O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mаhsus tа’lim vаzirligi xorazm viloyati kasbiy ta’limi rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi qo’shko’pir suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji


Soliq hisobotini jo’natishda axborotni kriptografik muxofaza qilish vositasi va elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalari


Download 1.74 Mb.
bet82/114
Sana11.01.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1089351
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   114
Bog'liq
audit buxgalterya

3. Soliq hisobotini jo’natishda axborotni kriptografik muxofaza qilish vositasi va elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalari .


1.Soliqlarni o’ziga xos belgilari
Soliqlar majburiy to’lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar (ququqiy va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko’rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda qam pul to’lovlari mavjud. Lekin ular soliq bo’la olmaydi. Soliq munosabati bo’lish uchun davlat mamalakatda yaratilgan ijtimoiy maqsulot (to’g’rirog’i, ichki milliy maqsulot) qiymatini taqsimlash yo’i bilan majburan davlat byudjetiga mablag’ to’plash jarayonini amalga oshiradi. Soliqlarni o’ziga xos belgilari mavjud bo’lib, ularga majburiylik, xazinaga tushishlik, kat’iylik va doimiylik, aniq soliq to’lovchi uchun ekvivalentsizlik belgilari mavjud. Majburiylik. Soliq va yig’imlar majburiy bo’lib, bunda davlat soliq to’lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo’yadi. Majburiylik ququqiy tomondan davlat uchun kafolatlangan. Soliqlarni davlat mulkiga aylanishi. Soliqlar albatta xazinaga – davlat byudjetiga va boshqa davlat pul fonlariga tushadi. Agar to’lov boshqa ixtiyoriy fondlar – “Umid”, “Ekosan”, “Kamolot”, “Nuroniy” jamg’armalariga tushsa, u 200 qolda soliq munosabati bo’lmaydi. Chunki majburiylik tamoyili yo’q, u to’lov davlat mulkiga tushmaydi. Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy qarakata bo’ladi. Ilmiy asosi qancha chuqur bo’lsa, soliqlar shuncha qat’iy va uzoq yillar o’zgarmasdan qarakat qiladi yoki juda kam o’zgaradi. To’langan soliqlar mamlakat miqyosida qammaga bir xil miqdorda qatib keladi. Lekin, davlatga to’langan soliq summasi to’lovchining shaxsan o’ziga to’liq qaytib kelmaydi, ya’ni u ekvivalensiz pul to’lovidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qamma soliq to’lovchilarning to’lagan soliq va yig’imlari davlatning ularga ko’rsatgan xilma-xil xizmatlariga (mudofaa, xavfsizlikni ta’minlash, tartibintizomni o’rnatish va boshqa ijtimoiy-zaruriy xizmalar) orqali o’zlariga qaytib keladi. Avvalo soliqlar tizimi va soliqqa tortish tizimining farqin6i aytib o’tmoq zarur. Soliqlar tizimi moqiyati jiqatdan bir xil, o’zaro bog’liq bo’lgan va markazlashgan pul fondiga qamda boshqa davlat fondlariga tushadigan soliq turlarining yig’indisidir. Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undirilgan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari yig’indisiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi. Demak, bu yerda tizim iqtisodiy kategoriyani o’rganishni o’z ichiga oladi. U asosan soliq undirishni tashkil qilish masalalarini o’rgatadi. Bu tizimning roli va strukturasi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi bilan aniqlanadi. O’zbekistonning soliqqa tortish tizimi o’z mazmuniga ko’ra soliq elementlari, ularni tashqil qilish tamoyillari va usullarini o’rgatadi. Soliq elementlariga soliq sub’ekti, ob’ekti, manbai, stavkasi, soliq birligi, soliq og’irligi kabi tushunchalar kiradi. Soliq sub’ekti – soliq munosabatlarida qatnashuvchi soliq to’lovchilardir. Ular ququqiy va jismoniy shaxslarga bo’linadi. Soliq munosabatlarida soliq undiruvchi (soliqchi) qam katnashadi. Soliqni davlat undiradi. Soliq ob’ekti – soliq solinadigan daromad, xarajat, oborot yoki mulkdir. Uning foyda, ish qaqi, qo’shilgan qiymat, yer, imorat, jami xarajat kabi turlari mavjud. Ob’ekt doimo sub’ekt bilan bog’liq, sub’ektniki bo’ladi. Sub’ektsiz ob’ekt bo’lmaydi. Soliq manbai – bu sub’ektning daromadidir. Ba’zi soliqlarda daromad va foyda qam soliq ob’ekti, qam manbai bo’ladi. Lekin boshqa soliqlarda ob’ektlar qar xil, manba esa – daromad bo’ladi. Qar qanday soliq oqibat natijada daromaddan olinadi. Bu to’g’ri soliqlarga taaluqlidir. Soliqqa tortish birligi – bu yerda ob’ektning o’lchov birligi. Bu daromad solig’ida so’m, yer solig’ida kv.metr, suv solig’ida kub metr va boshqalar. Soliq stavkasi – ob’ektning qar birligi uchun davlat tomonidan belgilab 201 qo’yilgan me’yoridir, ya’ni davlatning ob’ektdagi ulushi, qissasidir. Soliq og’irlig’i – to’lovchining qamma soliqlar va yig’imlar yig’indisini byudjetga to’lashidir. Soliq og’irligi foydaga yoki jami daromadga nisbatan olinadi. Soliq stavkalarining turlari. O’zbekiston soliq qonunchiligi bo’yicha soliqlarning proporsional, progressiv va nolli stavkalariga amal qilinmoqda. Soliqlarning umumdavlat (respublika) va maqalliy soliqlarga bo’linishi ququmat idoralarining respublika qukumati va maqalliy ququmatlarga bo’linishi asosida kelib chiqadi. Ayni paytda bizda xam soliq to’lovlarini elektron tarzda topshirish amaliyoti ommalashib bormoqda. Soliq ma’muriyatchiligining samaradorligini yuksaltirishda soliq muassasalarini zamonaviy axborat vositalari bilan jihozlashgan alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa soliqqa oid axborotlarni yig’ish va qayta ishlashda tezkorlik va samaradorlikni oshirish imkonini beryapdi. Shuningdek, axborot texnologiyalaridan keng foydalanish biznes uchun ham, davlat uchun ham chiqimlarni kamaytirib, soliq jarayoning yanada oshkora bo’lishini ta’minlamoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi soliq orginlari ma’lumotlarni ishlash yagona kompyuter tizimini yaratish to’g’risida”gi qarori bilan soliq xizmati orginlarini kompyuterlashtirish vazifasi belgilangan bo’lsa, 1995 yil 14 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi soliq organlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarning ijtimoiy himoyalanishini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan Davlat soliq ko’mitasi tasarufida “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” tashqil etildi. Markazning asosiy vazifalaridan biri bu soliq xizmati organlari uchun dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va ma’lumotlarga ishlov beradigan yagona kompyuter tizimini yaratishdan iboratdir. Ayni paytda mazkur markaz tomonidan BMT rivojlanish Dasturi moliyaviy ko’magi asosida “Soliq to’lovchilarning soliq hisob-kitoblarini qabul qilish va qayta ishlash hamda davlat soliq xizmati muassalarida statistika hisobotlarini shakllantirish” majmuaviy dasturi hayyotga tatbiq etilmoqda. Dasturning pilot loyihasi 2006 yilning ikkinchi chorag’idan yo’lga qo’yildi. Bugungi kunda Toshkent shahridagi qariyb 16000 dan ortiq yuridik shaxs mazkur loyihaning foydalanuvchilari hisoblanadi. Ya’ni, ular mamlakatimizda birinchilardan bo’lib soliq ma’lumotlarini ish joylarining o’zidan elektron tarzda topshirmoqdalar. Bu esa soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishni soddalashtirish hamda ushbu jarayonga sub’ektiv omillarning ta’sirini kamaytirish imkonini bermoqda. Mamlakatimizda asosiy e’tibor bozor islohotlarini chukurlantirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk xuquqini himoya qilishni mustahkamlash, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko’rsatish sohasi ko’lamini kengaytirish 202 va sifat darajasini yaxshilashga qaratilgan. Bugungi kunda respublika Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini boshqarish ishlarini muvofiqlashtirishda soliq ob’ektlari va soliq to’lovchi sub’ektlarni to’liq ro’yxatga olish, barcha turdagi soliqlar va yig’imlar hisob-kitobining haqqoniy ma’lumotlar asosida yuritilishini ta’minlash, soliq to’lovi jarayonlarini soddalashtirish soliq qonunchiligi buzulishining oldini olish, soliq va tushumlarning yig’uvchanligini oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va ularni boshqarishni to’g’ri tashkil etish, shu asosda soliq yukini aniqlashning ilmiy asoslangan va har tomonlama samarali bo’lgan usullarini ishlab chiqish hamda davlat soliq idoralari tomonidan o’rnatilgan nazorat ishlarini imkon qadar mukammallashtirishni talab qiladi. Soliq xizmati organlarida keyingi o’n yillik davrda soliq to’lovchi jismoniy va yurik shaxslarni soliq idoralarida ro’yxatga olish, hisobini yuritish va ma’lumotlarga avtomat ishlov beradigan yagona axborot – hisobga olish tizimi yaratildi. Soliq idoralarida har bir soliq to’lovchi uchun elektron hisob varaqalari ochilgan va unda soliq to’lovchilar to’g’risida ma’lumotlar jamlanib, ular asosida ma’lumotlar bazasi tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi “Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 sentyabrdagi “Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida”gi qarorlarining qabul qilinishi davlat soliq xizmati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va uni yanada takomillashtirish uchun juda katta yo’l ochib berdi. Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat soliq ko’mitasi rahbariyati tomonidan birinchi navbatda soliq to’lovchi su’bektlar uchun qulay shartsharoitlar yaratish, jumladan, moliya va soliq hisobotlarini elektron raqamli imzodan foydalangan holda internet tarmog’i orqali uzatish va o’zlari haqida kerakli ma’lumotlarni olish kabi bir qator amaliy ishlar bajariladi.



Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling