O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   127
1.3-rasm. Ilk zamonaviy davrda Paraselsning kon sanoatida ishchilar giriftor 
bo‘ladigan kasalliklarning ilk klinik belgilariga ta’rif berishi konchilarni himoya 
qilish bilan birgalikda, ularning hamiyatiga ham tekkan. 
Konchilar yomon ish sharoitlarida uzoq soat ishlab, kam haq olib yomon 
sharoit tufayli erta hayotdan ko‘z yumganlar, bunga jiddiy nafas olish kasalliklari 
sabab bo‘lgan. Parasels "Konchining kasalligi» (masalan, pnevmoniya, sil, bronxit 


14 
va fibros) ehtimol mikroblar va havodagi zaharli moddalar orqali o‘pkaga ta’sir 
ko‘rsatgan va kasallikni keltirib chiqargan, deb bildirgan fikri ekologik omillar 
muayyan bir tizimlarda faoliyat yurituvch kishilar sog‘lig‘iga putur yetkazishini 
tibbiyotga anglatdi. 
2) Feliche Fontana. Toksikologiya’ning ilmiy fanga aylanishi uchun, 
eksperimentalistlar kasal-liklar sababini ko‘rsatuvchi bir qator noto‘g‘ri bo‘lgan va 
qotib qolgan g‘oyalarni yo‘qotishlari zarur bo‘ldi. XVII asrning oxiriga kelib ilon 
zahari va boshqa zahar turlari „muvofiqlik nazariyasi“ deb atala boshladi. Bu 
nazariya zaharlarning ikkilamchi organlarga asab tolalari orqali ta’sir qiladi,
degan g‘oya’ni ilgari surdi. Bu nuqtai-nazar asosan zaharlanish belgilari 
zaharlangandan so‘ng tezlik bilan asab tizimi orqali paydo bo‘lishini bayon etadi. 
Toksikologiya amaliyotida ilon zahari va dafna mevasi zaharida eksperimental 
tajriba o‘tkazgan italiyan fizigi va amaliyotchisi Felike Fontana bu nazariya’ni 
oqlamadi (1730-1805). Ma’muriy hodim kiyimida tajribalarni amalga oshirgan 
dindor katolik Fontana „asab muvofiqligi“ nazariyasining ilk tanqidchilaridan biri 
bo‘ldi. U tajribalarida hayvonlardan foydalangan holda zahar qon tomirlari 
orqali, ya‘ni qon aylanish tiizmi orqali tarqalishini isbotlay oldi. Bu istedodli 
italyan olimi biz 3-bobda duch keladigan ko‘pgina nazariy asoslarni ilgari surgan. 
3) Matye Orfila. Bir necha kimyoviy moddalar asrlar davomida kimyoviy 
ro‘yxatida margimushdan ustun bo‘lib kelgan va ulardan ba’zi kishilar yomon 
niyatlarni amalga oshirishda foydalanganlar. Margimushning rangsiz va ta’msiz
uchvalentlik oksidi mashhur bo‘lib, u sharob, bo‘tqa yoki ovqatlarga qo‘shilgan 
degan ehtimol mavjud. Ishchi sinflar afzal ko‘rgan zahar, yuzlab, balki minglab 
qurbonlarni Evropa bo‘ylab erta hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan, Helen 
Jegado (1803-1854) va Maryam Enn Kottn kabi ashaddiy qotillar bundan keng 
ko’lamda foydalanganlar (1832-1873).
Margimushni qo‘lga kiritish juda oson edi, chunki margimushdan tufayli 
turli iste'mol va qishloq xo'jaligi mahsulotlarida keng ko‘lamda foydalanilar edi. 
Tarixchi Peter Bartrip ta'kidlanganidek, "Pardalar, mebel jihozlari, mato, 
yoritgichlar, bezaklar, sun'iy gullar, gilamlar, linoleum, bo‘lalar o‘yinchoqlari va 


15 
kitoblar tarkibida bo‘yoq sifatida margimush mavjud edi. Viktorian uylarining 
son-sanoqsiz xonalari margimush qo‘shilgan boyoq bilan rang berilgan devor 
qog‘ozi bilan qoplangan edi; davr aholisi esa margimush qo‘shilgan boyoq bilan 
rang berilgan kiyimlarni kiyganlar; kechalari esa tarkibida margimush bo‘lgan 
shamlar bilan binolarni yoritganlar. Shunday qilib, turmush tarzida margimushdan 
keng ko‘lamda foydalanilgan "hayot yoki o'lim“ ya’ni o‘limni oldini olish mushkul 
edi. Surunkali margimush ta'siri ehtimol Viktorian davridagi kasalliklarni 
ko‘payishiga sezilarli darajada hissa qo‘shgan. XVIII va XIX asrlar davomida 
kimyo taraqqiyoti va qonun targ‘ibotchilari tomonidan margimush mahsulotlarini 
sotish bo‘yiсha cheklashlar margimush yordamida odam o‘ldirish va qasos olish 
kabi holatlarga nuqta qo‘ydi. Kishilarni zaharlanishida gumon qilingan toksik 
zarralarni aniqlash usullari rivojlanib sud tibbiy ekspertizalarida qo‘llanila 
boshladi.
Britaniya kimyogari Jeyms Marsh (1794-1846) tomonidan ixtiro etilgan 
"Marsh sinovi“ tibbiy sud ekspertiza toksikologiyasini vujudga kelishida muhim 
rol o‘ynadi: uning usuli siydik yoki qon namunalarini oltingugurt vodorodida 
qaynatish orqali margimushni aniqlash bo‘lib - sariq margimush oltingugurt 
vodorodi cho‘kmasida sariq margimushning paydo bo‘lishi intoksikatsiya belgi-
sini bildirar edi.
1787-yilda Ispaniya sohilbo‘yi oroli Minorkada dunyoga kelgan va kimyo 
sohasiga margimushni kirib kelishiga o’z hissasini qo‘shgan shaxs Matie Jozef
Bonavenche Orifladir. Parasels Toksikologiya’ning dahosi sanalsa, Orifla o’n 
to‘qqizinchi asr boshlarida fanni tizimlashtirishga qilgan sayi-harakatlari tufayli 
shubhasiz toksikologiya “ota”sidir. Orifla bir ishlarini (quyida qarang) nashrdan 
chiqarish bilan birgalikda zaharlanish qurbonlarining yorilgan jasadlarini 
tekshirishda margimushni aniqlash uchun tashxis qo‘yish jarayoni tartibini ham
ishlab chiqgan. Orfila Parij universitetida kimyo va anatomiya fanlaridan 
ma'ruzalar o‘qidi va keyinchalik tibbiy huquqshunoslik (1819) va kimyo (1823) 
fanlarining bir biriga juda yaqin bo‘lgan kasbiy yo‘nalishini yaratdi. 
Orfilaning 1813-1815 yaratilgan sudga oid 2 jildli „Traitè des toxikology“ 


16 
(Toksikologiya risolasi) da zaharlanish orqali paydo bo‘ladigan kasalliklarning 
ilmiy jihatdan yoritilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Zamonaviy davrdagi ilk keng 
qamrovli toksikologiya matni shakllandi,birinchi marotaba kimyoviy, kimyoviy- 
fiziologik va toksik elementlarga batafsil to‘htalib o‘tildi, klinik toksikologiya va 
hayvonlar ishtirokidagi amaliy tajribalardan misollar keltirildi. Material zaharli 
moddalarni olti toifaga ajratdi, ya’ni o‘yuvchi, biriktiruvchi, sarmast qiluvchi, 
o‘tkir va septik zaharlardan iborat moddalar.
Shunisi taqsinga loyiqki, professor Orfila toksikologiya amaliyoti boshqa 
fanlar bilan uzviy bog‘liqligini aytib o’tgan, u o’zining mashhur kitobi 
muqaddimasida shunday yozgan „kimyo, tabiiy fanlar, tarix, fiziologiya fanlarisiz 
hech qanday zaharli moddani aniqlash mumkin emas“. Bu kitob toksikologiya 
sohasida muhim rol o’ynadi, uning yordamida zaharlarni ajrata bilishga imkon 
tug’ildi.
2
4) Robert Kristison. Toksikologiya sohasida shogirdlarning paydo bo‘la 
borishi sohani yanada yetuklashtira bordi. Ingliz tili dunyosi doirasida Matie 
Orfilaning eng nufuzli talabalaridan biri Shotlandiya shifokori Robert Kristisondir 
(1797-1882). Edinburg universiteti bitiruvchisi, Kristison analitik kimyo va 
toksikologiya’ni Professor Orifla va etuk fransuz bioximigi Pyer Jan Robike 
(1780-1840) lardan o'rganib Parijda yashadi. U Shotlandiyaga qaytgach o‘n yil 
davomida tibbiy huquqshunoslikda faoliyat yuritdi, keyinchalik 1877 yilga qadar 
Britaniya Tibbiyot Birlashmasi Prezidenti vazifasini bajardi. Kristison Britaniya 
zamonaviy toksikologiyasi asoslariga ulkan hissa qo‘shdi, 1829 yilda „ Zaharning 
tibbiyot va jismoniy fiziologiya amaliyoti bilan bog‘liqligi“ nomli katta 
monografiyasini nashr etdi. Bu nashrda oksalat kislotasi, mishyak, qo’rg‘oshin, 
afyun va boshqa zaharli moddalar tufayli yuzaga keluvchi intoksikatsiya’ning 
diagnostikasi va davolash usullarini ko‘rib chiqilgan. Mate Orfila kabi, Ktistison 
ham XIX-asrda Evropada mishyak osonlikcha qo‘lga kiritish imkoniyati 
mavjudligidan bezovta bo‘lib, o‘zining ushbu kitobida bu muammoga jiddiy e'tibor 
2
Orfi la M. A general system of toxicology. (This abridged English translation of Orfi la’s 2-volume text was published M. 
Carey & Son (Philadelphia) in 1817 and is available for download from Google Books), 1812. 


17 
qaratgan. Uning qattiq say-harakatlari va toksikologiyaning izchil suratda targ‘ib 
etishi tufayli, mishyak-ga oid Qonun 1851 yilda ishlab chiqildi. Birinchi marotaba 
Angliyada qonun o’ta zaharli moddani sotish bo‘yiсha cheklash kiritdi. Shu bilan 
bir qatorda Kristison buyrak fiziologiyasi, buyrakning toksik moddalarga nisbatan 
reaktsiyasini o‘rgandi, xususan su tajribaning ishlab chiqilganligi sababli u tibbiy 
nefrologiyaning ilk kashshoflaridan biriga aylandi.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling