O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslik
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN MAVZULAR № Mustaqil ta’lim mavzulari Dars soatlari hajmi 1-semestr 1. Til aloqalari: bilingvizm va diglossiya 2 2. Til aloqalari: interferensiya. 4 3. Ingliz tili va Hind-Yevropa oilasi. 2 4. Tilshunoslikda zamonaviy yo‘nalishlar. 4 5. Yozuv taraqqiyoti bosqichlari 4 6. Dunyodagi alfavit turlari 2 7. Aralash tillar: pijin va kreol tillari 2 8. Til - eng muhim aloqa vositasi 4 9. Turli tizimli tillarda so‘z yasalishi 4 84 10. Fikr ifodalashning verbal va noverbal vositalari 2 Jami: 30 soat Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referat tayyorlanadi va uning taqdimoti tashkil qilinadi. Talabaga mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: - darslik va o‘quv qo`llanmalarning boblari va mavzularini o‘rganish. Bunday ish natijalari seminar, kollokviumlarda hamda referatlar va individual berilgan topshiriqlar orqali tekshiriladi; - tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish. Bunda o‘qituvchi asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim bo‘ladi. Bunday ish natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida tekshiriladi; - o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Bu usul ma’ruza mashg‘ulotlari hamda seminar mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida qo‘llanishi mumkin; - fanning boblari va mavzulari ustida ishlash. Bu maxsus va ilmiy adabiyot (monografiya, maqolalar), referatlar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish chog‘ida amalga oshiriladi. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi; - tilshunoslik fanining qoidalarini mustahkamlash bo‘yicha manbalarni o‘rganish, ularni tahlil qilish. Bu ish semestr davomida bajariladi va reyting tizimida baholanadi; - fanlar bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, qo‘shimcha adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o‘rganish. Bu ish ham semestr davomida amalga oshiriladi va reyting tizimida baholanadi; - talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o‘rganish; - avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi, nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash. Bu ma’ruza mashg‘ulotlari doirasida ham, seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik doirasida ham olib boriladi; - masofaviy ta’lim yordamida talaba ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari uchun qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlanadi, shuningdek, talaba tomonidan bajarilgan individual topshiriqlarni baholash amalga oshirilishi mumkin. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling