O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet250/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

M. Преображенский. Карманный русско-сартовский словарь. Издание Книготорговца А.А.Куприянова. Издание 2-е значительно дополненное.- Ташкент. Типо-лит. «Турк Курьер», 1917.
4.XX asrning 30-yillarida lug„atchilik. XX asrning 30-yillaridan so‘ng O‘zbekistonda lug‘atchillikka yanada ko‘proq e’tibor berildi: O‘rta va Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik va qo‘llanmalarning yaratilishi, O‘zbekiston Xalq Komissarligi qoshida Fanlar Komitetining ish boshlaganligi turli fanlar bo‘yicha bir tilli va ikki tillli terminologik lug‘atlarning yaratilishini taqozo qildi, natijada Fanlar Komiteti huzurida Terminologiya qo‘mitasi tashkil etildi va shu qo‘mita boshchiligida turli fanlar bo‘yicha qator lug‘atlar yaratildi.: «Ruscha-o‘zbekcha matematika terminlari so‘zligi», 1933 (T.N.Qori-Niyoziy), «Ruscha-o‘zbekcha paxtachilik terminlari so‘zligi», 1933 (N.Sayfulmulukov), «Ruscha-o‘zbekcha ma’muriy-huquqiy so‘zlik», 1933 (N.Sarimsoqov), «Paxtachillikka doir qisqacha izohli lug‘at», 1934
(S.Ibrohimov), «Ruscha-o‘zbekcha qishloq xo‘jalik terminlari lug‘ati», 1936 ((N.Sayfulmulukov), «Ruscha-o‘zbekcha botanika terminlari lug‘ati», 1936, 1939 (N.Sayfulmulukov), «Zoologiya terminlarining qisqacha izohli lug‘ati», 1938 (T.Zohidov), «Qisqacha ruscha-o‘zbekcha geografiya terminlari lug‘ati», 1940 (M.X.Bektemirov, S.M.Saydrasulov), «Ruscha-o‘zbekcha fizika terminlari lug‘ati», 1940 (K.Abdurashidov), «Ruscha-o‘zbekcha tuproqshunoslik terminlari lug‘ati», 1940 (N.V.Kimberg, M.Bahodirov), «Ruscha-o‘zbekcha geologiya terminlari lug‘ati», 1941 (M.Mirboboyev, A.Sodiqov, S.Sultonov) va boshqalar shular jumlasidandir.

  1. XX asrning 40-yillarida lug„atchilik. Bu yillarda lotin o‘zbek yozuvidan rus grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuviga o‘tildi, shu munosabat bilan yangi yozuvda tuzilgan yana bir qator umumiy va maxsus lug‘atlar yaratildi. «O‘zbek adabiy tilining orfografik lug‘ati», 1940 (S.Ibrohimov, M.Rahmonov), «O‘zbekcha- ruscha lug‘at», 1941 (T.N.Qori-Niyoziy, A.K.Borovkov), «Qisqacha o‘zbekcha- ruscha lug‘at», 1942 (I.A.Kissen, K.S.Koblov), «Imlo lug‘ati», 1941,1949 (Olim Usmon) va boshqalar.


  2. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling