O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Fonetikaning to„rt aspekti


Download 5.3 Mb.
bet22/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Fonetikaning to„rt aspekti
Tilning tovush tomoni ancha murakkab hodisadir: a) har qanday tovushning fizik-akustik tabiati bor; b) har qanday nutq tovushining biologik asosi (nutq a’zolarining harakati va holati bilan bog‘liq jihatlari) mavjud; d) har qanday nutq tovushi talaffuz etiladi va eshitiladi; e) nutq tovushlari til va nutqda ma‘lum lisoniy vazifalarni bajaradi, shu ma’noda ular ijtimoiy qiymatga ega bo‘ladi. Fonetik birliklarning ana shu jihatlarini o‘rganish fonetikaning fizik-akustik, anatomik- fiziologik, perseptiv va lingvistik-funksional aspektlari deb qaraladi.
Fizik-akustik aspekt
Eksperimental fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning fizik tabiatini tadqiq qiladi. Fonetik birliklarning fizik tabiatiga tovushning balandligi, kuchi, tembri, cho„ziqligi kiradi. Tovushning ovoz, shovqin, qo„shimcha (yordamchi) ton kabi komponentlari ham fizik-akustik omillar sanaladi.
1.Tovushning balandligi - tovushning un paychalari tebranishi chastotasiga bog‘liq sifati. Ma’lum vaqt o‘lchovida (masalan, bir sekundda) un paychalarining tebranish miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, tovush shuncha baland bo‘ladi yoki, aksincha, shu vaqt o‘lchovi hisobida un paychalari qancha kam (siyrak) tebransa, tovush shuncha past chiqadi. Tebranayotgan jismning, masalan, un paychalarining tinch holatdagi nuqtadan ikki (qarama-qarshi) tomonga bir marta borib kelishi bitta to‘la tebranish sanaladi, ana shu bitta to‘la tebranish bir gers hisoblanadi, demak, baland ovozda gerslar miqdori ko‘p(tebranish zich), past ovozda esa gerslar miqdori kam (tebranish siyrak) bo‘ladi. Insonning eshitish qobiliyati 16 gersdan 20000 gersgachadir: 16 gers eshitishning eng quyi pog‘onasi, 20000 gers esa eshitishning eng yuqori pog‘onasi hisoblanadi. 16 gersdan kam chastotali tebranish infratovush, 20000 gersdan ortiq chastotali tebranish esa ultratovush sanaladi. Inson oddiy so‘zlashuvda 100 gersdan 400 gersgacha balandlikdagi tovushni qo ‘llaydi. Insonning eng past tovushi bas ( u 40 gersga teng), eng baland tovushi esa sopranodir (u 170 gersga teng).
Nutqda ovozning (tonning) baland-past tarzda to‘lqinlanishi melodikani yuzaga keltiradi, melodika esa gapning ifoda maqsadiga yoki emotsionallikka ko‘ra turlarini belgilashda, sintagmalarni, kirish so‘z yoki kiritma gaplarni ifodalashda muhim vosita sanaladi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tebranish chastotasi nutqda boshqa akustik vositalar (urg‘u, intonatsiya, tembr, temp kabilar) bilan munosabatga kirishib, murakkab tovushni hosil qilishi ham mumkin, bunday murakkab tovushlardan esa turli ekspressiv-stilistik maqsadlarda, ayniqsa, she‘riy misralardagi tovush tovlanishlarini tarkib toptirishda foydalaniladi.


  1. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling