O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1.1-rasm. Qadimiy ibroniy adabiyoti doirasida zaharli o‘simliklardan erta xabar-
dorlik. Pont (eramizdan avvalgi 134-64-yillar) Qiroli Mitridat VI zaharlanishga qarshi kuchli profilaktik strategiya’ni qo‘llagan, ya’ni kundalik iste’mol oziq- ovqati bilan birga antidotlarni ham iste’mol qilgan. Uning bunday zaharli moddalarga qarshi kokteyli - Mitridat Antidoti - yuz yillar davomida o‘z kuchini yo‘qotmagan va hatto Uyg‘onish davriga ham qo‘llanilgan. Shuningdek, Mitridat VI tomonidan insoniyat tarixida birinchi marotaba antidotlar dozalarini aniqlash uchun davlat mahbuslaridan foydalanilgan. Bir asrdan o‘tib, imperator Neron (eramizdan avvalgi 68-37 yillar), toksik (zaharli) qo‘ziqorinlarni aniqlash uchun qullardan foydalangan. Qullarning narxi oshib borgani sayin, hukumronlar ba’zan itlardan foy- dalana boshlaganlar va natijada toksikologiya tarixida birinchi marotaba hayvonlar 10 ishtirokida tadqiqotlarni amalga oshirish kuchga kirgan. Qadimgi toksikologlar ham «dozaga-javob munosabatlarni, ya’ni bir zaharli modda tomonidan boshqa bir zaharli moddani qay darajada zaharli ekanligini aniqlashga yuqori baho berganlar. Platonning mashhur fikriga ko‘ra Sokrat o‘limining ijrosi zangpoyadan tayyorlangan zaharli modda ishtirokida amalga oshirilgan bo‘lib, bu modda rasmiy davlat zahari hisoblangan va tarkibi koniin neyrotoksin konsentrasiyasiga boy bo‘lgan petrushka kabi o‘simlikni iste’mol etish talab etilgan. O‘lim ijrosi yaqinlashganda, Sokrat xudo yo‘liga may ichish sifatida zaharning bir oz qismini to‘kib tashlashni so’radi. Uning iltimosi inkor etildi, jallod “Biz qanday miqdorda tayyorlashi lozim topsak shunday tayyorlaymiz” deb javob berdi. 1.2. Ilk zamonaviy davr Jinoiy maqsadlarda toksindan foydalanish davom etgan bo‘lsada, o‘rta asr davri toksikologik ilmda tizimli ravishda bir oz rivojlandi. Istisno tarzida Ispaniyada tug‘ilgan Shimoliy Afrikalik ustoz-tabib Mosheben Maimonning qo‘l yozmalaridagina (Maimonidlar, eramizdan avvalgi 1135-1204) ko‘rish mumkin. Uning zahar va ularning antidotlari (eramizdan avvalgi 1198) hususidagi risolasi asrlar davomida katta ahamiyatga ega bo‘lib, unda ilon va hasharotlar chaqqanida qilinishi kerak bo‘lgan muolajalar mavjud bo‘lgan. Uyg‘onish davrda, Italiya’ning Florentsiya va Vena shaharlaridagi nufuzli oila sulolalari siyosiy zaharlanishni san’at darajasiga ko‘tardi. Garchan zamonaviy tarixchilar hikoyalarida Medichi va Bordjia oilalari atrofdagi kishilar zahar emas, balki yuqumli kasallik qurbonlari bo‘lganlar desada, bu davrda mishyak va bunday boshqa zaharli metallardan foydalanish rivojlangan va bu davr kishilari bunday zaharli moddalardan mohirona foydalana bilganlar (1.2-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling