O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mаhsus tа’lim vаzirligi xorazm viloyati kasbiy ta’limi rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi qo’shko’pir suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji


Download 1.74 Mb.
bet8/114
Sana11.01.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1089351
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114
Bog'liq
audit buxgalterya

Q o ' shimcha q urilmalar
Qo ' shimcha qurilmalar quyidagi uskunalardan iborat:
Printer,skaner,modem, grafik quruvchi va boshqalar.
P rinter Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, programma va ma'lumotlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko'rinishda bosmaga chiqarish mumkin.
Modem  Modem modulyasiya, demodulyasiya so'zlaridan olingan bo'lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyasiya) va raqamli ma'lumotlarni uzluksiz (demodulyasiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. K ompyuter telefon tarmog'i orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganda, telefon tarmog'idan olingan signalni qabul qila oluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma lozim bo'ladi. Modemning vazifasi kompyuterdan k elgan signalni t elefon tarmog'i ish chastotasi diapozoniga mos chastotadagi elektr signaliga aylantirishdan iborat. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o'rnatishdir. U o'zining kommunikatsion programmalariga ega bo'lib, bu programmalar yordamida uzoq masofalarga ma'lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo'lishi mumkin.
S kaner - matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Uning asosiy xarakteristikasi ma'lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo'lgan rangda (xususan qora rangli) ko'rinishda chiqarish qobiliyatidir.
Tashqi xotiralar
Disketa Ma'lumotlarni, programmalarni doimiy saqlash, ayirboshlash maqsadida disketalar ishlatiladi. Unga FDD (Floppy Disk Driver - egiluvchan disk qurilmasi) yordamida ma'lumotlar va programmalar yoziladi va undan o'qiladi. Hozirda HD (High Density-yuqori zichlik) rusumidagilar asosan hajmi 1,44 yoki o'ta yuqori 2,88 Mbaytga teng bo'lganlari keng ishlatilmoqda.
Lazerli (kompakt) disk CD ROM (Compact Disk Read Only Memory - faqat o'qish uchun lazerli disk),keyingi paytda bu qurilma juda muhim rol o'ynamoqda. Uning asosiy sababi unga 650 Mbayt (700 Mbayt) hajmdagi ma'lumotni sig'ishi bo'lsa, ikkinchi tomondan uni ishlatishda qulayligi bilan alohida e'tiborga loyiq.Uning CD ROM va CD Writer(yozuvchi) ko'rinishdagilari mavjud bo'lib, birinchisi faqat o'qish uchun mo'ljallangan bo'lsa, ikkinchisi ma'lumot va programmalarni yozish uchun keng qo'llanilmoqda. CD ROM ning muhim ko'rsatkichlaridan biri uning ma'lumot ayirboshlash tezligidir.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling