Urg„u - muayyan til fonetik-fonologik tizimidagi supersegment birliklardan biri.
Aksentema - urg‘uning so‘z yoki nutq oqimidagi fonologik-aksentologik xususiyatlariga nisbatan nomlanishi.
Dimanik urgDu - zarb urg‘usi.
Kvantitativ urg„u (miqdor urg„usi)- cho‘ziqlik belgisiga ega bo‘lgan urg‘u.
Tipik ottenkali urg„u - bo‘g‘in tarkibidagi unlining asosiy ottenkasini saqlash imkonini beradigan urg‘u.
Tonik (musiqiy) urg„u - ovoz tonining o‘zgarishi, tovlanishiga asoslangan urg‘u.
Bog„langan urg„u - muayyan tilda so‘zdagi biror bo‘g‘inga doimiy bog‘langan urg‘u.
Erkin urg„u - muayyan tilda so‘zning turli bo‘g‘inlarida uchraydigan urg‘u.
Ko„chadigan urg„u - muayyan tilda so‘zning bir bo‘g‘inidan boshqa bo‘g‘iniga ko‘chib turadigan urg‘u.
Ko„chmaydigan urg„u - so‘z tarkibidagi bir bo‘g‘inga doimiy bog‘langan bo‘lib, boshqa bo‘g‘inga ko‘chmaydigan urg‘u.
Sintagma urg„usi - nutq oqimining ma’no jihatidan muhim bo‘lgan qismini (sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun qo‘llanadigan urg‘u.
Ayiruv urg„usi - gap bo‘laklaridan birini alohida ta’kidlash uchun yoki so‘zlovchining his-hayajoni, voqelikka munosabatini maxsus ifodalash maqsadida qo‘llanadigan urg‘u.
Fonostilemalar - нуткнинг таъсирчанлигини,экспрессивлигини таъминлашда ishtirok etadigan prosodik birliklar va elementlar.
Fonostilistika - fonetik-fonologik birliklarning, shu jumladan urg‘uning ham matndagi uslubiy xususiyatlariga oid ta’limot. U stilistikaning bir bo‘limi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |