O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1.4. Zamonaviy toksikologik ofatlar
Bu tashabbuslarga parallel ravishda, XX asr o‘rtalarida mustaqil fan sifa- tida zamonaviy toksikologiya fani paydo bo‘ldi. Kasb kasalligi bo‘yiсha xabardorlikni oshib borishi bu jarayonga turtki bo‘ldi va bir qator dori-darmonlar tadbiq etila boshlandi. 1. Dietilen glikol. 1930-yil oxirlariga kelib Amerikada birinchi samarali antibakterial dori sulfanilamid ishlab chiqarila boshlandi. Sulfanilamid Prontosil metaboliti sifatida nemis olimi Gerxard Domagk (1895-1964) tomonidan ishlab chiqildi. Sulfanilamid bir necha AQSh kompaniyalari tomonidan "ajoyib dori" deb atalib tabletka yoki kapsula shakllarida ishlab chiqarila boshlandi, biroq ba’zi bemorlar uning achchiq ta’mi tufayli doridan voz kechdilar. Suv va spirt kabi suyuqliklarda butkul erimasligi sababli uni suyuq shakli mavjud emas edi. Bunday holat Bristol, Tennessee Massengill kompaniyasi, 1937-yilda olcha ta’mli shirin va xushbo‘y "sulfanilamide eleksirini" yaratguniga qadar davom etdi. Baxtga qarshi, firma kimyogari sulfanilamidni dietilen glikolning yuqori kontsentratsiyasida eritish yo‘lini tanladi. Shu asnoda tijorat mahsulotlari uchun foydalaniladigan dietilen glikoli iste’molni butunlay yaroqsiz qilib qo‘ydi. 1937-yil sentyabr oyiga kelib, AQSh bo‘ylab 1.304 yuk taqsimlandi. Oqibatda buyrak epidemik kasalligi kuzatildi, bu bo‘lalar uchun 53 ml va kattalar uchun 99 ml belgilangan o‘rtacha halokatli doza sababli ro‘y berdi, 4 hafta mobaynida davolanayotgan 105 kishi qurbon bo‘ldi. O‘zining ihtirosi oqibatlarini o‘rgangan va bundan qattiq larzaga kelgan Massengill kimyogari o‘z joniga qasd qildi. Sulfanilamide sabab kelib chiqqan ofatdan keyin, Prezident Ruzvelt, 1938 yilning iyun oyida AQSH oziq-ovqati, dori-darmonlari va kosmetik mahsulotlari bo‘yiсha qonuniy hujjatni imzoladi, shuningdek, qonunda mahsulotlarni reklama qilish, ularga yorliqlar yopishtirish va ehtiyotlik choralari kabi yangi talablar ham kiritilgan edi. Hujjat AQSH tarixidagi xaotik davrni samarali nihoyasiga yetkazdi, iste’mol mahsulotlari oqibatida ko‘plab zaharlanish avj olgan holatlarga barham berildi. Shubhali Vilhide Exhaler kabi ta'sirchanligini kuchli bo‘lgan davolash 22 vositalari bartaraf qilindi, bundan tashqari Lash Lure nomi bilan mashhur bo‘lgan kiprik bo‘yog‘i foydalanuvchining ko‘zlariga doimiy ravishda ziyon yetkazi- layotgani va Radithor nomli, radiy bilan noxush surunkali zaharlanishga olib kelayotgan tonik muammolarini hal qilish uchun qonunchilik bazasi taqdim etildi. 2. TOCP (tri-o-kresil fosfat). Yana bir toksikologik ofat Janubiy va O‘rta G‘arb davlatlari bo‘ylab 1930-yillarda keng miqyosda yuzaga keldi. Ginger Jake spirtli ichimligi uchun bo‘lgan hohish, bemorlarni sog‘ligi uchun "davolash- vositasi" sifatida o‘n yillar davomi-da dorixonalarda sotilgan dorivor mahsulot uchun, kuchli talabni vujudga keltirdi, taqiqlash asri davomida tarkibi 80 % spirtdan iborat qahrabo ichimlik mashhur bo‘la bordi. Bunday suiste'molchilikdan xabar topgan G‘aznachilik boshqarmasi 1935-yilda kundalik iste'molni kamaytirish maqsadida ichimlik tarkibini ikki barobar achchiqlashtirdi. Bu o‘zgarish Ginger Jake mahsulotlarini yanada mazali qilish uchun izlanayotgan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ko‘plab innovatsion soxtalashtirish sa'y-harakatlariga sabab bo‘ldi. Batamom aniq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, Boston shahridagi ikki isnod keltiradigan tadbirkorlar Garri Gross va Max Reismanlar Eastman Kodak kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan bo‘yoqlar va laklar tarkibidagi plastifikator turi -О-krezil fosfatni (TOCP), zaharli xususiyatlaridan g‘ofil bo‘lgan tarzda Ginger Jake ichimligining minglab shisha idishlariga qo‘shdilar. Keyin mahsulot AQSh qit'asi bo‘ylab sotildi. Mahsulotni iste'mol qiluvchilarga "Jake Valk" laqabi berildi, bunga sabab jabrlanuvchining oyoqlari qo‘g‘irchoqning oyog‘idek qotib qolganligi bo‘ldi, bu holat falajga olib keldi (1.5-rasm). Mamlakat bo‘ylab taxminan 40000-50 000 kishi bundan aziyat chekdi: Kanzas shtatining Vichita shaxrida taxminan 500 bemor bir kechaning o‘zida zaharlandi. Ba’zi hollarda esa zaharlangan kishilar uzoq muddatga sog‘lig‘ini yoqotdilar va qolgan umrlarini nogironlikda, muruvvat uylarida o‘tkazdilar. Shu bilan bir qatorda epidemiya janub madaniyatida iz qoldirdi, ya’ni o‘sha davr jazz musiqachilarining tasmalarida “Jake Valk” kabi o‘nlab yozuvlar paydo bo‘ldi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling