Mehnat va mehnatsevarlik haqida
Bahorgi beg‘amlik - kuzgi pushaymonlik.
Barvaqt qilingan harakat,
Hosilga berar barakat.
Bekor turguncha, bekor ishla!
Belni peshlagan bilar, Yerni ishlagan bilar.
Vatan va vatanparvarlik haqida
Bulbul chamanni sevar,
Odam - Vatanni.
Bo‘l Vatanga paxtakor, Vatan sendan minnatdor.
Lug„at maqolalari sxemalari
Lug‘at maqolalarining tuzilishi va leksema yoki nom ma’nolarining izohlanishi ham ma’lum prinsiplarga tayanadi. Chunonchi, lingvistik lug‘atlarda dastlab leksemaning o’zi, shundan so‘ng uning bosh va yasama, dialektal va arxaik ma’nolari (agar shunday ma’nolari bor bo‘lsa) yoritiladi. Har bir ma’no izohidan so‘ng shunga oid misollar (ko‘pincha badiiy asarlardan) keltiriladi.Ensiklopedik lug‘at maqolalari sxemalari esa boshqacharoq bo‘ladi: ular davlat, respublika, millat, shaxs, o‘simlik, hayvon, biror tarixiy voqea va hokazolarning har biri uchun maxsus tuzilgan sxema asosida yoziladi. Chunonchi, davlatlar haqidagi maqola sxemasi quyidagicha bo‘ladi:
Umumiy ma‘lumot.
Davlat tuzumi.
Tabiati.
Aholisi.
Tarixiy ocherk.
Respublikaning yetakchi partiyasi(agar shunday partiya bor bo‘lsa).
Uyushmalar.
Xalq xo‘jaligi.
Meditsina.
Maorif va madaniyat.
Matbuot, radio, televideniye.
Fan va ilmiy tashkilotlar.
Adabiyot.
Arxitektura va tasviriy san‘at.
Muzika.
Teatr.
Kino.
18.Sirk va estrada.
Badiiy havaskorlik.
Bibliografiya.
Karta va illustratsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |