O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127
1.5-rasm. AQSHda spirtli ichimliklarni sohtalashtirish 1930-yillarda Amerika 
aholisi o‘rtasida pereferik nevropatiya epidemiyasini kuchayishiga sabab bo‘ldi. 
Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab ushbu dori vositasiga hukumat 
tomonidan taqiq qoyilgan. Ehtimol bu dori vositasi sababli 40% yoki taxminan shu 
ko‘rsatkich atrofida ilk hayot davomida godaklar qurbon bo‘lgan, talidomiddan 
aziyat chekkanlar sonini aniqlash ancha mushkul, biroq chamasi 10000 qurbon deb 
taxmin etiladi. Dori vositasi taqiqlangandan so‘ng bunday ayanchli holatni oldi 
olindi, biroq bu ofat bilan yuzma-yuz kelgan oilalar qalbidagi og‘riq bir umrga 
qoldi. 
 


27 
1.5. Fanning yuzaga kelishi 
 
Talidomidning ijobiy tarafi toksikologiya fanining yuzaga kelishi va 
rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin. Talidomid ofat cho‘qqisi dunyodagi eng 
katta toksikologiya tashkilotlaridan birining yaratilishiga sabab bo‘ldi. 
Toksikologiya jamiyati (SOT), 1962-yilning aprel oyida Atlantika shahrida birin-
chi anjumanni o‘tkazdi. Asosiy maqsad universitetlar tizimli ravishda toksiko-
logiya bilan bog‘liq bo‘lgan oquv dasturini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, 
zaharlanish holatlari ustida ilmiy izlanish ishlarini olib borilishini tadbiq etish edi. 
O‘n yil o‘tib huddi shunday jamiyat Britaniyada ham paydo bo‘ldi va keyinchalik 
Britaniya toksikologiya jamiyati deb nomlandi. 1960-1970-yillarda bir qator 
oynomalar tashkil etildi va zaharlanish holatlari bo‘yiсha tadqiqot ishlarini yoritib 
bordi.
1988-yilga kelib toksikologik holatlardagi kimyoviy asosga nisbatan ortib 
borayotgan qiziqish sababli, dunyodagi eng katta ilmiy tashkilot Amerika Kimyo 
Jamiyati ahamiyatli ravishda yangi bo‘lgan oynomani yaratishiga turtki bo‘ldi, 
oynoma toksikologiyadagi kimyoviy tadqiqot ishlarini yorita boshladi. 
Toksikologiya - mavzusiga oid jurnallar soni osib borishi kimyoviy moddalar 
ta’sirida kelib chiqgan kasalliklar bo‘yiсha tadqiqot ishlari olib borilishini qollab-
quvvatlash uchun davlat va xususiy moliyalashtirish tizimini o‘sishida aks etdi. 
AQShda, inson salomatligiga xavf solayotgan omillarni baholashga ajratilgan
federal sarmoya’ning kengaytirilishi, zamonaviy toksikologiya fani bo‘yicha 
tadqiqotlarni yanada o‘sishiga yordam berdi. 1978-yilda Jozef A. Kalifano, hozirgi 
kunda Sog‘liqni saqlash va inson xizmatlari departamenti kotibi, Milliy 
Toksilogiya Dasturi (MTD) tuzishga hissa qoshib, oliy oquv yurtlari va 
toksikologiya tadqiqot tekshiruv muassasalarida tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash 
uchun federal moliyalashtirishni AQSH bo‘ylab va horijiy davlatlarda boshqardi. 
Bundan tashqari Milliy Toksilogiya Dasturi 1966-yil Shimoliy KARolinada 
tashkil etilgan Ekologik Fanlar Milliy Instituti tomonidan nazorat qilina boshladi. 
Tez orada Merilandda joylashgan Ekologik Fanlar Milliy Instituti toksiko-


28 
logiya boyicha tadqiqot ishlari uchun etakchi xalqaro markaziga aylandi. 
Markazning vazifasi insonlarda kasalliklarning rivojlanishi va omillarning ta'sirini 
o‘rganish, insonlarda kasallikni oldini olish va nogironlik yukini kamaytirish edi. 
Shuningdek, toksikologiya bo‘yiсha yirik yutuqlar boshqa tadqiqot 
institutlari kashshoflari Bernard Brodie va Yuliy Axelrod boshchiligidagi va 
keyinchalik J.R Mitchell, D Jollov va J.R Gillette kabi tadqiqotchilar tomonidan 
davom ettirildi. Bu tadqiqot jamoalari tomonidan kiritilgan inqilobiy o‘zgarishlar 
kimyoviy zaharlanishni baholashda yordam berdi. 1970-yillarning boshida yana bir 
muhim voqea sodir bo‘ldi, Arkanzas shtatining Jefferson okrugida Toksikologik 
Tadqiqotlar Milliy Markazi tashkil etildi. Bu markaz bugungi kunda dunyodagi 
eng yirik farmatsevtik boshqaruv organi bo‘lgan AQSh Oziq-ovqat va 
Farmatsevtika Idorasi bo‘lib qolmoqda.
1969-yilda, Vetnam urushida AQSh tomonidan qo‘llanilgan defoliant 
kimyoviy moddasi jamoatchilikni tashvishga soldi, Prezident Nikson bunday 
harbiy tadqiqotlarni ma’n etdi, oqibatda Pine Bluff operatsiyasi ortga surildi. Turli 
kimyoviy ishlab chiqarish kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik 1974-yilda 
Toksikologiya Kimyo Sanoati Institutini yuzaga kelishida ahamiyat kasb etdi va 
keyinchalik bu institut Hamner Tibbiy Fanlari Institutiga aylandi (2007). Bu davr 
ham zaharlanish hodisalarni o‘rganish bo‘yiсha izlanishga bag‘ishlangan kuchli 
tadqiqot markazlarining tashkil etilishiga zamin yaratdi, etakchi oliy oquv yurtlari 
ichida toksikologiya boyicha markazlar ochilishiga guvoh bo‘ldi. Yevropaning eng 
nufuzli tibbiyot oliy oquv yurtlarining birida, Shvetsiya shahrida KARolinsk 
Instituti ochildi va zaharli sindromlar mexanizmlarini ochib berishda muhim rol 
o‘ynadi. Buyuk Britaniya universitetlari Liverpul, Lester, Surrey va boshqalar 
fanning yo‘lga qo‘yilishiga yordam berdi, AQSHda molekulyar toksikologiyasi 
kabi markazlar Kanzas shtatining Vinderbilt universitetida yangi avlodga 
toksikologiya bo‘yiсha dasturni yangi tadqiqotlar asosida o‘zlashtirishlariga 
ko‘maklashdi. 
Yigirmanchi asr oxiriga kelib biologiya va informatikada bo‘layotgan jadal 
o‘zgarishlar toksikologiya va u bilan bog‘liq havfni baholashni ilgari surilishiga 


29 
turki bo‘ldi. Bu asrda toksik moddalarni tarkibini aniqlashda qo‘llaniladigan 
instrumentlar yuzaga keldi va skriningga imkon beruvchi tarkibiy biologiya 
ahamiyat kasb etdi. Bunday hodisalar zaharlanish bo‘yiсha tadqiqot ishlarini 
olib borishda sut emizuvchilar, mollyuskalar va qurtlarga bo‘lgan ehtiyojni 
kamaytirdi. Evropa Ittifoqi doirasida bu kabi tendentsiyalar sun’iy kimyoviy 
moddalardan doimiy ravishda foydalanishni nazorat etuvchi yangi qonun 
qoidalarni kiritish orqali amalga oshiridi; bularni qayd etish, baholash, kimyoviy 
moddalarni ma’n etish va ularga ruhsat berish bilan bog‘liq edi. Xelsinki, 
Finlyandiyadagi Evropa Kimyo Agentligi nazorati ostida amalga oshirilgan 
muqobil testlar targ‘ib qilib kelinmoqda. AQSh doirasida tadqiqot va taraqqiyot 
idorasi virtual va muqobil test yondashuvlarni rivojlantirish maqsadida shunga 
o‘xshash tashabbuslarni yaratdi.AQSh doirasida tadqiqot va taraqqiyot idorasi 
qollab-quvvatlashi tufayli Shimoliy Karolina universiteti qoshidagi Toksikologiya 
Markazi bu sohada faoliyat markaziga aylandi.
Toksikologiyaning yanada o‘sishi zamonaviy sanoat va qishloq xojaligida 
sintetik kimyoviy moddalardan foydalanishda atrof-muhitga bo‘lgan ta'sirni 
yaqindan o‘rganishga bo‘lgan talab zarur ekanligini anglash bilan bog‘liq bo‘ldi. 
1962-yilda Rachel Karson tomonidan nashr etilgan Sukunatga cho‘mgan Bahor 
nomli nashrida tabiatni zaharlanishidagi sanoatdagi ishlab chiqarishga e’tiborni 
qaratish kerakligi hususida ogohlantirdi. XX asr o‘rtalarida Yaponiyada yuzaga 
kelgan dahshatli Minamata Bog‘i ozidagi kimyoviy zavod tufayli sodir bo‘lgan 
ofat oqova suvni zaharlashi bilan minglab insonlar va jonzotlar sog‘lig‘iga ziyon 
yetkazdi. Biroz vaqt otib,1976-yil Shimoliy Italiya, Servesodagi kimyo-sanoat 
zavodida sodir bo‘lgan halokat sababli atmosferaga katta hajmda dioksin moddasi 
chiqib ketib, keng ko‘lamdagi jamoatchilik e’tiborini oziga jalb etdi. 
Minamatadan farqli o‘laroq, Serveso sanoat ishlab chiqarish zavodi aholi 
yashash punktlaridan geografik omillarni hisobga olgan holda uzoqda qurilgan 
bo‘lsada jamoat havotiri kuchayib, e’tibor muhim omillarni hisobga olish 
zarurligiga qaratildi. AQShda uy-joy qurilish maskanlari hususida munozaralar 
1970-yillar oxirida boshlandi. Toksikologiya hamjamiyati doirasida bu kabi 


30 
muammolar ekologik toksikologiya sohasida globallashuv va sanoatlashtirish 
tufayli atrof-muhitga bo‘lgan ta'siri bilan bog‘liq masalalar bilan bog‘liq oynoma-
lar yaratilishiga sabab bo‘ldi.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling