O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy maqsad
3 Kirish Toksikologiya to‘liq shakllangan va mustaqil fan hisoblanadi. Uning tashkil topishi, rivojlanishi va ahamiyatining ortishiga, bir tomondan, kimyoviy fanlar va kimyo sanoatining turli tarmoqlarining muvaffaqiyatli rivojlanishi, boshqa tomondan, sanoat zaharlari bilan bog‘liq atrof-muhit ifloslanishini yomon nazorat qilish va kasb kasalliklari sonining ortishi sabab bo‘lmoqda. Kimyogar va farmakolog olimlarning samarali mehnatlari tufayli toksi- kologiya katta nazariy fundament va keng tarmoqlarda amaliy qo‘llanilishiga imkoniyat yaratilmoqda. Muhandislik va ekologiya yo‘nalishlarida yangi mutaxassisliklarning paydo bo‘lishi sanoat toksikologiyasining zamonaviy holatini aks ettiruvchi ilmiy adabiyotlar bazasini yaratishni talab etadi. Taxminan besh-olti o‘n yilliklar ilgari tug‘uruq jarayonida normal holat hisoblanadigan havf-hatar Germaniya, Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya davlatlari onalarini larzaga soldi. 1950-yil oxirilarida boshlanib bir necha yil davom etgan mudhish epidemiya natijasida ota-onalar ularning farzandlari jiddiy oyoq-qo‘l nuqsonlari bilan dunyoga kelayotganidan aqldan ozayozdilar. Buning sababi tinchlantiruvchi dori vositasi “talidomid” ekanligi aniqlangunga qadar chamasi 10000 go‘dak bundan aziyat chekdi. Go‘daklar bachadondaligi davrida dori vositasi oqibatida zaharlanib bir umr nogironlikga mahkum bo‘ldilar. Talidomid ofati olimlar, nazoratchilar va shifokorlarni ogohlikka chaqirib, havfsizlik va kutilmagan zararli ta’sirlarni oldini olishda yangi dori vositalarini to‘laqonli sinovdan o‘tkazish kerakligini anglatdi. Bunday keng ko‘lamdagi ofat ta’siri ostida butun bir boshli zamonaviy toksikologiya sohasi yuzaga keldi. Tez orada ishlab-chiqarishdagi kimyoviy moddalar va dori vositalari zararli ta’siri bo‘yiсha izlanish ishlari olib boruvchi yangi ilmiy jamiyatlar tashkil topdi. O‘z ilmiy-izlanishlari bo‘yiсha ishlarini nashr etish hohishida bo‘lgan toksikologlar uchun yangi jurnallar paydo bo‘ldi. Butun dunyo bo‘ylab toksikologiya sohasi dasturi ta’limini taklif etuvchi innovatsion ilmiy muassasalar va shuningdek universitet bo‘limlari barpo etildi. 4 Jadal ravishda ilgari borayotgan bugungi kun ilmiy-izlanish va tadqiqot sohasi uchun 50 yil uzoq muddat, biroq so‘nggi yillardagi hodisalar toksikologik ekspertiza ishlariga bo‘lgan talab jamiyatda avvalgidek katta ekanligidan dalolat beradi. Ko‘plab jiddiy ahamiyatga molik zaharlanish bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalar yangi mingyillikning birinchi o‘n yilligida jahon jamiyatini larzaga soldi. Bu baxtsiz hodisalar o‘z ichiga kardiotoksik tashvishga sabab bo‘lgan “Vioxx artrit” dori vositasining ziyoni; go‘daklar o‘limiga sabab bo‘lgan melamin (melamin oqsil moddasi deb yolg‘on tarzda qo‘shilgan); bolalar o‘yinchoqlarining tarkibida qo‘rg‘oshin bo‘lgan bo‘yoqlar yoki 1,4-butandiol bilan ifloslanishi; qovurilgan kartoshkadagi ko‘p miqdordahi akrilamid; qo‘rg‘oshin va margu- mush (mishyak) tufayli yuzaga kelgan Bangladesh va Nigeriyadagi bir qator zaharlanish hodisalari kabilar shular jumlasidandir. AQSh da hamon davom etayotgan Deepvater Horizondagi neft to‘kilishini atrof muhit va kishilarga bo‘lgan ta’siri bo‘yiсha tortishuvlar, shuningdek, katta miqdordagi pastifikator Bisfenol A va gerbisit artazin kabi sun’iy moddalarning surunkali tarzda davom etayotgan ta’siri, toksikologik muammolar hamon jamiyatni havotirga solayotganidan dalolat beradi. Ijtimoiy tarmoqlar bilan shakllangan bugungi kunda kimyoviy moddalar tufayli yuzaga kelayotgan kasalliklarni chuqur o’rganish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu kitob zamonaviy toksikologiya sohasi asosiga umumiy tarzda nazar solish imkonini beradi. Asosiy maqsad kimyoviy moddalar tufayli yuzaga keluv- chi kasalliklar zamirida yotgan mexanizmlar hususida umumiy tushuncha berib o‘tish. Bunda so‘nggi yillarda hujayra va tana a’zolariga kimyoviy moddalar tufayli yetkazilgan ziyonni ifoda etishga urg‘u berilgan. Asosiy e’tibor toksiko- logiya sohasidagi “birlamchi g‘oya” hisoblangan biofaollashuvga qaratilgan bo‘lib, ko‘pgina unchalik zararli hisoblanmagan kimyoviy moddalar organizmda zararli metabolitlarga aylanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu jarayon kimyoviy moddalar tufayli kelib chiquvchi kasalliklar belgilarini keng ko‘lamda tushuntirib beradi deb umid qilamiz. Chunki butun bir bakalavrlik va magistrlik bosqichlari dasturi biologik kimyo, biokimyo va hujayra biologiyasini qamrab olsada, biofaollikga bog‘liq 5 toksiklik holati tushunchasi uchramaydi, shu ma’noda ushbu mavzu quyidagi kitobning asosini tashkil etadi. Bizning sayohat zamonaviy toksikologiya sohasining yuzaga kelish tarixi bilan boshlanadi (1-bob), kimyoviy mihit ta’siri bilan bog‘liq ba’zi kasalliklar hususida umumiy tushuncha (2-bob). Organizmda kimyiviy moddalar haraka-tini nazorat etuvchi turli toksikokinetik jarayonlar 3-bobda ko’zdan kechiriladi. 4-bobda kimyoviy biofaollik hususida umumiy tushuncha berilgan bo’lib, 5-bob sut emizuvchilar tizimida ro’y beruvchi tashqi muhitdan kirib keluvchi kimyoviy moddalar ta’siriga qarshi turli adaptiv reaktsiyalarni qamrab olgan. Keyingi bo’limlarda saraton, tug‘ma nuqsonlar, organlar zararlanishi kabi toksik holatlarda biofaollashuvning ahamiyati borasida so‘z yuritiladi (boblar 6,7 va 8). So‘ngra qay tarzda toksikologik paradigmalar insonlardagi asosiy kasalliklar hususidagi tibbiy tushunchalarni boyitishini ko‘rsatib berish maqsadida kitob ikki katta “Kimyoviy aralashma” ya’ni alkogol ichimliklar (9-bob) va tamaki tutuni (10-bob), iste’mol- chilar guruhi duch keluvchi asosiy mexanik asoslar bo‘yiсha olib borilgan tadqiqot ishlari bilan nihoyaga yetadi. Bu kitob zamonaviy toksikologiya sohasining rivojlanish davrida boshdan kechirgan ba’zi hayajonli hodisalarni yoritib berishga harakat qiladi. Kitobxonlar bugungi kunda minglab tadqiqotchilarning sayi harakatlari tufayli talidomid kabi ko‘plab zaharlanish ofatlatining qaytarilish holatlarini oldi olinganligi va yutuqlarga erishilganligi uchun bildirilgan minnatdorchilikga sherik bo‘ladilar. Bizning ilmiy izlanishlarimiz qay bir ma’noda endigina ilmiy izlanish sohasiga qadam bosayotgan yosh olimlar uchun toksikologiya sohasida izlanish ishlari olib borishlari uchun turtki bo‘lgan bo‘lsa, bu loyiha samarali bo‘ldi deb hisoblaymiz. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling