O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet98/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Bo„g„in- nutq oqimining tovushdan katta, so‘zdan kichik (ba’zan bir so‘zga teng) segment birligi.
Sillabema- bo‘g‘inning fonologik birlik sifatidagi nomi.
Sillabika- bo‘g‘in (sillabema) haqidagi ta’limot.
Bo„g„in markazi- bo‘g‘in balandligi, u bo‘g‘in tarkibidagi unliga to‘g‘ri keladi.
Berkitilgan bo„g„in- CV, CVC tipidagi bo‘g‘inlar.
Berkitilmagan bo„g„in- V,VC tipidagi bo‘g‘inlar.
Ochiq bo„gDin- V,CV tipidagi bo‘g‘inlar.
Yopiq bo„g„in- VC, CVC tipidagi bo‘g‘inlar.
To„la ochiq bo„g„in- faqat bir unlidan iborat (V tipidagi) bo‘g‘in.
To„la yopiq bo„g„in- CVC tipidagi bo‘g‘in.
Boshi yopiq bo„g„in- CV tipidagi bo‘g‘in.
Oxiri yopiq bo„g„in- VC tipidagi bo‘g‘in.
Silliq bo„gDin- faqat bir unlidan iborat (V tipidagi) bo‘g‘in.
Kuchayuvchi bo„g„in- CV tipidagi bo‘g‘in.
Pasayuvchi bo„g„in- VC tipidagi bo‘g‘in.
Kuchayuvchi-pasayuvchi bo„g„in- CVC tipidagi bo‘g‘in. Adabiyotlar:10(79-83),11(158-163),15(35-49),16 (56- 67), 23 (100-102),34(25-26].

  1. Urgu (aksentema)

1 ■ ■ 1
Urg„u so‘z tarkibidagi bo‘g‘inlardan birining boshqasiga nisbatan kuchliroq ovoz bilan aytilishi yoki gaplardagi ayrim bo‘laklarning, nutq oqimidagi ayrim frazalarning maxsus ohang bilan ta‘kidlanishidir. Urg‘u muayyan til fonetik- fonologik tizimining supersegment birligi sanaladi. Tilning qaysi sathidagi birliklarga aloqador bo‘lishiga ko‘ra urg‘uning quyidagi tiplari o‘zaro farqlanadi: 1) so‘z urg‘usi; 2) sintagma urg‘usi; 3) ayiruv (ta‘kidlov) urg‘usi.
I.S o „z u r g u s i(leksik urg„u) bevosita so‘zga aloqador bo‘lgan, so‘z tarkibidagi bo‘g‘inlardan biriga tushadigan urg‘udir. Fonetik tabiatiga, tushadigan o‘rniga va harakat qilish belgisiga ko‘ra so‘z urgDusi har xil bo‘ladi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling