O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
 
1.1. Ilk toksikologlar 
 
Garchan ilk toksikologlar tomonidan yaratilgan kashfiyotlar to‘g‘risida hech 
qanday ma’lumot bo‘lmasada, ehtimol ularning kuzatishlari natijasida ma’lum bir 
rezavorlarni istemol etish oshqozon bilan bog‘liq kasalliklar, bosh og‘rig‘i va 
diareya kasalliklarini aniqlanishiga omil yaratgan. Qadimgi sivilizatsiyalar tomoni-
dan yozib qoldirilgan yozuvlar ham zaharli o‘simliklar va boshqa tabiiy moddalar 
borasida ularning xabardorligidan darak beradi (rasm 1.1). Bunday oddiy kash-
fiyotlarga, mahalliy ekotizimdagi tabiiy dorivor omillarni baholashdagi sinov va 
xatolarga tayangan holda, ilk jamiyat tomonidan zararli o‘simliklar, toksinlar,
zaharli hashorat, zararkunanda va hayvonlar kataloglari yaratilgan. Mana shunday 
qadimiy papirusga yozilgan qo‘l yozmalardan biri afyun, simob va akonit kabi 
tabiiy zaharli moddalarni qayd etgan bo‘lib, qo‘lyozma 1874-yili Leipzig instituti 



misrshunos olimi Georg Ebers tomonidan Luxor antik buyumlari bilan birgalikda 
sotib olingan. 
Bunday amaliyotga yo’llagan ma’lumotlardan biri Oddyssey Gomerning ilk 
nashrlarida (taxminan eramizdan avvalgi 660 yillarda) paydo bo‘lgan va Tafiyts 
qiroli Anchalos tomonidan jangchilar odam o‘ldirishda bronza nayzalar uchiga 
zahar surtishlari tavsiya etilgan. Ehtimol bir necha asr o‘tib qadimiy Ibroniylar 
bunday amaliyot bilan tanish bo‘lganliklari aniqlangan: Qadimiy Ahd kitobida 
qiynoqlarda azoblangan Ayub hayqiradi “Yaratgan Egamning nayzalari menga 
qadalgan, mening ruhim undagi zahardan bahramand” (Ayub 6: 4,Yangi xalqaro 
talqin).
Aslida, toksikologiya atamasi etimologiyasi qadimiy dunyoda bunday 
amaliyotning keng tarqalganligini anglatadi. Zamonaviy ingliz atamasi Lotin 
tilidagi “toxikum’, ya’ni qadimiy yunon qisqartma so‘zlaridan kelib chiqgan 
zaharlangan o‘q (dorilangan kamon) dan paydo bo‘lgan. Ushbu atama ingliz 
tiliga o‘tishi oqibatida, toxikum "toksin" deb nom olgan.
1
Toksikologiya’ning kelib chiqishi yovuz elementlarni o‘z ichiga oladi
chunki dastlabki amaliyotchilarning asosiy maqsadi badavlat mijozlarga ularning 
siyosat va savdodagi raqiblarining joniga suiqasd qilishda yordam berish bo‘lgan. 
Kechki axborot byulletenlariga joniga suiqasd qilingan raqiblar ro‘yxati 
kiritilmagan. 
Qadimiy 
siyosatchilar 
zaharlab o‘ldiruvchilarni oziq-ovqat 
mahsulotlari va ichimliklarga qo‘shish uchun toksinlar aralashmalarni tayyorlashga 
yo‘llaganlar.
Bunday zaharlash amaliyotining mashhur qurbonlari Sokrat, Kleopatra va 
Klaudius kabilardir. Bunday amaliyot uzoq muddat hukumatda o‘z vakolatini 
saqlab qolishini istagan siyosatchilar oziq-ovqatni iste’moldan oldin tatib ko‘ruvch 
kishilar, ya’ni degustatorlar xizmatiga murojat qilganliklarini anglatadi. 
1
Bell P. The devil’s doctor: paracelsus and the world of Renaissance magic and science. London: William Hinemann; 2006. 




Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling