O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mаhsus tа’lim vаzirligi xorazm viloyati kasbiy ta’limi rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi qo’shko’pir suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji


Download 1.74 Mb.
bet65/114
Sana11.01.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1089351
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114
Bog'liq
audit buxgalterya

Ma’lumotnomaviy axborot tanishtiruvchi, yordamchi xarakterga åga, marketing obyektlarining nisbatan barqaror alomatlarini aks åttiradi va firma mahsulotlarining texnik foydalanish o‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotnomalar tizimi ko‘rinishida taqdim åtiladi.
Tavsiyali axborot maxsus marketing tadqiqotlari natijasida yoki bosma nashrlar va tijorat ma’lumotlar banklarida keltirilgan ma’lumotlarning tahlili asosida shakllantiriladi. U mahsulotlarni sotishning bashoratlariga, maqsadli bozorlar, vakil vositachilar, yetkazib beruvchi firmalarning omashyosini tiklash ustuvorliklariga åga.Me’yoriy axborot, asosan, ishlab chiqarish sohasida shakllanadi va ishlab chiqarishning turli ålementlarining, me’yornomalarini hamda me’yoriy qonunchilik hujjatlarini o‘z ichiga oladi.
Signalli axborot, odatda, marketing obyektlarining rejalashtiril-ganidan chetga chiqishi tufayli paydo bo‘lishidan vujudga keladi. Chetga chiqishning sabablari belgilangandan keyin ularni bartaraf qilish maqsadida tartibga soluvchi axborotda aks åttirilgan tegishli tadbirlar bajariladi.Marketing faoliyatini axborot ta’minotining ko‘rib chiqilgan xususiyatlari shunday xulosaga kelishga imkon beradiki, mazkur axborotlarning samarali tizimlarini yaratish mutaxassis marketologlarda ijodiy yondashishni talab qiladi. Marketing axborotlarining katta hajmi åsa zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qo‘llashni asoslab beradi.


3. Axborot mahsulotlari va xizmatlari marketingida kompyuter
texnologiyalarini qo‘llash
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi, uning jahon integratsion jarayonlariga faol qo‘shilishi xorijiy sheriklar foydalanayotgan ång yangi texnologiyalarni tatbiq åtishga undamoqda.Bugungi kunda jahon bozori axborot vositalari bilan to‘ladir, chunki kompyuter texnologiyalarisiz bozorda samarali faoliyat ko‘rsatib bo‘lmaydi.Keskin raqobat sharoitida murakkab biznesda u yoki bu qadar axborotlarning juda katta oqimini sinchiklab va chuqur tahlil qilish asosida kerakli qarorlar qabul qilinadi. Masalan, yirik kompaniyaning direktorlar kengashi qandaydir loyihaga moliyaviy kiritmalarni amalga oshirishdan avval, bozor holati va kiritmaning rentabelligi darajasi haqida bashoratlar, shuningdek, åhtimol bo‘lgan xavf-xatarlar hamda ularning oqibatlari bilan bog‘liq jiddiy hisob-kitoblarni o‘tkazadi.Butun jahonda talab va taklif bo‘yicha axborotlar MB saqlanadi,chunki bozor munosabatlari bozorni baholash bo‘yicha xuddi shunday axborot ta’minoti bilan qo‘llab-quvvatlashni taqozo etadi. Bu, xususan,yo‘ldoshli aloqa, kommunikatsion tizimlar, ma’lumotlarning yirik banklaridan global axborot tizimlarini nazarda tutadi. Interaktiv xizmatning vujudga kelishi davrida marketing bo‘yicha mutaxassislar o‘zlarining bevosita asosiy iste’molchilarini har tomonlama bilganlar va tegishli axborotlarni yig‘ish uchun ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatganlar. Ammo keyinchalik bu oddiy usullar bilan kifoyalanish mumkin bo‘lmagan, chunki muhim va ång aniq ma’lumotlarni olish va marketing tadbirlarini bajarishda undan foydalanish uchun muntazam axborotlarni yig‘ish, tasniflash, tahlil qilish, baholash va tarqatishda mo‘ljallangan marketing tizimini yaratish zaruriyati vujudga kelgan.
Marketing axboroti faqat uni yig‘ish, saqlash va kerak bo‘lganda foydalanish mumkin bo‘lgandagina foydalidir. Shuning uchun,sanoatning marketing tamoyillariga qayta o‘ljallanishi, bozor munosabatlari rivojlanishi bilan axborotli boshqaruv tizimlaridan,ayniqsa, axborot sohasida keng foydalanish boshlangan.Hozirgi vaqtda bunday tizimlarning ikkita tubdan farqlanuvchi turi mavjud: zamonaviy dasturiy-texnik vositalarni qo‘llash va ulardan foydalanmaslik. Axborotlar marketing taktikasi va strategiya-sini tatbiq åtilishi nafaqat katta hajmdagi tadqiqot va hisoblash ishlari sababli, balki shakllana-yotgan axborot mahsulotlari va xizmatlarining tuzilishi, tarkibi va mazmunini rejalashtirishda bozor vaziyatlarini xuddi shunday hisobga olish maqsadida marketing tadqiqotlari jarayonida olingan dastlabki tahliliy axborotlarni talqin qilishning bir ma’noli åmasligi hamda ularni o‘zlashtirishning murakkabligi kabi qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Ushbu holat axborot ahsulotlari va xizmatlari marketingiga zamonaviy kompyuter texnologiyalarini jalb etishni talab qiladi.
Kerakli marketing axborotlarini saqlash, ishlab chiqish va talab qilingan shaklda taqdim åtishni ta’minlovchi vosita marketing axborot boshqaruv tizimi hisoblanadi .Marketing axborot boshqaruv tizimlari (MABT) — bu, avvalambor, informatikaning zamonaviy axborot kommunikatsion va dasturiy vositalari asosida faoliyat yurituvchi, interaktiv xizmatlarning marketing faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadlarida axborotlarni yig‘ish, saqlash, faollashtirish va ishlab chiqishni ta’minlovchi majmuadir. Avvalambor, Texnik ta’minlanish nuqtayi nazaridan kompyuter MABTning tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning asosida mahalliy (korxona darajasida) va sohaviy (vazirliklar va boshqalar darajasida) tarmoqlar tarkibida MABTning faoliyat yuritishi amalga oshiriladi. Bunda MABTda kompyuterdan foydalanish marketing qarorlarini qabul qilish jarayonini o‘rganish ishida yangi muammolarning vujudga kelishiga olib keladi, ya’ni: kompyuter mustaqil qarorlarni qabul qila oladimi?
Bu savolga agar qarorlar qabul qilish deganda, tanlovning har qanday harakati tushunilsa «ha» deb, agar buning ostida sabab,maqsad va ma’noni tashkil qilinishini tushunilsa «yo‘q» deb javob berish mumkin.MABTda kompyuterning vazifalari turli-tumandir: bu inson tomonidan qarorlar-ni tayyorlashda unga ma’lumotlarni åhtimol bo‘lgan variantlarini tayyorlash vositasida ishtirok åtish hamda inson tomonidan qabul qilingan qarorlarni tahlil qilish va baholash.
MABTda foydalanuvchining axborotga bo‘lgan åhtiyojlari, MBdan axborotlarni olish strategiyasi, bu axborotlarni ishlab chiqish uchun matematik modellar va natijalarni aks åttirish shakllari (ro‘yxat, matn, grafik, diagramma va h.k.) dinamik aniqlanadi.MABTni tashkil qiluvchilari ustida batafsilroq to‘xtaymiz.Axborotlar ichki, tashqi va marketing tadqiqotlari natijalarining tizimidan iborat bo‘ladi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling