Intonatsiya - og‘zaki nutqning ritmik-melodik tomoni, undagi ovoz (ton) tovlanishlari.
Nutq melodikasi - gapda ovozning ko‘tarilishi va pasayishi.
Nutq ritmi - urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlaming qo‘llanishida, ulardagi unlilarning cho‘ziq va qisqa talaffuz etilishida vazndoshlik, ohangdoshlikning mavjud bo‘lishi.
Temp - nutq oqimining sur‘ati , tezlik darajasi.
Nutq intensivligi - talaffuzning kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi.
Nutq tembri - nutq oqimida asosiy ton va qo‘shimcha tonlar nisbatidan kelib chiqadigan tovush bo‘yoqdorligi (sifat ko‘rsatkichi).
Pauza - nutq oqimidagi ayrim to‘xtalishlar.
Tugallangan intonatsiya - gapga xos intonatsiya.
Tugallanmagan intonatsiya - so‘z birikmasiga xos intonatsiya.
Darak intonatsiyasi - tinch ohang.
So„roq intonatsiyasi - ko‘tariluvchi ohang.
Undov intonatsiyasi - emotsional gaplarga xos intonatsiya.
Chaqiruv yoki undash intonatsiyasi - undalmali gaplarga, vokativ va buyruq gaplarga xos intonatsiya.
Sanash intonatsiyasi - uyushiq bo‘laklami bog‘lash vazifasini bajaruvchi intonatsiya.
Emfaza - nutqning emotsional jihatdan ifodalanish darajasining kuchayishi.
Adabiyotlar: 1(15-18),10(90-93),11 (170-173), 15(62-74), 16(78-88)
Hozirgi o„zbek adabiy tilining yozma
shakli
Til va yozuv munosabatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |