O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
 
 
 
 



Kirish 
 
Toksikologiya to‘liq shakllangan va mustaqil fan hisoblanadi. Uning 
tashkil topishi, rivojlanishi va ahamiyatining ortishiga, bir tomondan, kimyoviy 
fanlar va kimyo sanoatining turli tarmoqlarining muvaffaqiyatli rivojlanishi, 
boshqa tomondan, sanoat zaharlari bilan bog‘liq atrof-muhit ifloslanishini yomon 
nazorat qilish va kasb kasalliklari sonining ortishi sabab bo‘lmoqda.
Kimyogar va farmakolog olimlarning samarali mehnatlari tufayli toksi-
kologiya katta nazariy fundament va keng tarmoqlarda amaliy qo‘llanilishiga
imkoniyat yaratilmoqda. Muhandislik va ekologiya yo‘nalishlarida yangi 
mutaxassisliklarning paydo bo‘lishi sanoat toksikologiyasining zamonaviy 
holatini aks ettiruvchi ilmiy adabiyotlar bazasini yaratishni talab etadi. 
Taxminan besh-olti o‘n yilliklar ilgari tug‘uruq jarayonida normal holat 
hisoblanadigan havf-hatar Germaniya, Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya 
davlatlari onalarini larzaga soldi. 1950-yil oxirilarida boshlanib bir necha yil 
davom etgan mudhish epidemiya natijasida ota-onalar ularning farzandlari jiddiy 
oyoq-qo‘l nuqsonlari bilan dunyoga kelayotganidan aqldan ozayozdilar. Buning 
sababi tinchlantiruvchi dori vositasi “talidomid” ekanligi aniqlangunga qadar 
chamasi 10000 go‘dak bundan aziyat chekdi. Go‘daklar bachadondaligi davrida 
dori vositasi oqibatida zaharlanib bir umr nogironlikga mahkum bo‘ldilar. 
Talidomid ofati olimlar, nazoratchilar va shifokorlarni ogohlikka chaqirib, 
havfsizlik va kutilmagan zararli ta’sirlarni oldini olishda yangi dori vositalarini 
to‘laqonli sinovdan o‘tkazish kerakligini anglatdi. Bunday keng ko‘lamdagi ofat 
ta’siri ostida butun bir boshli zamonaviy toksikologiya sohasi yuzaga keldi. Tez 
orada ishlab-chiqarishdagi kimyoviy moddalar va dori vositalari zararli ta’siri 
bo‘yiсha izlanish ishlari olib boruvchi yangi ilmiy jamiyatlar tashkil topdi. O‘z 
ilmiy-izlanishlari bo‘yiсha ishlarini nashr etish hohishida bo‘lgan toksikologlar 
uchun yangi jurnallar paydo bo‘ldi. Butun dunyo bo‘ylab toksikologiya sohasi 
dasturi ta’limini taklif etuvchi innovatsion ilmiy muassasalar va shuningdek 
universitet bo‘limlari barpo etildi. 



Jadal ravishda ilgari borayotgan bugungi kun ilmiy-izlanish va tadqiqot 
sohasi uchun 50 yil uzoq muddat, biroq so‘nggi yillardagi hodisalar toksikologik 
ekspertiza ishlariga bo‘lgan talab jamiyatda avvalgidek katta ekanligidan dalolat 
beradi. Ko‘plab jiddiy ahamiyatga molik zaharlanish bilan bog‘liq bo‘lgan 
hodisalar yangi mingyillikning birinchi o‘n yilligida jahon jamiyatini larzaga soldi.
Bu baxtsiz hodisalar o‘z ichiga kardiotoksik tashvishga sabab bo‘lgan 
“Vioxx artrit” dori vositasining ziyoni; go‘daklar o‘limiga sabab bo‘lgan melamin 
(melamin oqsil moddasi deb yolg‘on tarzda qo‘shilgan); bolalar o‘yinchoqlarining 
tarkibida qo‘rg‘oshin bo‘lgan bo‘yoqlar yoki 1,4-butandiol bilan ifloslanishi; 
qovurilgan kartoshkadagi ko‘p miqdordahi akrilamid; qo‘rg‘oshin va margu-
mush (mishyak) tufayli yuzaga kelgan Bangladesh va Nigeriyadagi bir qator 
zaharlanish hodisalari kabilar shular jumlasidandir. AQSh da hamon davom 
etayotgan Deepvater Horizondagi neft to‘kilishini atrof muhit va kishilarga bo‘lgan 
ta’siri bo‘yiсha tortishuvlar, shuningdek, katta miqdordagi pastifikator Bisfenol A 
va gerbisit artazin kabi sun’iy moddalarning surunkali tarzda davom etayotgan 
ta’siri, toksikologik muammolar hamon jamiyatni havotirga solayotganidan dalolat 
beradi. Ijtimoiy tarmoqlar bilan shakllangan bugungi kunda kimyoviy moddalar 
tufayli yuzaga kelayotgan kasalliklarni chuqur o’rganish dolzarb masalalardan biri 
bo‘lib qolmoqda. 
Bu kitob zamonaviy toksikologiya sohasi asosiga umumiy tarzda nazar 
solish imkonini beradi. Asosiy maqsad kimyoviy moddalar tufayli yuzaga keluv-
chi kasalliklar zamirida yotgan mexanizmlar hususida umumiy tushuncha berib 
o‘tish. Bunda so‘nggi yillarda hujayra va tana a’zolariga kimyoviy moddalar 
tufayli yetkazilgan ziyonni ifoda etishga urg‘u berilgan. Asosiy e’tibor toksiko-
logiya sohasidagi “birlamchi g‘oya” hisoblangan biofaollashuvga qaratilgan bo‘lib, 
ko‘pgina unchalik zararli hisoblanmagan kimyoviy moddalar organizmda zararli 
metabolitlarga aylanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu jarayon kimyoviy moddalar tufayli 
kelib chiquvchi kasalliklar belgilarini keng ko‘lamda tushuntirib beradi deb umid 
qilamiz. Chunki butun bir bakalavrlik va magistrlik bosqichlari dasturi biologik 
kimyo, biokimyo va hujayra biologiyasini qamrab olsada, biofaollikga bog‘liq 



toksiklik holati tushunchasi uchramaydi, shu ma’noda ushbu mavzu quyidagi
kitobning asosini tashkil etadi. 
Bizning sayohat zamonaviy toksikologiya sohasining yuzaga kelish tarixi 
bilan boshlanadi (1-bob), kimyoviy mihit ta’siri bilan bog‘liq ba’zi kasalliklar 
hususida umumiy tushuncha (2-bob). Organizmda kimyiviy moddalar haraka-tini 
nazorat etuvchi turli toksikokinetik jarayonlar 3-bobda ko’zdan kechiriladi.
4-bobda kimyoviy biofaollik hususida umumiy tushuncha berilgan bo’lib, 5-bob 
sut emizuvchilar tizimida ro’y beruvchi tashqi muhitdan kirib keluvchi kimyoviy 
moddalar ta’siriga qarshi turli adaptiv reaktsiyalarni qamrab olgan. Keyingi
bo’limlarda saraton, tug‘ma nuqsonlar, organlar zararlanishi kabi toksik holatlarda 
biofaollashuvning ahamiyati borasida so‘z yuritiladi (boblar 6,7 va 8). So‘ngra qay 
tarzda toksikologik paradigmalar insonlardagi asosiy kasalliklar hususidagi tibbiy 
tushunchalarni boyitishini ko‘rsatib berish maqsadida kitob ikki katta “Kimyoviy 
aralashma” ya’ni alkogol ichimliklar (9-bob) va tamaki tutuni (10-bob), iste’mol-
chilar guruhi duch keluvchi asosiy mexanik asoslar bo‘yiсha olib borilgan tadqiqot 
ishlari bilan nihoyaga yetadi.
Bu kitob zamonaviy toksikologiya sohasining rivojlanish davrida boshdan 
kechirgan ba’zi hayajonli hodisalarni yoritib berishga harakat qiladi. Kitobxonlar 
bugungi kunda minglab tadqiqotchilarning sayi harakatlari tufayli talidomid kabi 
ko‘plab zaharlanish ofatlatining qaytarilish holatlarini oldi olinganligi va 
yutuqlarga erishilganligi uchun bildirilgan minnatdorchilikga sherik bo‘ladilar. 
Bizning ilmiy izlanishlarimiz qay bir ma’noda endigina ilmiy izlanish sohasiga 
qadam bosayotgan yosh olimlar uchun toksikologiya sohasida izlanish ishlari olib 
borishlari uchun turtki bo‘lgan bo‘lsa, bu loyiha samarali bo‘ldi deb hisoblaymiz. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling