O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1.3-rasm. Ilk zamonaviy davrda Paraselsning kon sanoatida ishchilar giriftor
bo‘ladigan kasalliklarning ilk klinik belgilariga ta’rif berishi konchilarni himoya qilish bilan birgalikda, ularning hamiyatiga ham tekkan. Konchilar yomon ish sharoitlarida uzoq soat ishlab, kam haq olib yomon sharoit tufayli erta hayotdan ko‘z yumganlar, bunga jiddiy nafas olish kasalliklari sabab bo‘lgan. Parasels "Konchining kasalligi» (masalan, pnevmoniya, sil, bronxit 14 va fibros) ehtimol mikroblar va havodagi zaharli moddalar orqali o‘pkaga ta’sir ko‘rsatgan va kasallikni keltirib chiqargan, deb bildirgan fikri ekologik omillar muayyan bir tizimlarda faoliyat yurituvch kishilar sog‘lig‘iga putur yetkazishini tibbiyotga anglatdi. 2) Feliche Fontana. Toksikologiya’ning ilmiy fanga aylanishi uchun, eksperimentalistlar kasal-liklar sababini ko‘rsatuvchi bir qator noto‘g‘ri bo‘lgan va qotib qolgan g‘oyalarni yo‘qotishlari zarur bo‘ldi. XVII asrning oxiriga kelib ilon zahari va boshqa zahar turlari „muvofiqlik nazariyasi“ deb atala boshladi. Bu nazariya zaharlarning ikkilamchi organlarga asab tolalari orqali ta’sir qiladi, degan g‘oya’ni ilgari surdi. Bu nuqtai-nazar asosan zaharlanish belgilari zaharlangandan so‘ng tezlik bilan asab tizimi orqali paydo bo‘lishini bayon etadi. Toksikologiya amaliyotida ilon zahari va dafna mevasi zaharida eksperimental tajriba o‘tkazgan italiyan fizigi va amaliyotchisi Felike Fontana bu nazariya’ni oqlamadi (1730-1805). Ma’muriy hodim kiyimida tajribalarni amalga oshirgan dindor katolik Fontana „asab muvofiqligi“ nazariyasining ilk tanqidchilaridan biri bo‘ldi. U tajribalarida hayvonlardan foydalangan holda zahar qon tomirlari orqali, ya‘ni qon aylanish tiizmi orqali tarqalishini isbotlay oldi. Bu istedodli italyan olimi biz 3-bobda duch keladigan ko‘pgina nazariy asoslarni ilgari surgan. 3) Matye Orfila. Bir necha kimyoviy moddalar asrlar davomida kimyoviy ro‘yxatida margimushdan ustun bo‘lib kelgan va ulardan ba’zi kishilar yomon niyatlarni amalga oshirishda foydalanganlar. Margimushning rangsiz va ta’msiz uchvalentlik oksidi mashhur bo‘lib, u sharob, bo‘tqa yoki ovqatlarga qo‘shilgan degan ehtimol mavjud. Ishchi sinflar afzal ko‘rgan zahar, yuzlab, balki minglab qurbonlarni Evropa bo‘ylab erta hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan, Helen Jegado (1803-1854) va Maryam Enn Kottn kabi ashaddiy qotillar bundan keng ko’lamda foydalanganlar (1832-1873). Margimushni qo‘lga kiritish juda oson edi, chunki margimushdan tufayli turli iste'mol va qishloq xo'jaligi mahsulotlarida keng ko‘lamda foydalanilar edi. Tarixchi Peter Bartrip ta'kidlanganidek, "Pardalar, mebel jihozlari, mato, yoritgichlar, bezaklar, sun'iy gullar, gilamlar, linoleum, bo‘lalar o‘yinchoqlari va 15 kitoblar tarkibida bo‘yoq sifatida margimush mavjud edi. Viktorian uylarining son-sanoqsiz xonalari margimush qo‘shilgan boyoq bilan rang berilgan devor qog‘ozi bilan qoplangan edi; davr aholisi esa margimush qo‘shilgan boyoq bilan rang berilgan kiyimlarni kiyganlar; kechalari esa tarkibida margimush bo‘lgan shamlar bilan binolarni yoritganlar. Shunday qilib, turmush tarzida margimushdan keng ko‘lamda foydalanilgan "hayot yoki o'lim“ ya’ni o‘limni oldini olish mushkul edi. Surunkali margimush ta'siri ehtimol Viktorian davridagi kasalliklarni ko‘payishiga sezilarli darajada hissa qo‘shgan. XVIII va XIX asrlar davomida kimyo taraqqiyoti va qonun targ‘ibotchilari tomonidan margimush mahsulotlarini sotish bo‘yiсha cheklashlar margimush yordamida odam o‘ldirish va qasos olish kabi holatlarga nuqta qo‘ydi. Kishilarni zaharlanishida gumon qilingan toksik zarralarni aniqlash usullari rivojlanib sud tibbiy ekspertizalarida qo‘llanila boshladi. Britaniya kimyogari Jeyms Marsh (1794-1846) tomonidan ixtiro etilgan "Marsh sinovi“ tibbiy sud ekspertiza toksikologiyasini vujudga kelishida muhim rol o‘ynadi: uning usuli siydik yoki qon namunalarini oltingugurt vodorodida qaynatish orqali margimushni aniqlash bo‘lib - sariq margimush oltingugurt vodorodi cho‘kmasida sariq margimushning paydo bo‘lishi intoksikatsiya belgi- sini bildirar edi. 1787-yilda Ispaniya sohilbo‘yi oroli Minorkada dunyoga kelgan va kimyo sohasiga margimushni kirib kelishiga o’z hissasini qo‘shgan shaxs Matie Jozef Bonavenche Orifladir. Parasels Toksikologiya’ning dahosi sanalsa, Orifla o’n to‘qqizinchi asr boshlarida fanni tizimlashtirishga qilgan sayi-harakatlari tufayli shubhasiz toksikologiya “ota”sidir. Orifla bir ishlarini (quyida qarang) nashrdan chiqarish bilan birgalikda zaharlanish qurbonlarining yorilgan jasadlarini tekshirishda margimushni aniqlash uchun tashxis qo‘yish jarayoni tartibini ham ishlab chiqgan. Orfila Parij universitetida kimyo va anatomiya fanlaridan ma'ruzalar o‘qidi va keyinchalik tibbiy huquqshunoslik (1819) va kimyo (1823) fanlarining bir biriga juda yaqin bo‘lgan kasbiy yo‘nalishini yaratdi. Orfilaning 1813-1815 yaratilgan sudga oid 2 jildli „Traitè des toxikology“ 16 (Toksikologiya risolasi) da zaharlanish orqali paydo bo‘ladigan kasalliklarning ilmiy jihatdan yoritilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Zamonaviy davrdagi ilk keng qamrovli toksikologiya matni shakllandi,birinchi marotaba kimyoviy, kimyoviy- fiziologik va toksik elementlarga batafsil to‘htalib o‘tildi, klinik toksikologiya va hayvonlar ishtirokidagi amaliy tajribalardan misollar keltirildi. Material zaharli moddalarni olti toifaga ajratdi, ya’ni o‘yuvchi, biriktiruvchi, sarmast qiluvchi, o‘tkir va septik zaharlardan iborat moddalar. Shunisi taqsinga loyiqki, professor Orfila toksikologiya amaliyoti boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligini aytib o’tgan, u o’zining mashhur kitobi muqaddimasida shunday yozgan „kimyo, tabiiy fanlar, tarix, fiziologiya fanlarisiz hech qanday zaharli moddani aniqlash mumkin emas“. Bu kitob toksikologiya sohasida muhim rol o’ynadi, uning yordamida zaharlarni ajrata bilishga imkon tug’ildi. 2 4) Robert Kristison. Toksikologiya sohasida shogirdlarning paydo bo‘la borishi sohani yanada yetuklashtira bordi. Ingliz tili dunyosi doirasida Matie Orfilaning eng nufuzli talabalaridan biri Shotlandiya shifokori Robert Kristisondir (1797-1882). Edinburg universiteti bitiruvchisi, Kristison analitik kimyo va toksikologiya’ni Professor Orifla va etuk fransuz bioximigi Pyer Jan Robike (1780-1840) lardan o'rganib Parijda yashadi. U Shotlandiyaga qaytgach o‘n yil davomida tibbiy huquqshunoslikda faoliyat yuritdi, keyinchalik 1877 yilga qadar Britaniya Tibbiyot Birlashmasi Prezidenti vazifasini bajardi. Kristison Britaniya zamonaviy toksikologiyasi asoslariga ulkan hissa qo‘shdi, 1829 yilda „ Zaharning tibbiyot va jismoniy fiziologiya amaliyoti bilan bog‘liqligi“ nomli katta monografiyasini nashr etdi. Bu nashrda oksalat kislotasi, mishyak, qo’rg‘oshin, afyun va boshqa zaharli moddalar tufayli yuzaga keluvchi intoksikatsiya’ning diagnostikasi va davolash usullarini ko‘rib chiqilgan. Mate Orfila kabi, Ktistison ham XIX-asrda Evropada mishyak osonlikcha qo‘lga kiritish imkoniyati mavjudligidan bezovta bo‘lib, o‘zining ushbu kitobida bu muammoga jiddiy e'tibor 2 Orfi la M. A general system of toxicology. (This abridged English translation of Orfi la’s 2-volume text was published M. Carey & Son (Philadelphia) in 1817 and is available for download from Google Books), 1812. 17 qaratgan. Uning qattiq say-harakatlari va toksikologiyaning izchil suratda targ‘ib etishi tufayli, mishyak-ga oid Qonun 1851 yilda ishlab chiqildi. Birinchi marotaba Angliyada qonun o’ta zaharli moddani sotish bo‘yiсha cheklash kiritdi. Shu bilan bir qatorda Kristison buyrak fiziologiyasi, buyrakning toksik moddalarga nisbatan reaktsiyasini o‘rgandi, xususan su tajribaning ishlab chiqilganligi sababli u tibbiy nefrologiyaning ilk kashshoflaridan biriga aylandi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling