O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet236/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Neologizm-frazema - yangi paydo bo‘lgan va yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotmagan neologizm.
Zamonaviy qatlam frazemalari - “eskirganlik” yoki —yangilik” belgilari bo‘lmagan, qo‘llanishi odat tusiga kirgan frazemalar.
Adabiyotlar: 10(225-226)
7.LEKSIKOGRAFIYA


7.1. Leksikografiya haqida ma’lumot

Leksikografiya tilshunoslikning lug‘atchilik bilan shug‘ullanuvchi sohasidir.
Lug‘atlar tildagi leksemalarni, frazemalar, maqol-matallar va turli nomlarni ma’lum tartibda o‘z ichiga olgan kitoblardir. Bunday lug‘atlar o‘tmishda qo‘lyozma shaklida ham bo‘lgan.
Leksikografiyaning vazifa doirasiga quyidagilar kiradi:

  1. lug‘at tuzish prinsiplari va metodikasini ishlab chiqish;

  2. lug‘at tiplari va turlarini aniqlash;

  1. lug‘atshunoslarning ishini tashkil qilish;

  2. lug‘at tuzish uchun asos bo‘ladigan kartoteka fondini yaratish;

  3. lug‘atchilik tarixini o‘rganish;

  4. lug‘at tuzish bilan shug‘ullanish.

7.2. Lug„at tiplari va turlari


Ko„zlangan maqsadga ko„ra lug„at tiplari va turlari
Lug‘atlar ko‘zlangan maqsadga ko‘ra dastlab ikki tipga bo‘-
linadi:1.Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar; 2. Lingvistik (lisoniy) lug‘atlar.
1.Ensiklopedik lug„atlarda tabiat va jamiyatdagi narsa-hodisalar, tarixiy voqea-jarayonlar, buyuk shaxslar, ilm-fandagi kashfiyotlar, davlatlar, shaharlar haqida ma’lumot beriladi. Demak, bu tipdagi lug‘atlarda asosiy e’tibor tildagi leksemalarga emas, balki shu leksemalar yoki birikmali nomlar vositasida atalayotgan voqelikning o‘zlariga qaratiladi.
Ensiklopedik lug‘atlar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi:
a) u n i v e r s a l e n s i k l o p e d i y a l a r. Bunday lug‘atlarda ishlab chiqarishning, fan, adabiyot, tabiat, jamiyat va hokazolarning barchasiga oid muhim tushunchalar, predmetlar, hodisalar va shu sohalarda tanilgan buyuk shaxslar (olimlar, ixtirochilar, yozuvchilar, shoirlar, davlat arboblari, qahramonlar, san‘atkorlar) haqida ma’lumot beriladi: "O‘zbek Sovet Ensiklopediyasi" (14 jildlik, 1971-1980), "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" (12 jildlik, 2000 -2006-y.) bunga misol bo‘ladi;
b) s o h a e n s i k l o p e d i y a l a r i. Bunday ensiklopediyalarda faqat bir sohaga oid materiallar beriladi: "Zoologiya ensiklopediyasi" (3-jildlik. Tesha Zohidov, 1960-1969), Botanikadan ruscha-o‘zbekcha ensiklopedik lug‘at
(Q.Z.Zokirov, H.A.Jamolxonov, 1973) shular jumlasidandir.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling