O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Degeminatsiya
- 9.Spirantizatsiya
- Tekshirish savollari
- Tayanch tushunchalar
Geminatsiya - ikkita bir xil undoshning so‘z tarkibida qavatlanishi: muddat, izzat kabi. Bunday qavatlanish ma‘lum uslubiy maqsadlarda yuzaga keltirilishi ham mumkin: Masalan, maza (bitta "z", bunda uslubiy bo‘yoq yo‘q.)- mazza (ikkita "z". So‘zning bu shaklida ma’no kuchaytirilgan). Yana qiyos qiling: yashamagur>yashshamagur, uchalasi>uchchalasi, rosa>rossa, juda>j'udda kabi. Geminatsiya hodisasi so‘z yasalishida ham uchraydi: achimoq (fe’l)- achchiq (sifat), isimoq (fe‘l)- issiq (sifat), qotmoq (fe‘l)- qattiq (sifat) kabi. Sifatlarning kuchaytiruv (intensiv) formalarida ham geminatsiya hodisasi uchraydi: oq>oppoq, sog„ >soppa- sog„ kabi.
Degeminatsiya-so‘z tarkibidagi geminatsiyaning yo‘qolishi: men+ning>mening sizni>sizzi>sizi; qayyer>qayer kabi. Sinerezis-so‘z tarkibida yondosh qo‘llangan ikki unlining fonetik diftonglashuvi- bir cho‘ziq unli holiga kelishi: mutolaa>mutola: matbaa>matba: saodat>so:dat kabi. Bu hodisa ikki unli orasidagi undoshning tushib qolishi hisobiga yuz berishi ham mumkin: zahar>za:r, shahar>sha:r kabi (bundagi diftonglashuv fonologik emas, fonetik xarakterdadir). 9.Spirantizatsiya - ayrim portlovchi undoshlarning ikki unli orasida (intervokal pozitsiyada) sirg‘aluvchi undoshga o‘tishi: bora ber>boraver (b>v), kabob>kavob (b>v), po„stloq>po„stlog„i (q>g‘), taroq> tarog„i (q>g‘) kabi. Bu hodisada pozitsion omil (intervokal holat) bilan birga kombinator omil (unlilarning undoshga ta‘siri) ham ishtirok etgan. Tekshirish savollari Fonetik hodisalar deganda nimani tushunasiz? Kombinator omillar nima? Ular fonemaning qanday ottenkasini yuzaga keltiradi? Assimilatsiya, akkomodatsiya va dissimilatsiya qanday farqlanadi? Ularning qanday turlari bor? Pozitsion omillarga nimalar kiradi? Ular fonemaning qanday ottenkalarini shakllantiradi? Pozitsion o‘zgarishlarning qanday turlari bor? Kombinator va pozitsion omillar fonetik jarayonda aralash ishtirok etishi mumkinmi? 7.Spirantizatsiya nima? 8.Sintagmatik omillarga nimalar kiradi? Bu omil ta‘sirida qanday fonetik jarayonlar sodir bo‘ladi? Qanday holatlarda va nima sababdan so‘z boshida, o‘rtasida yoki oxirida ba‘zan tovush orttiriladi? Proteza, epenteza va epiteza nima? Qanday holatlarda va nima sababdan so‘z tarkibidagi ayrim tovushlar tushib qoladi? Tovush tushishining qanday turlari bor? Metateza nima? Geminatsiya nima? Degeminatsiya-chi? Nazalizatsiya nima? U qanday omillar ta‘sirida yuz beradi? 16.Sandxi qanday hodisa? Aferezis-chi? 17.Sinerezis nima? U qanday holatda yuz beradi? Tayanch tushunchalar Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling