O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
 
 
 
 
 
 



1-BOB
ZAMONAVIY TOKSIKOLOGIYANING PAYDO BO‘LISHI 
 
Bir qator qadimiy jamiyatlar zaharli moddalardan ongli ravishda xabardor 
bo‘lganliklarini namoyish etdilar: ularning ibtidoiy “toksikologiya bilan bog‘liq 
bo‘lgan jamoalari”, ya’ni mahoratli shifokorlar ehtimol zaharli o‘simliklar va 
metallardan davolash maqsadida foydalangan, shuningdek, siyosiy yetakchilarga 
istalmagan raqiblarni bartaraf etishda o‘z xizmatlarini taklif etgan. Oxir-oqibatda
zamonaviy kimyoning yuzaga kelishi bilan kimyoviy moddalarning iqtisodiy va 
ilmiy salohiyati o‘z yechimini topa bordi, shuningdek, uzoq vaqt mobaynida 
to‘plangan ularning zararli ta’siri hususidagi dalillar oshkor bo‘la boshladi. 
Toksikologiya sohasida Paraselsus, Pott va Rehn kabi zehnli shifokorlarning 
kasbiy kasalliklarga tegishli bo‘lgan salmoqli tushuntirish ishlari katta ahamiyat 
kasb etdi.
Ko‘p fursat o‘tmay, Fontana, Orfila va Christison kabi ilk yetakchi 
shifokorlar toksikologiya sohasida kimyoviy zaharli moddalarni hayvonlarda 
tajriba o‘tkazish o‘rqali poydevor yaratdilar. Hali hech qanday voqea ilk 1960- 
yillarning talidomid ofatidan o‘laroq toksikologiya sohasini rivojlantirishda muhim 
ahamiyat kasb etmagan edi. Izchil faoliyat butun dunyo bo‘ylab tashkil etilgan 
toksikologiyaga fikrini jamlagan jamiyat, jurnal, nazorat organlari va ilmiy-
tadqiqot muassasalariga guvoh bo‘ldi. 
Bugungi kunda toksikologiya rivojlangan ko‘p tarmoqli harakat hisoblanib, 
o‘z kontseptual asoslarini tibbiy, kimyoviy va biologik fanlar yutuqlariga 
yondoshgan holda rivojlantirib bormoqda.
Tarixchilar 2-jaxon urushidan keyingi davrni “Yangi kimyo asri” deb, qayd 
etishlariga sabab global ravishda kimyoviy moddalarni ishlab chiqarishning 
dramatik tarzda o‘sishi bo‘ldi. 2012-yilning boshlariga kelib kimyoviy modda-
larning soni shu qadar keskin oshib ketdiki, oqibatda Kimyo Nazorat Xizmati 
vujudga keldi, kimyoshunoslar tomonidan foydalanish uchun elektron reestr 
yaratilib, 60 million noyob (organik va noorganik) molekulalar nazorat etila 



boshladi. 
Bu moddalarning ko‘pchiligi eng kichik miqdorda ishlatiladi va shu sababli 
faqatgina tajribali kimyogarlargina bunga nisbatan qiziqish bildiradilar. Shu bilan 
birga shuni ta’kidlash kerakki, «har kun» jihatidan olib qaralganda ko‘pgina 
rivojlangan mamlakatlarda odatda taxminan 50000-100000 sintetik kimyoviy 
moddalardan tegishli sohadagi kasb egalari va ishchilar foydalanadilar. 
Kimyoviy moddalardan foydalanish jamiyat uchun muhim bo‘lib, 
iqtisodiyot va sog‘liqni saqlash tizimlarida anchagina foyda keltiradi, lekin 
ehtiyotkorlikka bo‘lgan talab zamonaviy kundalik hayotga bog‘liq bo‘lgan 
xatarning mavjudligini anglatib, hushyorlikka chaqiradi. Zamonaviy toksikologiya
so‘nggi yillarda paydo bo‘la boshlagan bo‘lsada, ajdodlar zaharli moddalar sabab 
yuzaga keluvchi muammolardan xabardor edi. Yer sayyorasining yirtqich 
hayvonlar va zararkunandalarga qarshi zaharli moddalarni ishlab chiqaruvchi 
o‘simlik va hayvonlar bilan faolligi va sayyoraviy qobiqning zaharli metallar va 
minerallarga boyligi toksikologiya sohasini uzoq va qiziqarli tarix bilan 
ta'minlaydi. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling