O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- "ot"
- Izoh
- Nutq a’zolarining anatomiyasi
Tovush cho'-iqligi - tebranishning oz yoki ko‘p vaqt davom etishi. Tovush cho‘ziqligi ikki xil bo‘ladi; a) fonologik choZiqlik (birlamchi cho‘ziqlik). Bunday cho‘ziqlik, odatda, ma’no ajratish uchun xizmat qiladi. Masalan, turkman tilida "yilqi" ma’nosidagi "ot" so‘zi bilan "ism" ma’nosidagi "ot" so‘zining ma’nolari shu so‘zlar tarkibidagi "o" unlisining cho‘ziqlik darajasi bilan farqlanadi; ot(ad-"yilqi"")- o:t (a:d- "ism") kabi; b) fonetik cho „ziqlik (ikkilamchi cho‘ziqlik) - sof fizik-akustik faktorga asoslangan (fonologik vazifa bajarmaydigan) cho‘ziqlik. Masalan, urg‘uli bo‘g‘indagi unli biroz cho‘ziladi, ammo u so‘z ma’nosini farqlash uchun xizmat qilmaydi (atlas va atlas kabi ayrim holatlar bundan mustasno). Shuningdek, imon so‘zi boshidagi "i" cho‘ziqroq talaffuz etilganidan, unda bir "y" orttiriladi yoki shahar, zahar so‘zlarida "h"ning tushib qolishi natijasida ikki "a" yonma-yon kelib, bir cho‘ziq "a" tarzida talaffuz qilinadi (sha:ar,za:ar kabi), ammo bu holat so‘z ma‘nolarini o‘zgartirmaydi (demak, fonologik qiymatga ega bo‘lmaydi).
Izoh: Nutq tovushlarining balandligi, kuchi (intensivligi) va tembri ularning sifat belgilari sanaladi, tovushning cho‘ziqligi esa miqdor belgisi hisoblanadi. Anatomik-fiziologik aspekt Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning biologik asosini - inson organizmidagi ayrim a‘zolarning nutq tovushlarini hosil qilishdagi rolini, ularning tuzilishi va faoliyatini o‘rganadi. Nutq tovushlarining biologik asosini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 1) nutq a’zolarining analomiyasi; 2) nutq a’zolariningfiziologiyasi; 3) nutq a’zolarining ijro kechimi. 1.Nutq a’zolarining anatomiyasi deyilganda shu a’zolarning shakli, tuzilishi, o‘rni nazarda tutiladi. Bunday a‘zolar quyidagi apparatlarga birlashadi: a) nafas apparati - o‘pka, bronxlar, traxeya, diafragma, ko‘krak qafasi. Bu apparat a‘zolari tovush hosil qilish uchun zarur bo‘lgan havo oqimini boshqa a‘zolarga yetkazib beradi, shu ma‘noda havo manbai sanaladi; 1-rasm. Nafas apparati:1-qalqonsimon tog„ay; 2-uzuksimon tog„ay); 3-kekirdak (traxeya);4- bronxlar; 5-bronxlarning uchki tarmoqlari; 6-o„pkaning tepa qismi; 7- o„pkaning tag (ost) qismi. b)bo„g„iz bo„shlig„i - traxeyaning yuqori (kengaygan) qismi. Unda un paychalari, uzuksimon, qalqonsimon, cho‘michsimon, ponasimon, shoxsimon tog‘aylar mavjud. Bu apparatdagi eng faol a‘zolar un paychalaridir: Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling