O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mаhsus tа’lim vаzirligi xorazm viloyati kasbiy ta’limi rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi qo’shko’pir suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji


Download 1.74 Mb.
bet64/114
Sana11.01.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1089351
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   114
Bog'liq
audit buxgalterya

2. Marketingda boshqaruvbosqichlari.
Marketingning axborotli ta’minlanishi tizimiga suyanadi. Qoidaga ko‘ra,rivojlangan MAT quyidagi tizimlarni o‘z ichiga oladi: ichki axborotlar,tashqi axborotlar va marketing tadqiqotlarining axborotlari. Amalda bu tizimchalar mustaqil axborot tizimlari sifatida ko‘rib chiqiladi.Ichki axborot tizimi korxonada buxgalteriya va statistik hisobot,tezkor va joriy ishlab chiqarish hamda ilmiy-texnik axborot shaklida vujudga kelgan ma’lumotlarning majmuasini o‘z ichigaoladi.
Tashqi axborot tizimi korxona, bozor va uning infratuzilmasining holati, xaridorlar va yetkazib beruvchilarning holati, raqobatdoshlarning harakatlari, bozor mexanizmlarini davlat tomonidan tartibga solish tadbirlari va boshqalar haqidagi ma’lumotlarni birlashtiradi. Bu ma’lumotlar bosib chiqariladigan davriy va maxsus nashrlarda, statistic to‘plamlarda, tijorat tadqiqot tashkilotlarning bozor holati tahliliy ma’lumotlarida jamlangan. Ular yana marketing bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ko‘rgazmalar va anjumanlarga borish, muzokaralar va ishga doir uchrashuvlaro‘tkazish asosida yig‘iladi.
Marketing tadqiqotlari axborotlar tizimi, marketing faoliyatining aniq yo‘nalishini tadqiqot qilish natijasida olingan axborotlarga asoslanadi.Ularga odatda, tadqiqotlarning bozor va uning raqiblar tomonidan o‘zlashtirilganligi parametrlarining tahlili, sheriklarning ishga doir faolligi, narx-navo siyosati va mahsulotlarni harakatlantirish usullari,yangi mahsulotlarga nisbatan reaktsiyasi, tendensiyalarini o‘rganish hamda mahsulotlarni sotilish hajmlarini qisqa va uzoq muddatli bashoratlash kabi turlari kiradi. Marketing tadqiqotlari korxona,firmaning shaxsiy ixtisoslashtirilgan xizmati tomonidan yoki marketing tadqiqotlari sohasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan tegishli tijorat tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladi.Shunday qilib, marketing tadqiqotlarining maqsadi korxona rahbariyati tomonidan asoslangan qarorlar qabul qilish uchun kerakli bo‘lgan marketing faoliyatining muammolari bo‘yicha aniq va ishonchli ma’lumotlarni olishdir. Bunday ma’lumotlar «idoraviy» va «bevosita» tadqiqotlarni o‘tkazish yo‘li bilan yig‘iladi.
Tadqiqotlarning birinchi turi maxsus nashrlar, ma’lumotnomalar,statistik to‘plamlar va ikkilamchi ma’lumotlar deb nomlangan boshqa manbalardan olingan tahlil asosida o‘tkaziladi.Tadqiqotlarning ikkinchi turi bevosita ularni yig‘ish joylarida belgilangan
muddatlarda shakllanadigan birlamchi ma’lumotlarga asoslanadi. Ular maxsus tadqiqotlar, so‘rovlar, testlar o‘tkazish jarayonida olinadi. Bunda sinovli sotishlar, kuzatishlar, åkspertizalar va bozor vaziyatlarining «o‘zgarishi» bo‘yicha maxsus tajribalardan keng foydalanila-di. «Bevosita»tadqiqotlar iste’molchilarning bozordagi mavqeini baholashga,rag‘batlantirish va reklamaning samaradorligini aniqlashga, mahsulotning 8 — R. Fayziyev iste’mol parametrlariga munosabatini tadqiq qilishga, yetkazib beruvchilar va vositachilarning maqsadlarini aniqlashga imkon beradi.Ichki, tashqi va tadqiqotli marketing axborotlar vujudga kelishining davriyligi, belgilanishi, ishlab chiqishga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra turli xarakterga åga bo‘ladi.
Marketing axborotlari vujudga kelishining davriyligi va barqarorligi bo‘yicha doimiy, o‘zgaruvchan va åpizodlilikka bo‘linadi. Doimiy axborot marketing muhitining uzoq vaqt o‘zgarmaydigan miqdorlarini aks åttiradi. O‘zgaruvchan axborot marketing obyektlari faoliyat yuritishining haqiqiy miqdor va sifatini ifodalaydi. Åpizodli axborotlar zarur bo‘lgan taqdirda shakllanadi, masalan, sotilayotgan mahsulot narxini åhtimol bo‘lgan o‘zgarishini baholash uchun yangi raqib haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish kerak bo‘lgan vaqtida.Belgilanishi bo‘yicha marketing axborotlari quyidagilarga bo‘linadi:ma’lumotnomaviy, tavsiyaviy, me’yoriy, signalli va tartibga soluvchi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling