O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet247/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

"Muqaddimatul adab" (1137-y.)-Mahmud az-Zamaxshariyning Xorazmshoh Alouddavla Abulmuzaffar Otsizga bag‘ishlab yozgan asari. Bu asar besh qismdan iborat bo‘lib, ularda otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, ot o‘zgartishlari va fe’l o‘zgartishlari haqida bahs yuritiladi. Arabcha so‘zlarning ostida forscha, ba’zilarida turkiy, hatto mo‘g‘ulcha tarjimalari berilgan. Asar 1706-yilda Xo‘ja Is‘hoq Afandi tomonidan usmonli turk tiliga, keyinchalik fransuz va nemis tillariga ham tarjima qilinib, Parij, Leypsig, Vena, Leyden, Qozon shaharlarida, Norvegiya, Misr va Hindistonda bir necha marta nashr etilgan.126 Manbalarda ta’kidlanishicha, "Muqaddimatul adab"ning chig‘atoy tilidagi tarjimasi az-Zamaxshariyning o’zi tomonidan amalga oshirilgan.
«Attuhfatuz zakiyatu fil lug„atit turkiya» («Turkiy til haqida noyob tuhfa», XIII asrning oxirida yozilgan).-Muallifi noma’lum. Bizgacha bu asarning bitta nusxasi yetib kelgan, u Turkiyadagi shaxsiy kutubxonalardan birida saqlanadi.
Lug‘at arab tilida yozilgan, uni turkshunos Besim Atalay turkcha izohlar bilan nashr ettirgan. Lug‘atda qipchoq o’zbeklari tili tavsiflangan. U 1968-yilda taniqli tilshunos Solih Mutallibov tarjimasida o‘zbek tilida nashr ettirilgan.
«Kitob ul-idrok li Lison il-atrok» («Turkiy tillarni bilish kitobi»,1312-y.) - Abu Hayyan Andalusiyning turkiy tillarning leksikasi va grammatikasiga oid asari. Unda o‘z davrining turkiy lahja va shevalari haqida ma’lumot berilgan.
«Kitobu bulg„atul mushtaqori lug„atit turk val qifchoq» («Turk va qipchoq tilini bilishni istaganlar uchun qo‘llanma», XlVasr) - Jamoliddin Abu Muhammad Abdulahad Turkiy tomonidan yaratilgan lug‘at. Asarning arabcha matni qora, turk so‘zlari esa qizil siyohda yozilgan. Lug‘atning leksikografik materiali 4 bo‘limga ajratilgan: 1) xudo va osmon, unga bo‘ysunuvchi jami mavjudotlar haqida; 2) yer, uning usti va ostida bor bo‘lgan narsalar haqida; 3) ravishdoshlar; 4) fe’llar.
Bu asar turkiy tillar tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Uning qo‘lyozmasi Parij milliy kutubxonasida saqlanadi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling