O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mаhsus tа’lim vаzirligi xorazm viloyati kasbiy ta’limi rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi qo’shko’pir suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji


Sug’urtaning harakterli belgilari quyidagilardan iborat


Download 1.74 Mb.
bet70/114
Sana11.01.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1089351
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   114
Bog'liq
audit buxgalterya

Sug’urtaning harakterli belgilari quyidagilardan iborat:
Sug’urta riskini mavjudligi. Risk-sug’urta munosabatlari paydo bo’lishining asosiy shartidir. Risk bo’lmas ekan, sug’urtaning bo’lishi etadi.
Risk bahosini pulda ifodalanishi sug’urta stavkasini tashqil etadi.
Risk doimiy ko’rsatkich emas, balki u doimo o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar iqtisoddagi va boshqa sohadagi o’zgarishlar bilan chambarchas bog’liqdir. Sug’urta tashkiloti riskni rivojlanishini, holatini doimo kuzatish lozim, ya’ni tegishli statistik hisob olib borishi, yig’ilgan ma’lumotlarni qayta ishlashi va tahlil qilishi kerak. Sug’urta munosabatlarida quyidagi tomonlar qatnashadilar:
Sug’urtalovchi – sug’urta xizmatlarini ko’rsatishga ixtisoslashgan va tegishli litsenziyaga ega bo’lgan yuridik shaxslar. Tadbirkorlik faoliyatining muhim bo’g’ini hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra, sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovoni (sug’urta puli) to’lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug’urtalovchi deb hisoblanadi.
Sug’urtalovchilar turli mulk shakliga ega bo’lishi mumkin (davlat sug’urta tashkilotlari, aktsionerlik sug’urta tashkilotlari hamda o’zaro sug’urtalash jamiyatlari). Sug’urta faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar davlat organlarining tegishli litsenziyasiga ega bo’lishi zarur.
Sug’urtalanuvchi sug’urtalovchi bilan aniq sug’urta munosabati o’rnatgan va tegishli sug’urta mukofotlarini to’lovchi yuridik yokijismoniy shaxs.
Sug’urta vositachilari (sug’urta brokerlari)-sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasida vositachilik fazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi bo’yicha vositachi sug’urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Ko’rsatgan xizmatlari uchun vositachi sug’urtalanuvchi emas, balki sug’urta tashkilotidan tegishli vositachilik haqini oladi.1
O’zbekiston bozorida xizmat ko’rsatuvchi sug’urta kompaniyalar 1991 yilgacha, ya’ni O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini e’lon qilgo`nga kadar, mamlakatimizda sug’urta faoliyatini ushbu sohada yakayu-yagona bo’lgan davlat sug’urta organlari (Gostrax) amalga oshirgan. Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o’tkazish bilan bog’liq islohotlar natijasida davlat sug’urta organlariga raqobatda bo’la oladigan turli mulk shaklidagi sug’urta tashkilotlari vujudga kelgan.
2006 yilning 1 yanvar holatiga O’zbekistonda 25 ta sug’urta tashqiloti O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining sug’urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega bo’lgan.
Xozirga kelib O’zbekiston Respublikasida 31 ta sug’urta kompaniyalari faoliyat yuritishmoqda.
Yildan yilga respublikamizda sug’urta tashkilotlari tomonidan yigib olinadigan sug’urta muqofotlari miqdori o’sib bormoqda. Buni qo’yidagi raqamlardan ham bilib olish mumkin: 2008 – 8349.3 mln so’m; 2001-16236,8 mln so’m, 2002-21606,3 mln.so’m; 2003 – 27064,5 mln so’m, 2004 – 32875,4 mln.so’m, 2005 – 42 mlrd.so’m, 2006 – 47,2 mlrd.so’m, 2007 – 56,8 mlrd.so’m, 2008 – 68,7 mlrd.so’m tashqil etgan.
O’zbekistonda sug’urta bozorida faoliyat ko’rsatayotgan eng yirik sug’urta Tashkilotlari tarkibiga “O’zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta
kompaniyasini, “O’zagrosug’urta” davlat aktsionerlik sug’urta kompaniyasi va “UVT-inshurans” sug’urta kompaniyalarini kiritish mumkin.
O’zbekiston Respublikasining tashki iqtisodiy faoliyatida qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksporti muhim o’rin egallaydi. Buni quyidagi statistic ma’lumotlardan ko’rish mumkin.
2003 yilgi mamlakat eksport to`zilmasida qishloq xo’jalik korxonalarining asosiy mahsuloti va ayni yaog’da strategik g’om ashyo hisoblangan paxta tolasining ulushi 19,8 foizni tashkil etgan.
Chetga chiqarilgan oziq ovqat mahsulotlari jami eksport jaxmida 2,7% ni tashkil etib, uning salsoqli qismi qishloq xo’jalik mahsulotlariga to’g’ri keladi.
Tajribaning ko’rsatishicha, eksport qilinayotgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini importerga etkazishgacha bo’lgan jarayonda turli darajadagi xavf- xatarlar yo`zaga keladi. Bu xavf xatarlarning sodir bo’lishi oqibatida qishloq xo’jalik korxonalari katta miqdorda ziyon ko’rishlari mumkin. Hozirgi paytda Vatanimizda ishlab chiqilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini tijorat va siyosiy xavf-xatarlardan sug’urtalash ishlari, asosan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maqkamasining “O’zbekinvest” kompaniyasiga yuqlatilgan. Bugunda sug’urta tashkilotlarining javobgarlik hajmi transport vositalari orqali yuqlarni eksporterdan importergacha bo’lgan davrda tabiiy ofatlar, jumladan zilzila, suv toqini, yongin, o’g’irlik, yo’l-transport vositalari ro’y berishi tufayli ko’rilgan zararlardan, uchinchi shaxslarning xatti harakati natijasida keltirilishi mumkin bo’lgan zararlardan sug’urtaviy himoyalashni o’z ichiga oladi. Sug’urta ta’rif stavkalari bozorda eksportga mo’ljallangan yuqlarni sug’urtasi bo’yicha yo`zaga kelgan talab va taklifni, sug’urta tashkilotining ushbu sug’urta xizmatini ko’rsatish bilan bog’liq harajatlarni va harf xatar darajasini, yo`qlarning turi va holati inobatga olgan holda sug’urtalovchi tomonidan mutsaqil ishlab chiqiladi. Jahon tajribasidan ma’lumki ixtiyoriy tibbiy sug’o`rtaga alohida e’tibor karatilgan. Bo`nga birgina misol chet mamlakatlarda ish beruvchining yollanma ishchidan ish berishdan oldin talab qiladigan hujjati tibbiy sug’urta guvohnomasi hisoblanadi. Chunki har bir korxona tashkilotlar va fukorolar ayrim tibbiy maskanlarni mijozlari hisoblanadi. Ixtiyoriy tibbiy sug’urtani amalga oshirishda har ikki tomonni manfatlari hisobga olinishi muhimdir. Bu omil sug’urtalanuvchilarni rag’batlantiradi va ularni huquqiy asoslarini belgilaydi, u o’z navbatida ixtiyoriy tibbiy sug’urta faoliyatini rivojlanishini ta’minlaydi.
Ixtiyoriy tibbiy sug’urtani mijozlari ishlab chiqarish korxonalari, fukorolar bo’lishi mumkin.
Sug’urta tashkilotlari har bir sug’urtalanuvchi fuqarolar oldida ham huquqiy hqm moddiy javobgarlikni o’z zimmalariga oladilar.
Tibbiy sug’urta tashkilotlari barcha sug’urtalanuvchi fuqorolarga huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan etkazilgan zararni bartaraf qilish uchun qilinayotgan barcha tibbiy yordam xajaratlari summasini huquqiy va jismoniy shaxslardan talab qilib undirish huquqiga ega bo’ladilar.



Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling