Assimilatsiya- bir xil kategoriyadagi tovushlarning so‘z tarkibida o‘zaro moslashuvi.
Akkomodatsiya- turli kategoriyadagi tovushlarning so‘z tarkibida o‘zaro moslashuvi.
Nazalizatsiya- unli tovushlarning so‘z tarkibidagi burun sonantlari ta’sirida rezonator ton bilan aytilishi.
Reduksiya- urg‘usiz bo‘g‘indagi unlining kuchsizlanishi.
Spirantizatsiya- portlovchi undoshning intervokal holatda sirg‘aluvchi undoshga o‘tishi.
Proteza- so‘z boshida tovush orttirilishi.
Epenteza- so‘z o‘rtasida tovush orttirilishi.
Epiteza- so‘z oxirida tovush orttirilishi.
Prokopa - so‘z boshidagi tovushning tushib qolishi.
Sinkopa - so‘z o‘rtasidagi tovushlardan birining tushib qolishi.
Apokopa - so‘z oxirida tovush tushish hodisasi.
Sandxi - so‘zning analitik shakllarida birinchi so‘z oxiridagi tovush bilan ikkinchi so‘z boshidagi tovush o‘rtasidagi singishuv natijasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar.
Aferezis - sandxining bir ko‘rinishi.
Metateza - so‘z tarkibidagi ayrim tovushlarning o‘rin almashinuvi.
Dissimilatsiya - so‘z tarkibidagi ikkita bir xil (yoki o‘xshash) tovushlardan birining noo‘xshash tovushga ko‘chishi.
Geminatsiya - so‘z tarkibida bir xil undoshlarning qavatlanishi.
Degeminatsiya - so‘z tarkibidagi geminatsiyaning yo‘qolishi.
Sinerezis - so‘z tarkibidagi ikki unlining fonetik diftonglashuvi.
Adabiyotlar: 10 (67-77-b.), 11 (151-156-betlar), 15[74-88], 16(88-99), 33 (65-68), 34(28-31].
Bog„in (sillabema)
Do'stlaringiz bilan baham: |