O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Frazemaning ifoda plani (tashqi formasi)
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
Frazemaning ifoda plani (tashqi formasi) deganda uning tovush tomoni, leksik tarkibi, birikmaga yoki gapga teng konstruksiyasi nazarda tutiladi. Masalan: ko„nglini olmoq (birikmaga teng), ko„z qirini tashlamoq (birikmaga teng), ko„zlari qinidan chiqib ketdi (gapga teng), boshi qotdi (gapga teng), ensasi qotdi (gapga teng) kabi.
Frazemalar tarkibidagi leksemalarning bog‘lanishi erkin birikma yoki gap tarkibidagi leksemalarning bog‘lanishidan farq qilmaydi: ularning barchasida leksemalar tobelanish asosida bog‘lanadi, biroq: a) erkin birikmadagi yoki gapdagi bog‘lanish nutq jarayonida, nutq bilan bir paytda sodir bo‘ladi; frazema tarkibidagi leksemalarning bog‘lanishi esa nutq paytidan ancha avval yuzaga kelib, turg‘unlashib qoladi, inson xotirasida va lisonda yaxlitligicha saqlanadi (demak, frazema tarkibidagi leksemalar ham aslida leksemashaklllar yoki so‘zlar holida “qotib qoladi”); b) erkin birikmadagi yoki gapdagi leksemalarni so‘zlovchi o‘z ixtiyori bilan almashtira oladi: "keng ko„cha" birikmasi o‘rnida "tor ko„cha" birikmasini, "men o„qiyman" gapi o‘rnida "men ishlayman" gapini qo‘llashi mumkin, ammo "yulduzni benarvon urmoq" birikmasi o‘rnida "yulduzni narvonsiz urmoq", "yulduzni shotisiz urmoq", "yulduzni beshoti urmoq" birikmalari qo‘llanmaydi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, har qanday turg‘un birikma frazema bo‘lavermaydi. Masalan, Birlashgan Milllatlar Tashkiloti qo‘shilmasi turg‘un birikmadir, ammo to‘g‘ri ma’noli turg‘un birikma bo‘lganligidan frazema hisoblanmaydi. Frazema yaxlit holda ko‘chma ma’no ifodalashi shart. Frazemalarning ifoda planida leksemalardan tashqari, yordamchi so‘zlar (ko‘makchilar) va turli forma yasovchi morfemalar qatnashishi mumkin. Masalan, ochiq yuz bilan (bu frazemaning ifoda planida "bilan" ko‘makchisi qatnashgan), dam olmoq (bu frazemaning ifoda planida "-moq" morfemasi ishtirok etgan). Keltirilgan misollarda ko‘makchi va affiksal morfema frazemalarning doimiy belgilari hisoblanadi, chunki ular shu frazemalarning ichki grammatik qurilishiga mansubdir, ammo dam oldim, dam olgin, dam olsin kabi bog‘lanishlarda qo‘llangan "-di+m", "-ging", "-sin" morfemalari (zamon, shaxs-son, mayl ko‘rsatkichlari) shu frazemalarning ifoda planiga kirmaydi, chunki bu morfemalar frazemaga nutq paytida qo‘shiladi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling