O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet96/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Bo„g„in nutqning bir havo zarbi bilan aytiladigan segment birligidir. Bunday birlik bir yoki bir necha tovushdan tarkib topishi mumkin. Masalan: ona(o-na), ota(o- ta), bola(bo-la') kabi. U nutq oqimining segmentlanishida tovushdan katta, so‘zdan kichik (ba’zan bir so‘zga teng) qism bo‘ladi. Fonologik nuqtayi nazardan bo‘g‘in sillabema deyiladi, uni o‘rganadigan soha esa sillabika deb nomlanadi.
Bo‘g‘in unlisiz tuzilmaydi, shuning uchun unli tovush bo‘g‘inning markazi hisoblanadi - u undoshlarni o‘ziga tortib, bir havo zarbi bilan aytiladigan fonetik bo‘lakni (bo‘g‘inni) hosil qiladi. Undoshlar o‘zicha bo‘g‘in hosil qilmaydi (sonorlar bundan mustasno). Ular(undoshlar) unlidan oldin kelganda kuchsiz boshlanib, kuchli tugaydi; kitob so‘zidagi "ki-" bo‘g‘ini boshida kelgan "k" undoshi shunday. Undosh tovush unlidan keyin kelganda, kuchli boshlanadi, so‘ng kuchsizlanib tugaydi: kitob so‘zidagi "-tob" bo‘g‘ini oxirida kelgan "b" undoshi shunday. Ba’zan ikki bo‘g‘in orasida ikkita bir xil undosh yonma-yon kelib qoladi: muddat (mud-dat) kabi. Bu hodisa geminatsiya sanaladi. Bunda ikkala "dd" bir tovushdek talaffuz etiladi, binobarin, kuchli boshlanib, kuchli tugaydi, oralig‘ida esa biroz pasayish kuzatiladi. Bular ikki balandlikka ega undoshlar sanaladi. Demak, bo‘g‘in tuzilishida undoshlar kuchsiz boshlanuvchi, kuchli tugovchi va ikki balandlikka ega xarakterida bo‘ladi. (15, 36-bet). Shunga ko‘ra bo‘g‘in uch qismga bo‘linadi: a) bo‘g‘in boshi- bo‘g‘in yasovchi tovushning (unlining) balandligigacha bo‘lgan qism; b) bo‘g‘in markazi (bo‘g‘in balandligi); v) bo‘g‘in markazidan keyingi qism (bo‘g‘in balandligidan so‘nggi qism).
Unli (V) yoki unli +undosh (VC) tipidagi bo‘g‘inning boshi nulga teng bo‘ladi: o+ta (birinchi bo‘g‘in boshi nulga teng), ol+ma (birinchi bo‘g‘in boshi nulga teng); undosh+unli (CV) tipidagi bo‘g‘inning oxiri ham nulga teng: ol+ma ("ma" bo‘g‘inining oxiri nulga teng) kabi. O‘zbek tilidagi umumturkiy so‘zlarda: a) boshi nulga teng bo‘g‘in faqat so‘z boshida uchraydi: o+ta, uch+ta kabi; b)boshi nulga teng bo‘lgan bo‘g‘in birinchi bo‘g‘indan keyin qo‘llanmaydi.Bu tipdagi bo‘g‘inning so‘z o‘rtasida yoki oxirida kelishi faqat arabcha va ruscha leksik o‘zlashmalarda uchraydi: ma-o-rif (arabcha), a-or-ta (ruscha-baynalmilal) kabi; d) oxiri nulga teng (CV tipidagi) bo‘g‘in so‘zning barcha qismlarida qo‘llanishi mumkin: bo+la, da+la kabi; e) bo‘gin boshida undoshlarning qatorlashib kelishi faqat rus cha-baynalmilal so‘zlarda uchraydi: traktor (birinchi bo‘g‘in sxemasi- CCVC) kabi.
Bo„g„in tiplari

  1. berkitilgan bo„g„in. U undosh bilan boshlanadi: olti so‘zining ikkinchi bo‘g‘ini (-ti);

  2. berkitilmagan bo„g„in. U unli tovush bilan boshlanadi: olti so‘zining birinchi bo‘g‘ini (ol-);

  3. yopiq bo„g„in. U undosh bilan tugaydi: olti so‘zining birinchi bo‘g‘ini (ol-);

  4. ochiq bo„g„in. U unli bilan tugaydi: olti so‘zining oxirgi bo‘g‘ini (-ti).

Tasnifning bu turida o-ta, o-na so‘zlaridagi bir unlidan iborat bo‘g‘in, shuningdek, tartib, maktab so‘zlaridagi "undosh+unli+undosh" (CVC) tipidagi bo‘g‘inlar nazardan chetda qolgan. Shuning uchun mavjud adabiyotlarda bo‘g‘in tiplari tasnifining boshqa ko‘rinishlari ham uchraydi. Masalan, M.M. Mirtojiyev bo‘g‘in tiplarini shunday tasnif qiladi:


  1. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling