O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Inson genomidagi ba’zi SULT fermentlari va ular


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   127
Inson genomidagi ba’zi SULT fermentlari va ular
uchun afzal bo‘lgan substratlar 
Izoforma 
To‘qima 
Substratlar (misollar) 
SULT 1A1 Asosan jigar Toksikologiya va dorivositalari metobolozmida juda 
muhim. Faol va cho‘ziluvchan bo‘lib katta hajmdagi 
gidrofobik ksenobiotiklarni sig‘dirish uchun cho‘zila 
oladi. Ba’zi ksenobiotiklar metobollashuvida (masalan
qalqonsimon gormonlar)


71 
SULT 1A3 Asosan jigar SULT 1A1 ketma-ketligiga o‘xshab ketadi, biroq bir 
necha ksenobiotiklarni metobollashtiradi. Dofamin 
endobiotik 
neyrouzatuvchi) 
asosiy 
substrat 
hisoblanadi. 
SULT 1B1 Platsenta, 
bachadon, 
prostata 
Asosan endobiotiklar (masalan jinsiy gidroksi-
steroidlar) 
UGT 1A7 
Oshqozon-
ichak yo‘li 
Asosan endobiotiklar (masalan steroidlar, bilirubin) 
UGT2B4 
Jigar+ 
Oshqozon-
ichak yo‘li 
Ksenibiotiklar + endobiotiklar
UGT2B17 
Jigar+ 
Oshqozon-
ichak yo‘li 
Ksenibiotiklar + endobiotiklar 
 
Boshqa konyugativ yo‘llar. Garchan glukuronidlashuv va sulfatlashuv 
konjugativ ksenobiotik meta-bolizmning eng keng tarqalgan yo‘llari bo‘lsada, 
glitsin, glutamin amino kislotalar, atsetil, metil moddalari ishtirokidagi konjugativ 
yo‘llari ham mavjud. Ular ba’zi kimyoviy moddalar toksik holatida ahamiyatga 
ega, bunday reaktsiyalar ksenobiotik metabolizmda glukuronidlashuv va 
sulfatlashuv kabi keng ko‘lamli ahamiyatga ega emas.
Nukleofillik reaktsiyalar. Josef nomi bilan bog‘liq tizim ostidagi so‘nggi 
biotransformatsiya guruhi nukleofillik reaktsiyalari hisoblanadi (3.6-d rasm). Bu 
guruh toksikologiya sohasi-da muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ba’zi kimyovoy 
moddalarning oksidlashgan metabollashuv jarayonida jigarni kimyoviy toksik 
moddalardan himoya qiladi. 
Ushbu turdagi zararli metabolitlar ko‘p hollarda beqaror, elektron-tanqis 
turlardir, ular boshqa molekulalar bilan reaksiyaga kirishishda kimyoviy 
muvozanatga erishishda muqim emas va bu hujayralarga zarar yetish holati bo‘lib, 
bunda oqsillardagi muayyan minokislotalar DNK asosidagi azot bilan birgalikda 
elektronga boy bo‘lgan muhitni yaratib elektofillar bilan reaktsiyaga kirishadi. Bu 
turdagi o‘zaro ta’sir metabolit va makromolekulalar orasida yangi kovalent 


72 
bog‘liqlikni, oqsillar shakllanishini va DNK ishtirokini keltirib chiqaradi. Bu 
jarayon kimyoviy zaharlanishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Glutatyon-S-Transferaz. To‘qimalar butkul elektrofillik metabolitlarga 
bog‘liq emas, hujayra ichida-gi kichik elektron-zich molekulalar bu turlar oqsil 
yoki DNK ga zarar yetkazgunga qadar ularni yutib yuborib zararlanishni oldini 
oladi. Eng muhim nukleofillik ta’qib reaktsiyalari glutatyon va o‘z ichiga 
(glutamat, tsistin va glisin) ni olgan kichik peptiddan iborat. Kuchli nukleofillik 
tiyol guruhiga ega glutatyon bir qator elektrofillar, shuningdek, erkin radikallar 
(3.6-d rasm) bilan tez reaksiyaga kirishadi. Tiyol guruhi yengillik bilan disulfid 
aloqalarni shakllantira oladi.
(-S-S), glutomitiddisufidning shakllanishi (GSSG) ko‘pgina prooksidantlar, 
elektrofillar va kislorodning faol shakllarida hujayraga bo‘lgan ta’sirni namoyon 
etadi. Normal fiziologik sharoitlarda, glutatyon reduktaza (GR) glutatyonni saqlab 
qoladi (ya'ni, GSH, - umumiy glutatyon 98%). Qolgan - 2% aralash oqsil disulfid-
lar sifatida mavjud bo‘lib qoladi.Glutatyon-S-transferazlarning (GST) ko‘p 
miqdori tsitolizda bo‘ladi, ba’zi izoshakllar (izoformalar) post-translasyon o‘zga-
rtirishlarga hayrihoh bo‘lib, hujayra osti taqsimlanishni o‘zgartiradi. Glutatyon-S-
transferazlarning tsitoliz izoformalari yadroda yoki plazma membranasida 
jipslashgan bo‘lib, "ehoproteinlar» deb ham ataladi.
Ba’zi izoshakllar (GSTA4-4) endogen-elektrofillarga ta’sir etib diabet, 
yurak-qon tomiri kasalliklari va asab kasalliklari, shu jumladan, Alzgeymer va 
Parkinson kasalliklarida asosiy omil hisoblanadi. Boshqa izoshakllar esa (GST P1-
1 va T1-1) o‘simta hujayralarida faollashadi va kimyoviy muolajaning sitotoksik
dori vositalariga vositachilik qilib, kimyoviy muolajaning sitotoksik dori vositalari 
dezintoksikatsion jarayonini jadallashtiradi. Ko‘p epitelial hujayralar va ayniqsa,
buyrak to‘qimalarning plazma membranasi turli fermentlarni ifoda etadi, bu 
fermentlar tripeptid amino kislotalar komponentlarini qayta ishlaydi. 
Epoksid gidrolaz. Toksikologiya sohasi uchun juda muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan yana bir nukleofillik reaksiya o‘z ichiga fermentativ gidratasyon epoksidni 
oladi. Bu elektrofil guruhi bo‘lib, ksenobiotiklarning oksidlanishi mobaynida hosil 


73 
bo‘lishi mumkin. Bu guruhlar halqasimon yoki to‘yinmagan guruhlar ham deb 
ataladi. Bu dezintoksikatsion reaktsiyalar katalizatorlari, epoksidgidrolazları (Eh), 
samarali ravishda uglerod-kislorod aloqani taqsimlaydi va H
2
O dan o‘zining 
substrati sifatida foydalanadi (3.6-d rasm). Epoksid Gidrolazning ikki shakli 
(formasi) sut emizuvchilar hujayralarida bo‘lib, endogen substratlari almashinu-
vidagi sitozolik eruvchanlikni ifodalaydi. Mikrosomal shakl esa EPHX1geni 
tomonidan kodlanadi.
Zamonaviy toksikologiya sohasida CYP-katalizli Epoksidasyon kimyo vinil 
xlorid, 1, 3-butadien va polisiklik aromatik uglevodorodlardan iborat kantserogen-
lar ishtirokidagi epoksid metabolitlarni shakllantirishdagi ahamiyati tufayli katta 
e’tiborni jalb etadi. Epoksid Gidrolaz fermentlari genomni tamaki chekuvchilar va 
kimyoviy sanoat ishlab chiqarish joylarida faoliyat yurutuvchilarda saraton 
kasalligini keltirib chiqaruvchi elektrofillardan himoya qiladi. Biroq epoksid 
gidrolazning barcha metabolitlari kimyoviy reaktsiyaga kirishish hususiyatiga ega 
emas, masalan, turli epoksid yog‘ kislotalari. Arahid kislotalari va boshqa 
lipidlarni oksidalanishiga sabab bo‘ladi. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling