O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/234
Sana08.10.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1695297
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   234
Bog'liq
49-IQTISODIYOT-NAZARIYASI-2009-o‘quv-qo‘llanma-SH-SH-SHODMONOV-U-VG‘AFUROV-va-b

Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)ning asosiy faoliyati esa 
ko‘proq qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar ajratishga 
qaratilgan. 
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) tarkibiga barcha 
sanoat 
jihatidan 
rivojlangan 
mamlakatlar 
kiradi. 
IHRT 
unga 
a’zo 
mamlakatlarning 
iqtisodiy 
rivojlanishidagi 
tendentsiyalarni, 
iqtisodiyot 
sohasidagi ichki hatti-harakatlarning boshqa mamlakatlar to‘lov balansiga 
ta’sirini aniqlashga qaratilgan. IHRT tomonidan ishlab chiqilgan bashorat 
ko‘rsatkichlari asosida, jahon xo‘jaligi rivojlanish tendentsiyalarini hisobga 
olgan holda, milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro moslashuviga imkon yaratuvchi 
makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB) SHveytsariyaning Bazel shahrida 
joylashgan bo‘lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanmasada, bank 
faoliyatini xalqaro tartibga solishda yetakchi rol o‘ynaydi. XHB yevropaning 
deyarli barcha mamlakatlarini, Kanada, Avstraliya, YAponiya hamda AQSH 
tijorat banklari guruhini o‘z tarkibida birlashtiradi. 70 dan ortiq Markaziy 
banklar o‘zlarining oltin-valyuta zahiralarini XHB hisobvaraqlarida saqlaydilar. 
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) SHarqiy yevropa hamda 
sobiq Ittifoq mamlakatlariga valyuta-moliya sohasida ko‘maklashishni 
muvofiqlashtirish maqsadida 1990 yilda tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati 


246 
Markaziy va SHarqiy yevropa, MDH mamlakatlarini isloh qilish jarayonlari 
bilan bog‘liq turli ko‘rinishdagi dastur va loyihalarni moliyalashtirishga, bu 
mamlakatlarning 
jahon 
xo‘jaligiga 
moslashuvini 
jadallashtirishga 
ko‘maklashishga yo‘naltirilgandir.
Bugungi kunda sanab o‘tilgan bu kabi davlatlararo tashkilotlarning xalqaro 
valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va yanada 
takomillashtirishga qaratilgan faoliyatining ahamiyati tobora oshib bormoqda. 
Shu bilan bir qatorda mazkur tuzilmalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga 
moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, bunda ko‘mak 
berilayotgan mamlakatlarning milliy manfaatlariga putur yetkazmaslik, faoliyat 
yo‘nalishi sifatida ko‘proq iqtisodiy maqsadlarning ilgari surilishi kabi jihatlarga 
e’tibor kuchaytirish zarur bo‘ladi. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling