O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mаhsus tа’lim vаzirligi xorazm viloyati kasbiy ta’limi rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi qo’shko’pir suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji


Download 1.74 Mb.
bet66/114
Sana11.01.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1089351
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114
Bog'liq
audit buxgalterya

Ichki axborotlar tizimi interaktiv xizmat faoliyatining turli tomonlari va uni holatini aks åttiradi. Bu turdagi ma’lumotlarga buyurtmanoma, buyurtma, shartnoma va hisobotlarning ma’lumotlari kirishi mumkin. Ichki axborotlar rahbar va mutaxassislarga aniq qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishni osonlashtirsa-da, ammo ularni axborotlarning boshqa turlaridan ajratgan holda foydalanib bo‘lmaydi.
Tashqi axborotlar tizimi yordamida tashqi muhitda vujudga kelgan hodisalar va vaziyatlar haqida ma’lumotlar olish mumkin bo‘lgan manbalarga qaratilgan.MABT ko‘pgina dasturiy vositalarda amalga oshirilgan ko‘p sonli iqtisodiy-matematik usullarga asoslangan holda marketing ma’lumot larining katta oqimlarini tezkor tadqiqot qilishga imkon beradi. Uning
natijalari axborotlarni tahlil qilish tizimiga kelib tushadi.
Marketing axborotlarini tahlil qilish tizimi natijaviy ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligini kerakli to‘liqlikda aniqlashga imkon beruvchi iqtisodiy-matematik modellarning majmuasini o‘z ichiga oladi. Bu åsa quyidagilarni hisobga olish imkoniyatini beradi:
a) asosiy omillarning axborot mahsulotlarini sotilishiga ta’sirini va
ularning ahamiyatliligini;
b) bozorning tegishli sigmentida narxlarning yoki reklama
xarajatlarining o‘sishi bilan sotish darajasining imkoniyatlarini;
d) korxona axborot mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’min-
lovchi muhim xususiyatlarini;
e) marketing strategiyasini muvofiqlashtirishni;
f) interaktiv xizmatlarning faoliyatini baholashni;
g) qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlashni;
h) MABTning samaradorligini yaxshilanishini va boshqalarni.
Marketing faoliyatining ko‘rsatkichlarini tahlil qilish bosqichida nazorat qilish, rejalashtirish va fundamental tadqiqotlarni olib borish uchun axborotlar vujudga keladi. Ular marketing muhiti obyektlarining haqiqiy va rejali holatlarini taqqoslash jarayonida aniqlanadi. Nazorat qilish axborotlar marketing faoliyati ustidan doimo kuzatishni amalga oshirish va sotishni kengaytirishning tendensiyalari, muammolari va imkoniyatlarini tezkor aniqlash maqsadida ishlab chiqiladi. U muammolarni oldindan ko‘ra bilishga, faoliyat natijalarini reja bilan mukammalroq va har taraflama taqqoslashga hamda kerakli ma’lumotlarni tezkor usulda olishga imkon beradi.

Nazorat savollari:


1. Marketingning axborot ta’minoti haqida ma`lumot bering?
2. Marketingda boshqaruv bosqichlar haqida tushuncha bering?
3. Axborot mahsulotlari va xizmatlari marketingida kompyuter texnologiyalarini qo‘llashni tushuntiring



Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling