O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


olishning maxsus huquqlari (SDR)


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/234
Sana08.10.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1695297
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   234
Bog'liq
49-IQTISODIYOT-NAZARIYASI-2009-o‘quv-qo‘llanma-SH-SH-SHODMONOV-U-VG‘AFUROV-va-b

olishning maxsus huquqlari (SDR)ni chiqara boshladi. SDR naqd pul 
ko‘rinishida bo‘lmay, faqat XVF maxsus hisobvaraqlarida kredit yozuvlari 
ko‘rinishida amal qiladi va fondga a’zo mamlakatlarning Markaziy banklari 
o‘rtasidagi hisoblashuvlarda foydalaniladi. 
1
Karimоv I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. «Хalq so‘zi».2000 yil 17 fеvral. № 37. 


245 
Evropa valyuta tizimi 1979 yilda yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga 
kiruvchi davlatlar tomonidan valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida 
tashkil etilib, bu davlatlar o‘rtasidagi to‘lov jarayonlarida amal qiluvchi yevropa 
valyuta birligi EKYU muomalaga kiritildi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi (IVI) yevropa valyuta tizimi amal qilishi 
natijasida tashkil etilib, u kuyidagilarni taqozo etadi: 
- moliya bozorlarining to‘liq integratsiyalashuvi; 
- kapitallar harakatining to‘liq erkinlashuvi; 
- barcha valyutalarning to‘liq konvertatsiyasini ta’minlash va pirovardida 
milliy valyutalarni yagona valyuta bilan almashtirish. 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) ham faoliyati 
xalqaro valyuta-moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan 
bo‘lib, u o‘zining ikkita filiali – Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda 
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga 
kiradi. 
XVFning a’zosi bo‘lgan mamlakatlar XTTBning a’zosi bo‘la oladi. XTTB 
tomonidan taqdim etiladigan qarzlarning asosiy qismi qarz oluvchi 
mamlakatlarning iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish imkonini beruvchi loyiha 
va dasturlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kreditlar 
hisoblanadi. 
Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarning 
xususiy 
sektorini 
moliyalashtirishga 
yo‘naltiriladi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling