki tilli va ko‘p tilli lug‘atlardan asosan tarjimachilikda foydalaniladi. Shu sababli ular tarjima lug„atlari deb ham yuritiladi.Quyidagi chizmaga qarang:
LUG„ATLARNING KO’ZLANGAN MAQSADGA KO„RA TIPLARI VA
TURLARI
Leksema yoki atama ma’nolarining yoritilishiga
ko„ra lug„at turlari
Bu jihatdan lug‘atlar izohli va izohsiz turlarga bo‘linadi: leksema yoki terminlarning imlosini, tushunchalarning ruscha-o‘zbekcha yoki o‘zbekcha-ruscha nomlarini berish bilan cheklangan lug‘atlar izohsiz lug„atlar sanaladi, shunday leksema yoki terminlarning ma’nolariga izoh beradigan lug‘atlar izohli lug„atlar deb ataladi. Chunonchi: "O‘zbek tilining qisqacha imlo lug‘ati" (F.Kamolov va Z.Ma’rufov tahriri ostida, 1962), "O‘zbek tilining chappa lug‘ati" (R.Qo‘ng‘irov, A.Tixonov, 1968) kabilar izohsiz lug‘atlar, "O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati" (Azim Hojiev, 1974), "O‘zbekcha-ruscha lug‘at" (Bosh muharrir- prof.A.K.Borovkov, 1959), "O‘zbek tilining izohli lug‘ati", ikki tomli (1981-y.), O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 tomlik.(2006- 2008-y.) kabilar izohli lug‘atlardir.
Maхsus lug‘atlar
Maxsus lug‘atlarning ob’yekti va predmeti ma’lum sohalar bo‘yicha belgilangan bo‘ladi. Ularning quyidagi turlari bor:
Do'stlaringiz bilan baham: |